Amaliy matematika fakulteti


Sublimatsiyali quritkichlar



Yüklə 101,81 Kb.
səhifə11/15
tarix07.01.2024
ölçüsü101,81 Kb.
#207877
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
biotex

Sublimatsiyali quritkichlar. Turli materiallardagi muz agregat holatidagi namligini vakuum ostida bug'ga (suyuq agregat holatidan sakrab) aylantirib suvsizlantirish jarayoni sublimatsiyali quritish deb nomlanadi. Sublimatsiyali quritish yuqori vakuum. qoldiq bosim 133,3...13,3 Pa (1,0...0,1 mm sim.ust.) bo‘lgan oraliq va past temperaturalarda o'tkaziladi.
Sublimatsiya quritish jarayonida material yuzasidan namlikning bug' agregat holatida tarqalish mexanizmi o'ziga xos effuziya usulida boradi. Effuziya usulida bug' molekulalarining erkin harakati davrida molekulalar bir-biri bilan o'zaro to'qnashmaydi.
Sublimatsiyali quritkich quritish kamerasi, kondensator-muzlatkich va vakuum nasosdan tarkib topgan. Plita ichida issiq suv nasos yordamida sirkulatsiyali harakat qiladi. Quritilayotgan material tunuka tovalarda plita ustiga joylashtiriladi. Plita va tovalar orasida ma’lum havoli bo'shliq bo'ladi. Plitalardan tovalarga issiqlik nurlanish usuli (radiatsiya) hisobiga o'tadi.
Sublimatorda hosil bo‘lgan suv bug‘i va havo aralashmasi kondensator - muzlatkichga o'tadi. Bug'-havoli aralashma qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmasining trubalar bo'shlig‘ida, trubalararo bo'shliqda esa - ammiak sirkulatsiyali harakat qiladi. Qurilma trubalarida suv bug‘lari avval kondensatsiyalanadi, undan so‘ng esa - muzlaydi. Sublimatsiyali quritkichlarda 2 ta kondensator-muzlatkich bo'ladi. Ular navbatma-navbat ishlaydi. ya‘ni bittasida kondensatsiya va muzlatish sodir bo'lsa, ikkinchisida hosil bo‘lgan muz eritib yo'qotiladi.
Materialdan namlikni chiqarib yuborish jarayoni 3 bosqichdan iborat:
1) quritish kamerasida bosim pasayishi bilan namlik o‘z - o'zidan muzlaydi va materialdan chiqqan issiqligi hisobiga muzdan bug‘ga aylanadi. Bu bosqichda 115% namlik yo’qotiladi;
2) namlikning asosiy qismi sublimatsiya yo‘li bilan quritish jarayonining o‘zgarmas tezlik davrida yo‘qotiladi;
3) qoldiq namlik materialdan issiqlik yordamida yo‘qotiladi.Sublimatsivali quritish oz miqdorda past temperaturaii (40...50°C) issiqlik eltkich sarflanadi. Lekin umumiy energiya va ekspluatatsion sarflar boshqa quritish (dielektrik quritishdan tashqari) usullariga qaraganda yuqori.
Shuning uchun, bu quritish usuli qimmatbaho moddalar. yuqori temperaturaga chidamsiz va biologik xossalari uzoq muddat davomida saqlanib turishi kerak bo‘lgan materiallarni (go’sht, meva, sabzavot, meditsina va famiatsevtika mahsulotlari) quritish uchun ishlatiladi.
Energiya sarfi bo'yicha sublimatsiyali quritish, atmosfera bosimida quritishga yaqinroq turadi.

Yüklə 101,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin