Amaliy mashg`ulotlar reja odam fiziologiyasi fanining predmeti, maqsadi vazifalari. Odam fiziologiyasi fanining metodlari


Fiziologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi



Yüklə 251,21 Kb.
səhifə2/8
tarix12.09.2023
ölçüsü251,21 Kb.
#142742
1   2   3   4   5   6   7   8
1-AMALIY MASHG\'ulot

Fiziologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi


Odam fiziologiyasi biologik fanlar orasida eng sertarmoq fan hisoblanadi. Bu tarmoqlardan solishtirma fiziologiya, evolyusion fiziologiya, ekologik fiziologiya, me’yoriy fiziologiya, patologik fiziologiya va boshqalarni qayd qilib o’tish mumkin. Biroq, fiziologiya o’z tekshirishlarida boshqa tabiiy fanlar bilan yaqin aloqada bo’lib, o’z navbatida turli fanlarning rivojlanishiga poydevor bo’lib xizmat qiladi. Masalan, odam fiziologiyasi fizika bilan kimyo qonunlariga tayanadi va ularning tekshirish usullaridan keng foydalanadi. Har bir hayotiy hodisalarni tekshirishning fizik va kimyoviy yo’nalishlari biofizika va biokimyo degan mustaqil fanlarning paydo bo’lishiga asos bo’ldi.


Fiziologiya morfologik fanlar – anatomiya, gistologiya va sitologiya bilan yaqin aloqada bo’lib, rivojlanib kelmoqda, chunki morfologik va fiziologik hodisalar bir-biri bilan chambarchas bog’langan. Organizm va uning a’zolarining shakli, tuzilmasi va funksiyalarini bilmay turib yaxlit organizmning faoliyatini o’rganib bo’lmaydi.
Fiziologiya bilan tibbiyotni bir-biridan ajratib bo’lmaydi. Fiziologiya tibbiyotga nazariy oziqa beradi va uni poydevori bo’lib xizmat qiladi. Tibbiyotda fiziologiyaning qonuniyatlari, uning nazariy va amaliy ulkan yutuqlari muntazam ravishda keng tadbiq etiladi. Tibbiyot esa o’z navbatida fiziologiya uchun g’oyat ko’p qimmatli ma’lumot beradi. «Patologik hodisalar dunyosi fiziologik hodisalarning har xil favqulotda, ya’ni hayot mo’’tadil o’tayotganda ro’y bermaydigan kombinasiyalarining cheksiz qatoridir. Bular tabiatda va hayotda bo’ladigan fiziologik tajribalarning go’yo bir qatori ekanligi shubhasiz, bular ko’pincha hodisalarning shunday kombinasiyalariki, zamonaviy, fiziologlarning hali xayoliga ham kelmaydi va ba’zan ularni fiziologiyaning hozirgi texnikaviy vositalari bilan ataylab gavdalantirib bo’lmaydi». Shu tufayli fiziologiyaning alohida bo’limi sifatida klinik fiziologiya shakllangan.
Fiziologiya pedagogika va psixologiya fanlari bilan ham bog’liq. Oliy asab faoliyati haqidagi ta’limot zamonaviy psixologiya va pedagogikaning asosidir. Fiziologiyaning pedagogika uchun amaliy ahamiyati shundan iboratki, bolaning mehnati va turmush sharoitini to’g’ri tashkil etish, to’g’ri tarbiya tadbirlarini o’tkazish uchun pedagog va psixolog bola organizmida ro’y beradigan fiziologik jarayonlarning yoshga aloqador xususiyatlarini bilishi kerak. Bu soha uchun ma’lumotlar beradigan fan yosh fiziologiyasidir.
Ma’lumki, jismoniy madaniyat tarbiyaning juda muhim vositasidir, chunki u kishining har tomonlama rivojlanishiga amaliy yordam beradi, uning aqliy, jismoniy, ma’naviy va estetik qobiliyatlarini o’stiradi. Jismoniy tarbiya bolalardan tortib keksalargacha hamma aholi tabaqalarini o’z ichiga olishi kerak. Shuning uchun jismoniy tarbiya odam organizmining asosan harakat faoliyatini rivojlantirish yo’li bilan ta’lim-tarbiya olishga va sog’likni yaxshilashga katta yordam beradi, kishining umrini uzaytiradi. Sportning har bir turi odamning harakat, aqliy, ma’naviy iroda qobiliyatlarini va sifatlarini o’stiradigan pedagogik fan sport fiziologiyasidir.
Jismoniy tarbiyaga oid fiziologiyaga odam organizmini turli kasalliklardan saqlashdek katta ma’suliyatli vazifalar yuklatiladi, boshqacha aytganda, jismoniy tarbiyaga tashxis nuqtai nazaridan katta ahamiyat beradi. Jismoniy tarbiya va sport odamni sog’lom, bardam, tetik, baquvvat qiladi, chiniqtiradi.
Sport fiziologiyasi odam organizmini chiniqtirish va jismoniy kamolga yetkazishdan tashqari, yoshlarimizda vatanparvarlik, o’z faoliyatini jamoa, davlat ehtiyojlari va manfaatlariga bo’ysundira bilish kabi fazilatlarni shakllantiradi.
Jismoniy tarbiyaning asosiy vositalari gimnastika, har xil sport, o’yinlardir. Jismoniy tarbiyaning bir qismi bo’lmish sport odamning boshqa faoliyati kabi, oliy asab faoliyatining yuzaga chiqishi bilan bog’langandir. Odam sport bilan shug’ullanganda xarakterli harakatlarni o’z organizmiga ta’sir etib, uning ish qobiliyatini qisqa va uzoq vaqt davomida zo’r berib ishlashga tayyorligini oshiradi.
Ta’lim-tarbiya jarayonida murabbiy-pedagoglar amal qiladigan didaktik tamoyillarga kelsak, sport fiziologiyasi tajribalaridan xulosa qilib olingan bu tamoyillariga ham I.P.Pavlovning oliy asab faoliyati (OAF) to’g’risidagi ta’limoti asos qilib olinishi kerak.



Yüklə 251,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin