5.1-jadval. Har xil uzatmalarning uzatishlar soni qiymatlari Uzatmalar Uzatishlar soni qiymati o’rtachasi Yuqorisi Reduktorgagi tishli uzatma:
silindrik g’ildirakli
konus g’ildirakli
3-6
2-3
10
6
Ochiq tishli
3-7
15
Chervyakli:
yopiq
ochiq
10-40
15-60
80
120
Zanjirli
2-5
6
Friksion
2-4
5
Tasmali:
yassi tasmali ochiq
yassi tasmali tortish rolikli
ponasimon tasmali
2-4
4-6
2-4
6
8
6
Keyingi hisoblashda tishli yoki yulduzchali uzatma tishlari soni, shkivlar
diametri va h.k. aniqlanadi, bunda umumiy kinematik hisoblashda aniqlangan va qabul
qilingan uzatishlar soni orasida tafovut bo’lishi mumkin. Umumiy uzatishlar sonini
o’zgartirmaslik uchun bu tafovut yurutmaga kiradigan ba’zi uzatmalar sonini
o’zgartirish bilan yoqotiladi. Odatda hisob-kitoblarni o’zgartirish uchun ochiq tishli va
zanjirli uzatmalar uzatishlar soni o’zgartiriladi.
Uzatishlar sonini o’zgartirishda quyidagilar e’tiborga olinadi: tishli, chervyakli
yoki zanjirli uzatmalar soni butun sonlar (tishlar sonlari) nisbatiga teng bo’ladi; tasmali
uzatma uchun – sirpanishni hisobga olgan holda shikivlar diametri standart qatoridagi
qiymatlar nisbatiga teng. Shuning uchun yurutmaning haqiqiy uzatishlar soni hamma
vaqt hisoblangan uzatishlar soniga teng bo’lmaydi. Chiqayotgan valning haqiqiy
aylanish chastotasi deyarli hamma vaqt hisoblangan aylanish chastotasidan oz-moz farq
qiladi. Bu farqni quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:
∆n = ((n - n h ) / n) ∙ 100 % (5.5)
bu yerda
n- berilgan aylanish chastotasi , ayl/min (s
-1
);
n h - haqiqiy aylanish chastotasi,
ayl/min (s
-1
).
Faqat etaklanuvchi valning aylanish chastotasidagi xatolik ±1
% bo’lsa,
hisoblash qoniqarli hisoblanadi.