Amaliy mashg'ulot



Yüklə 62,81 Kb.
səhifə1/5
tarix02.01.2022
ölçüsü62,81 Kb.
#44630
  1   2   3   4   5
TUXUMDAN TAYYORLANADIGAN TAOMLAR



Amaliy mashg'ulot



  1. bob TUXUMDAN TAYYORLANADIGAN TAOMLAR

Tuxumdan tayyorlanadigan taomlar odamning ovqatlanishida katta ahamiyatga ega. Tarkibidagi oqsil, yog‘, A, D, В, В darmondorilari kishi tanasi uchun zarur bo‘lgan mineral moddalar — temir, fosfor, kalsiy, oltingugurt, shuningdek, kishi tanasining yashovchanligini ta'minlovchi (nerv sistemasi faoliyatini tartibga soladigan, qon ishlab chiqaradigan) xolesterin va litsitinlarga boyligi bilan belgila- nadi.

Taom tayyorlashda tuxum turlaridan tovuq tuxumi, melanj va quritilgan tuxumlardan foydalaniladi.

Tovuq tuxumlari o‘z saqlanish muddatlariga qarab parhez, yangi, sovuqxonada saqlangan va ohaklanib saqlangan turlarga bo‘linadi. Parhez va yangi tuxumlaming ozuqalik ahamiyati yuqori bo‘lib, sarig‘i qotirilmay qovurilgan, pishirilgan holda ishlatilganda tuxum sarig‘i o‘z shaklini aniq saqlab qolish xususiyatiga ega bo‘ladi. Tuxum sarig‘ida oqiga nisbatan ozuqalik ahamiyatiga ega bo‘lgan moddalar ko‘p bo‘ladi. 0‘rdak va g‘oz tuxumlari umumiy ovqatlanish korxonalarida ishlatilmaydi.

Melanj — tuxum oqi va sarig‘i aralashmasidan tashkil topgan. Ularni tayyorlashda tuxum po‘chog‘idan ajratilib, elakdan suzib o‘tkazilib, maxsus metall idishlarga solinib muzlatiladi. Tuxum oqi va sarig‘i aralash holda ishlatish mumkin bo‘lgan taomlarni tayyorlash uchun II darajali 1 dona tuxum o‘rnida 40 gramm melanj ishlatilishi mumkin. Ulardan quymoqlar, tuxum bo‘tqalari va boshqa taomlar tayyorlanadi. Melanjlar tez buzilish xususiyatiga ega bo‘lganligi sababli muzlatilgan holda saqlanadi. Ular ishlatilishidan awal muzidan tushiriladi. Buning uchun taom uchun zarur miqdordagi melanj uy haroratida yoki idishga solingan holda 50°C darajadagi suvda muzdan tushiriladi. Muzdan tushirilgan melanj yaxshilab aralashtirilib, elakdan o‘tkazib suziladi. Ishlatilguncha 4—6°C li muzxonalarda saqlanadi.


Yüklə 62,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin