Amaliy mashg'ulot



Yüklə 62,81 Kb.
səhifə4/5
tarix02.01.2022
ölçüsü62,81 Kb.
#44630
1   2   3   4   5
TUXUMDAN TAYYORLANADIGAN TAOMLAR

Tvorog massasi elak yoki ezuvchi mashinadan o'tkazilgan yog'li yoki o'rtacha yog'li tvorog, shakar, shakar upasi, yumshatilgan sariyog', kishmish, vanilin, asal, yong'oq, smetana hamda tuz, tomat, murch aralashmalaridan iborat bo'ladi. Tvorog massalarini tayyorlash jarayonida sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilinishi lozimligi tufayli, ularni umumiy ovqatlanish korxonalarida tayyorlash man etiladi. Shu sababdan sanoatda ishlab chiqarilgan tvorog massasiga (tuzli yoki shirin) qo'shimcha mahsulotlar qo'shib korxonalarda ishlatiladi.

Tayyor tvorog massasi likobcha yoki salat idishiga quyib solinib yoki qandolatchilik qopchig'idan chiqarib idishga solib, tarqatishda yangi yoki konservalangan meva murabbo yoki salat qo'shib beriladi. Tvorog massasidan buterbrod tayyorlashda yoki alohida taom sifatida ham foydalaniladi.

Kishmish yoki asal bilan aralashtirilgan tvorog. Kishmish saralanib, yuvilib, suvi silqitiladi. Vanilin biroz issiq suvda eritiladi. Tayyorlangan mahsulotlar asal, ezilgan tvorog massasiga qo'shib yaxshilab aralashtiriladi. Tarqatishda likobchaga uchburchak, konus yoki piramida shaklida solib (porsiyasiga 100—200 g hisobida) beriladi.

Yong‘oqli tvorog massasi. Yong'oq yoki danak chaqilib, po'chog'i tozalanib, qaynab turgan suvga botirib olinadi va po'sti artilib, maydalab chopiladi va duxovkada qizarguncha qovurib oli-nadi.

Shirin tvorog massasi likobchaga solinib, ustidan smetana quyiladi, maydalab chopilgan yong'oq sepilib, pallacha shaklida kesilgan apelsin yoki mandarin bilan bezatiladi.

Tvorog massasi smetana bilan. Tuzli yoki shakarli tvorog massasi likobchaga uyib solinadi, o'rtasi biroz chuqurlashtirilib, smetana quyiladi. Tuzli tvorog massasiga biroz zira qo'shsa ham bo'ladi.

Tvorog massasi 102 g, smetana 25 g. Sof og'irlik 125 g.

  1. ISSIQ TVOROG TAOMLARI

Pishirilgan taomlar. Tvorogdan tayyorlanadigan pishirilgan taomlarga tvorog solingan chuchvara va bug'da tayyorlangan pudinglar kiradi. Issiq taomlarni tayyorlashda 1 kg tvorogga 10 g tuz qo'shiladi.

Tvorog solingan chuchvara. Bu taomni tayyorlash xamir tayyorlash. qiyma tayyorlash, chuchvara tugish, pishirishga tayyor mahsulotni sovuq joyda saqlash va pishirish jarayonlarida amalga oshiriladi.

Tvorogli chuchvara uchun xamir tayyorlash. Xuddi chuchvara uchun xamir tayyorlangandek tayyorlanadi. Sut yoki suvga tuxum solib aralashtiriladi va tuz, shakar solib eritiladi. So‘ng elangan un solib aralashtiriladi. 0‘rtacha qattiqlikdagi xamir qoriladi va usti ho'l mato bilan yopilib, 40 minut tindiriladi, bunda xamirning cho'ziluvchanlik darajasi oshadi.


Yüklə 62,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin