Tizimli yondoshuv. Ta‘lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o‗zida mujassam etmo g‗i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‗g`inlarining o‗zaro bog‗langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo„naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga ta‘lim oluvchining faoliyatini faollashtirish va intensivlashtirish o‗quv jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‗naltirilgan ta‘limni ifodalaydi.
Dialogikyondoshuv. Bu yondoshuv o‗quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning natijasida shaxsning o‗z-o‗zini faollashtirishi va o‗z-o‗zini ko‗rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta‟limni tashkil etish. Demokratik tenglik ta‘lim beruvchi va ta‘lim oluvchi faoliyati mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e‘tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta‟lim.Ta‘lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta‘lim oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimning obyektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo‗llashni, mustaqil ijodiy faoliyatni ta‘minlashni nazarda tutadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo„llash -yangi komputer va axborot texnologiyalarini o‗quv jarayoniga qo‗llash.
O„qitishningusullarivatexnikasi. Ma‘ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash), muammoli ta‘lim, pinbord, paradoks va loyihalash usullari, amaliy ishlar.
O„qitishnitashkiletishshakllari: dialog, polilog, muloqot, hamkorlik va o‗zaro o‗rganishga asoslangan frontal, jamoa va guruh.
O„qitish vositalari: o‗qitishning an‘anaviy shakllari (darslik, ma‘ruza matni) bilan bir qatorda komputer va axborot texnologiyalari.