Amaliy mashg‘ulot 1-modul



Yüklə 14,04 Mb.
səhifə26/61
tarix07.01.2024
ölçüsü14,04 Mb.
#203354
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   61
matmetodika

5.2. Matematika dars tiplari va tarkibi


Ko‘pincha metodik adabiyotlarda darslarni uning didaktik maqsadi bo‘yicha ajratish asos qilib olinadi. Quyida matematik dars tiplari keltiramiz:
1. Yangi bilimlarni o‘zlashtirish darsi.
Bularda o‘quvchilar yangi tushunchalar, hisoblash usullari, yangi turdagi masalalarning yechilishi, figuralarning yangi xossalari, sonlari bilan tanishadilar.
3. Bilim, malaka va ko‘nikmalarni mustahkamlash darsi.
Bularda oldingi darsda o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malakalarni mustahkamlashga doir misol va masalalar ishlaydilar.
4. Takrorlash – umumlashtirish darslari.
Bularda ma’lum bir bo‘lim tugaganda, yoki o‘quv yili boshi va oxirida takrorlash, umumlashtirish misol bo‘ladi.
5. Bilim, malaka va ko‘nikmalarni nazorat qilish darsi.
6. Aralash yoki murakkab dars, bunda bir necha didaktik maqsadlar bo‘lib, ularning hammasi ham muhimdir.
Har bir matematika darsi o‘z tarkibiy tuzilishiga ega. Dars quyidagi asosiy qismlardan iborat bo‘lishi mumkin: Aralash dars rejasini keltiramiz.
I. Тashkiliy qism. Maqsad: ish vaziyatini yaratish ( 1-1,5 min). II. Uy vazifasini tekshirish: so‘rash, didaktik material
bilan frontal ishlash, aralash so‘rash (7 – 10 min).
III. Yangi bilimlar berish, yangi materialni tahlil etish (suhbat, hikoya, ma’ruza, darslik va daftar bilan mustaqil ishlash) (15 – 20 min).
IV. Yangi materialni mustahkamlash, ilgari o‘tilgan materialni takrorlash, mashqlar, didaktik o‘yinlar elementlari (5 – 15 min).
V. Uy vazifasi, uning mohiyati bajarilish uslubiyoti, amaliyot bilan aloqasi fanlararo aloqadorligi. (5 min).
VI. Darsning yakunlanishi. (2 min).
Uy vazifasini tekshirish darsning majburiy bosqichidir.
Yangi bilimlar berish. Darsnig bu bosqichi maktab o‘quvchilarida bilim va o‘quv malakalarni shakllantirish va rivojlantirish bilan bog‘liq. Mazkur bosqich ayrim qismlarga ajraladi:
a) yangi materialni o‘rganishga tayyorgarlik:
b) maqsadni belgilash (muammoli vaziyat yaratish):
d) yangi materialni o‘rganish:
e) qoidalar yoki qilinadigan ishlar algoritmini mashq qilish
(yodlash).
Og‘zaki sanoqdayoq yangi bilimlarni qabul qilishga tayyorlash maqsadida o‘qituvchi shunday savollarni kiritadiki, ularga beriladigan javoblar ularni yangi bilimlar bilan bog‘lash hamda bilim va uquvlar umumiy tizimiga kiritilishiga yordam beradi.
Yangi mavzuni, yangi materialni tushuntirishdan oldin aytish mumkin, biroq bu ishni o‘quvchilarni yangi hisoblash usullari, xossasi va hokazo bilan tanishtirilgandan so‘ng yakun, tushuntirish xulosasi sifatida ham amalga oshirish mumkin.
Yangi mavzu so‘rash orqali tekshiriladi. So‘ngra qisqacha so‘zlash, nazariy bilimlarning chuqurlashuviga ham yordam beradi.
Masalan, 1 sinfda bolalar “36-2 va 36-20 ko‘rinishidagi ayirish” mavzusida yangi ayirish usuli bilan tanishdilar. Mustahkamlash uchun ular uyda ushbu misollarni echadilar:
69 – 3 98 – 6
69 - 30 98 – 60
Miqdorlarni taqqoslash haqidagi ilgari o‘rgangan bilimlarini mustahkamlash uchun bunday topshiriqni bajaradilar:
2 dm > 18 sm 1 so‘m > 80 tiyin
6 sm < 2 dm 60 tiyin > 50 tiyin
Amaliyotning ko‘rsatishicha, uy vazifasi odatda sinfda bajarilgan ish hajmining yarmini tashkil etadi.
Darsni yakunlash. o‘qituvchi darsni yakunlaydi: “Darsda nima bilan shug‘ullandik? Darsda qanday yangi narsani bilib oldik?” o‘quvchilar bilan birgalikda yangi qoida takrorlanadi.
Dars mazmunini aniqlash uchun o‘qituvchi quyidagi talablarga rioya qilishi kеrak.
1. Dars mazmuni dasturiga mos kеlishi va uning maqsadlaridan kеlib chiqishi.
2. G‘oyaviylik va e’tiqodni tarbiyalash. Darsda o‘quvchilar dunyoqarashlarini kundalik axloq asoslari sifatida shakllantirish uchun eng qulay, yaxshi sharoit yaratish zarur.
3. Darsni turmush bilan, o‘quvchilarning shaxsiy tajribasi bilan bog‘liqligi.
4. O‘quv matеrialning o‘quvchilarga tushunarli va ularning kuchlari yеtadigan bo‘lishi.
Dars mazmuniga har xil masalalar, mashqlar kiradi. O‘qituvchi bularni almashtirishi mumkin.
Hozirgi zamonning muhim talablaridan biri o‘quvchilarning bilish va ijodiy faoliyatlarini aktivlashtirishdan iborat. Har bir dars fikrlash, ijod qilishga qaratilgan bo‘lishi kеrak.

Yüklə 14,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin