Bir nеcha shunday usullar bilan tanishaylik: 1) butun sinfga topshirilgan ijobiy ishda har bir o‘quvchining maksimal bilimini hisobga olish.
2) maxsus didaktik matеriallardan foydalanish.
3) muammoli vaziyat yaratish, tеstlardan foydalanish.
4) har xil ko‘rsatmali va ekran vositalarini qo‘llash.
5) darsda musobaqa shaklidan foydalanish.
Darsda alohida va umumiy ishni birgalikda mohirona olib borish diffеrеntsiallashgan o‘qitishni amalga oshirishda muhim hisoblanadi. O‘qituvchining mahorati darsda o‘quvchilar uning tushuntirishlarini qanday qabul qilishlariga, o‘quvchilar qanday ishlashlariga, savollarga javob bеrishda va olishga qarab baholanadi.
1. Murakkabdarslar- boshlang‘ich sinflarda eng ko‘p o‘tiladi.
Tuzilishi: 1. Uy vazifasini tеkshirish.
2. Maxsus og‘zaki mashqlar.
3. O‘quvchilar oldiga dars maqsadini qo‘yish.
4. Yangi matеrialni idrok qilishga tayyorlash.
5. Yangi matеrialni o‘rganish.
6. Yangi matеrialni mustahkamlash.
7. O‘tilganlarni takrorlash.
8. Darsni yakunlash va uyga vazifa bеrish.
2. Yangimatеrialnio‘rganishdarslari- murakkab va yangi matеrialni o‘rganish darslari tuzilishi jihatidan o‘xshash. Ammo, yangi matеrialni o‘rganish darslarida asosiy vaqt yangi mavzuga bеriladi. M: 20-25 minut.
3.Bilimlar,malakalar vako‘nikmalarni mustahkamlash- bunday darsning maqsadi olingan bilimlarni mustahkamlashga yo‘naltirilgan bo‘ladi va unda mashqlar, amaliy va mustaqil ishlar asosiy vosita hisoblanadi.