Amaliy mashg`ulotlar reja odam fiziologiyasi fanining predmeti, maqsadi vazifalari. Odam fiziologiyasi fanining metodlari



Yüklə 251,21 Kb.
səhifə7/8
tarix12.09.2023
ölçüsü251,21 Kb.
#142742
1   2   3   4   5   6   7   8
1-AMALIY MASHG\'ulot

Uilyam Garvey (1578-1657)
Garvey xozirgi fiziologiyaning asoschisi hisoblanadi. Organizmda qon aylanishini ilk bor kashf etdi va odam fiziologiyasini fanga aylantirdi. Garvey «Hayvonlarda yurak va qon harakatini anatomik tekshirish» nomi bilan 1628 yili nashr qilingan mashhur asarida ko’p kuzatishlarga va tajribalarga asoslanib, qon aylanishining katta va kichik doiralari haqida to’g’ri tasavvur bergan.
Qon aylanishining kashf etilishi fiziologiyaning rivojlanishi uchun kuchli turtki bo’ldi. Uni o’sha zamon g’oyalarida sodir bo’lgan to’ntarish va usha zamon ijtimoiy hayotidagi hodisalar yig’indisi taqozo qilgan edi.


I.M.Sechenov (1829-1905)
XVIII asrning oxirlarida Italiya olimi L.Galvani «Hayvon elektri» haqidagi ta’limotni «Mushak harakatidagi elektr kuchlari to’g’risidagi traktat» degan mashhur asarida (1791) zamonaviy elektrofiziologiyaga asos soldi. Bu sohaning rivojlanishida K.Matteuchi, E.Dyubua-Raymon, E.Pflyuger, V.Yu.Chagoves, Yu.Bernshteyn va A.Xakslilarning xizmati juda katta. XIX asrda asab faoliyatining reflektor nazariyasi yaratildi. XIX asr boshlarida orqa miya reflekslari o’rganildi va refleks yoyi tahlil qilindi: Fransua Majandi bilan Iogans Myuller markazdan qochuvchi va markazga intiluvchi tolalarning orqa miya ildizlarida tarqalishini aniqlashdi (Majandi qonuni). XIX asrning oxirlarida M.Flurans o’z tadqiqotlarida qushlarning bosh miya katta yarim sharlarini olib tashlab, sezgi va ixtiyoriy harakatlarning kelib chiqishida shu yarimsharlarning rolini eksperimentda isbotlab berdi.
1863 yillardan boshlab «Bosh miya reflekslari» degan yirik asarini nashr qilgan rus fiziologiyasining otasi Ivan Mixaylovich Sechenovning ishlari juda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Ushbu kitobida I.M.Sechenov birinchi bo’lib oliy asab faoliyati fiziologiyasiga asos soldi.
Ulug’ rus fiziologi, butun jaxon fiziologlaridan biri Ivan Petrovich Pavlov fiziologiyaning rivojlanishi tarixida yangi davr ochdi. I.P.Pavlov organizmning fiziologik funksiyalarini uning tevarak-atrofidagi muhit sharoiti bilan bog’lab yaxlit holda o’rganish kerak deb talab qildi va shu fikrni ilgari surdi.
Odam va hayvon organizmining voqyelikni aks ettiruvchi oliy a’zo – bosh miya katta yarimsharlari po’stlog’ining haqiqiy fiziologiyasi, I.P.Pavlovning ta’rifi bilan aytganda, chinakam fiziologiyasi shu tariqa vujudga keldi.



Yüklə 251,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin