Amaliy matematika fakulteti


Termoradiatsiyali quritkichlar



Yüklə 101,81 Kb.
səhifə12/15
tarix07.01.2024
ölçüsü101,81 Kb.
#207877
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
biotex

Termoradiatsiyali quritkichlar. Bu quritkichlarda material tarkibidagi namlikni bug‘latish uchun zarur issiqlik infraqizil nurlar orqali uzatiladi. Issiqlik infraqizil nurlanishga moslangan lampalar yoki o‘ta qizdirilgan keramik yoki metall yuzalardan tarqaladi. Infraqizil nurlanishli lampalar oddiy yoritish lanipalaridan qizdirish temperaturasi bilan farq qiladi. Nurlanish oqimini nam materialga yo'naltirish uchun parabola shaklli reflektorlar ishlatiladi.
Ushbu usulda quritish davrida material yuza birligiga kontaktli quritishga qaraganda vaqt birligida ancha ko'proq issiqlik to‘g‘ri keladi. Natijada, jarayon intensivlashadi. Masalan, yupqa qatlamli materiallami infraqizil nurlar yordamida quritish davomiyligi 30... 100 martagacha qisqaradi.. Bunday quritkichlar tuzilishi sodda va lampali quritkichlarga nisbatan arzon.
Nur tarqatuvchi qurilmaning pastki qismida gaz yoqiladi. Gaz yonishi oqibatida nur tarqatuvchi qurilma qiziydi, so'ngra infraqizil nurlarni tarqatadi. Nur tarqatgich nam material xossalariga qarab tanlanadi. Yuqori sifatli mahsulot olish uchun murakkab jarayonlardan (masalan. radiatsiyali va konvektiv usullami bir vaqtda qoMlash) foydalaniladi.
Namlikning termodiffuzion oqimi material sirtidan namlik diffuziyaga xalaqit bermasligi hamda termoradiatsiyali quritish jarayonini intensivlash uchun quritkich ossillatsiyali rejimda ishlashi kerak.
Termoradiatsiyali quritkich tuzilishi ixcham, yupqa qatlamli materiallarni quritishda yuqori samara beradi. Lekin uning energiya sarfi nisbatan ko'p, ya’ni 1 kg namlikni bug'latish uchun 1,5. ..2,5 kVt soat energiya zarur.
Yuqori chastotali (dielektrik) quritkichlar qalin qatlamli materiallami quritish uchun mo'ljallangan. Bu quritish usulida materialning yuzasi va qalinligi bo'ylab temperatura va namlikni rostlash mumkin. Ushbu quritkichda plastmassa va dielektrik xossalarga ega bo‘lgan materiallarini, hamda oziq-ovqat mahsulotlarini quritish mumkin.
Dielektrik quritkichlar lampali yuqori chastotali generator, quritkich va lentali konveyerdan tarkib topgan. Chastotasi 50 Gs li o'zgaruvchan tok to‘g‘rilagich orqali generatorga uzatiladi. Generatorda tok yuqori chastotali tokka aylantiriladi. So'ng, bu tok lentali konveyeming ikki tomonida joylashgan kondensator plastinkalariga yuboriladi.
Kondensator plastinalari zaryad ishoralari o'zgarishi bilan yuqori chastotali maydon ta’sirida material ion va elcktronlari sinxron ravishda harakat yo‘nalishi o'zgaradi. Dipol molekulalar aylanma harakatlansa, elektr zaryadlar siljishi tufayli qutbsiz molekulalar qutblanadi.
Yuqorida qayd etilgan hodisalar oqibatida materialda issiqlik ajrab chiqadi va u qiziydi. Elektr maydon kuchlanishini o‘zgartirib quritish tezligini rostlash mumkin.
Bu usulda namlik va temperatura gradiyentlaming yo'nalishi bir xil bo‘ladi. Natijada, namlikning diffuziyasi tezlashadi. Shuning uchun bu quritish usuli tezligi, konvektiv quritish tezligidan ancha katta.
Dielektrik quritish jarayoni uchun ko'p miqdorda energiya zarur, 1 kg namlikni bug‘latish uchun 2,5...5 kVt-soat energiya sarflanadi.
Bu turdagi quritkichlar tuzilishi murakkab va qimmat. Shuning uchun, yuqori chastotali quritkichlar qimmatbaho materiallarni suvsizlantirish uchun ishlatish maqsadga muvofiq, ya’ni iqtisodiy jihatdan samarali.

Yüklə 101,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin