Buqrot (Gippokrat, 460-377) Buqrotning birinchi ustopi uning otasi Geraklid bo’lgan. U Yunonistonda, Rimda, Kichik Osiyoda va Liviyada shifokorlik maktablarini o’tgan va uni insoniyat klinik tibbiyotining asoschisi sifatida tan olgan. Uning nomi bilan «Gippokrat qasami» shifokorlar orasida keng tarqalgan. Buqrotning shifokorlarga «Zarar keltirma» degan vasiyati xozirgi zamon tibbiyot xodimlariga ham taalluqlidir.
Turli hulq-atvor va hatti-harakatlarga ega bo’lgan odamlar mijozi bo’yicha Buqrot quyidagilarni yozgan: mijozi issiq odamlarni sangvinik- serharakat, ildam deb atalgan. Vujudi sovuq, shilimshiq bo’lgan kishilarni flegmatik – «sovuqqon», vazmin mijozga ajratgan. Qiziqqan, serjahl kishilarni xolerik deb atagan va vujudi qora, qo’yilgan o’t ko’payib ketgan kishilar melanxoliklarni tashkil qilib, ular ivirsiydigan, o’ziga ishonmaganlardir.
Yunonistonda yashagan yirik olim, faylasuf Arastu tibbiyot fanlarining, tibbiyotning rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. U solishtirish usulidan foydalanib, hayvonlarning 500 dan ortiq turining tashqi tuzilishini tasvirladi va yangi ma’lumotlar berdi. Arastu asabni bir-biridan farq qildi, yurak bilan qon tomirlarining tuzilishini, o’zaro bog’liqligini bayon etdi. U tabiatshunoslikda vitalistik nazariyaning birinchi vakillaridan bo’lgan olimdir. Arastuning ilmiy qarashlarida ruh birlamchi, materiya ikkilamchi degan fikrlarni ham ilgari surdi. Arastu Buqrot va boshqa ba’zi olimlarning tabiatshunoslikga oid ayrim noto’g’ri fikrlari bir necha yuz yillar mobaynida o’z kuchini saqlab keldi.
Jolinus (129-201) Jolinus Hakim (Kladviy Galen, 129-201) hayvonlar yuragini va qon tomirlarini o’rganib, arteriyalarda havo emas, balki qon oqishini, birinchi bo’lib isbotlagan. Jolinus qonning tomirlarda to’xtovsiz aylanishini bilmagan. U «xom» qon jigarda hosil bo’lib, yurakning o’ng tomoniga keladi va qorinchalar o’rtasidagi teshik orqali chap tomonga o’tib, qon tomirlar bo’ylab ichki a’zolarga tarqaladi, deb o’ylagan. Jolinusning qon harakati to’g’risidagi bu xato g’oyalari o’rta asrlargacha hukmron bo’lib keldi. Jolinus organizm tuzilishi va funksiyasini aniq bilmay turib, kasallikni aniqlash, bemorni davolash mumkin emasligini yaxshi bilar edi.
Tabiat fanlari va tibbiyotga tajribani kiritish Jolinusning buyuk xizmatlaridan biridir. U bosh va orqa miya faoliyatlarini tekshirib, odamning ruhiy xususiyatlari bosh miya faoliyatiga bog’liq bo’lishini aytgan.
O’rta asrlar davomida Sharq mamlakatlarida ilm va fan juda rivojlandi. Xurosonda yashab ijod etgan tabib va dorishunoslardan Abu Zayd Husayn ibn Isoq al Ibodiy (808-877) arab, fors, qadimgi grek tillarini yaxshi egallangan. Buqrot, Arastu, Jolinus va boshqa antik olimlarning ilmiy asarlarini arab tiliga tarjima qilgan olim-tarjimon edi. Tarjimalaridan tashqari Xusayn ibn Isoq tomonidan yozilgan 100 dan ortiq asarlaridan aksariyati tibbiyot va dorishunoslikka bag’ishlangan asliy asarlar nusxalari bizga yetib kelgan. Buqrot va Jolinusdan keyingi qadimgi Sharq tabobatining yirik nazariyotchi namoyondasi Husayn ibn Isoq tomonidan yozib qoldirgan meros asarlari boshqa tillarga ham tarjima qilingan. Shunday asarlardan biri «Javome’ kitob Jolinus fi-l-Bavl» (Jolinusning siydik haqidagi hamma narsani qamrab olgan kitobi) dir. Arab tiliga Xusayn tarjima qilingan bu asar siydik tahliliga va uning asosida tashxis qo’yishga bag’ishlangan.
Husayn ibn Isoqning bizga yetib kelgan tarjima asarlaridan yana biri «Ar-risola-al Qabriya» deb ataladi. Risola Buqrot qalamiga mansub bo’lib, uning qabridan topilgani uchun qabriya deb atalgan. Risolaning asosiy qismi 25 hadisdan iborat bo’lib, unda asosan davolab bo’lmaydigan kasalliklari bayon qilinadi.
Husayn ibn Isoqning arab tiliga tarjima qilgan mazkur «Qabriya risolasi»ni Xomidxon ibn Zohidxon ibn Muxammad Sodiqxon Shoshiy o’zbek tiliga tarjima qilgan. Bizga bu tarjimaning Xomidxon qo’li bilan yozilgan qo’lyozma nusxasi yetib kelgan.
Abu Bakr Muxammad ibn Zakariyo ibn Yaxyo ar-Roziy (865-925) –ensiklopedist olim Eronning Ray shahrida tug’ilgan. Roziy haqida ibn Abi Usaybin (1203-1270) shunday degan ekan: «Roziydan Adudiy kasalxonani qayerga qurish muvofiqroq deb so’raganda, Roziy Bog’dodning har-bir go’shasiga bir bo’lakdan go’sht osib qo’yish kerak, qaysi joyda go’sht kech buzilsa, o’sha yerga kasalxona qurish kerak, deb maslahat bergan. Adud al-Davla o’z nomiga atab quradigan kasalxona bitgach Bog’doddagi 100 dan ortiq mashhur tabiblarni yig’adi, ulardan ilmiy mahorati, qobiliyatiga qarab 50 dan ortig’ini tanlaydi, Roziy ular orasida bor edi. 50 tabibdan yana 10 tabib saralanadi, ular orasida ham Roziy bor edi. Ulardan bir kishini ya’ni Roziyni tanlab va uni Adudiy kasalxonasiga mudir qilib tayinlaydi.
Roziyning bizgacha yetib kelgan faqat tibbiy asarlarining 36 nomdagi qo’lyozmasi aniqlandi. Shulardan biri «al-Kunnosh al-Mansuriy» («Mansurga bag’ishlangan to’plam»). Bu kitob 10 maqoladan iborat, ulardan birinchisi –anatomiya va fiziologiyaga bag’ishlangan.
A.Roziyning «al-Hoviy» nomi bilan mashhur «katta to’plam» eng katta va muhim tibbiy asar bo’lib, unda Ray va Bog’dodda o’zi olib borgan klinik kuzatishlar va tajribalarning yakunini qayd qilgan. «Al-Hoviy» hajm jihatidan Ibn Sinoning «tib qonunlaridan» katta bo’lgan o’z ichiga deyarli hamma kasalliklarni olgan. Uning yagona qo’lyozma nusxasi Eskurial (Ispaniya)da saqlanadi. Shu qo’lyozma asosida uni Haydarobodda (Hindiston) 1955-1970 yillarda nashr etildi.
Abu Nasr Muhammad ibn Uzlug’ ibn Tarxon al-Farobiy Toshkentning shimoliy-g’arbida joylashgan Farobda harbiy xizmatchi oilasida dunyoga keldi. U qomusiy bilimlar sardori. O’z zamonasining yirik tibbiyot nazariyotchisi va shu sohada jahonshumul asarlar yozgan alloma hamdir. Al-Farobiyning 160 dan ortiq astronomiya, matematika, falsafa, tarix, mantiq, psixologiya, tilshunoslik, adabiyot, musiqa, tabiatshunoslik, tibbiyot, kimyo sohalarni qamrab olgan asarlari mavjud.