Amaliy matematika fakulteti


III-BOB. QURITISH USKUNALARINING BIOTEXNOLOGIYAGADA QO‘LLANILISHI



Yüklə 101,81 Kb.
səhifə13/15
tarix07.01.2024
ölçüsü101,81 Kb.
#207877
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
biotex

III-BOB. QURITISH USKUNALARINING BIOTEXNOLOGIYAGADA QO‘LLANILISHI.
3.1.Quritish uskunalarining biotexnologiyada qo‘llanilish sohalari.
Nam materiallarni issiqlik yordamida quritish - sanoatda eng keng tarqalgan usul. Ushbu usul kimyoviy, oziq-ovqat va bir qator boshqa texnologiyalarda ishlatiladi. Material tarkibidagi namlik dastavval arzon, mexanik (masalan, filtrlash) usulda, yakuniy,to‘la suvsizlantirish esa - quritish usulida olib boriladi. Suvsizlantirishning bunday kombinatsiyalashgan usuli iqtisodiy jihatdan samaralidir. Sanoatda nam materiallarni quritish uchun sun’iy (maxsus quritish qurilmalarida) va tabiiy (ochiq havoda quritish - juda davomiy jarayon) usullar qo‘llaniladi.
Gerbidsit,zaharli dorilar,ba’zi bir polimerlarni ishlab chiqarish,hamda meditsina,oziq-ovqat,kimyo va farmatsevtika sanoatlarida barabanli vakkum-quritgichlar,o‘lchami katta,donasimon materiallarni,sabzavot,meva va makaron mahsulotlarini quritishda tunelli quritgichlar, qimmatbaho moddalar,yuqori temperaturaga chidamsiz va biologik xossalari uzoq muddat davomida saqlanib turishi kerak bo‘lgan materiallarni(go‘sht,meva,sabzavot,meditsina va farmatsevtika mahsulotlari) quritishda,shuningdek,mikrobiologik va biomedikal preparatlarni(jonli va faollashtirilmagan vaktsinalar,mikroorganizmlar kulturasi,plazma,diagnostik preparatlar,vitaminlar va boshqalarni) uzoq vaqt saqlash uchun sublimatsiyali quritgichlar ishlatiladi.
TF-10C vakuumli muzlatgichda quritish / Lyofilizator dyozuv
Freeze quritgichi laboratoriya biotibbiyot namunalarini muzlatish quritish sinovlari uchun javob beradi. Stol usti va vertikal turdagi muzlatish quritgichi laboratoriya biotibbiyot namunalarini muzlatib quritish uchun javob beradi. Dori vositalari, biologik mahsulotlar, kimyo va oziq-ovqat sanoatida keng qo'llaniladi. Antibiotiklar, vaktsinalar, qon mahsulotlari, gormonlar va boshqa biologik to'qima fermentlari kabi issiqlikka sezgir moddalarda muzlatib quritish texnologiyasi qo'llaniladi.
Oziq-ovqat mahsulotlarini quritish uchun mos keladigan RTFD-LG50 quritish mashinasi turlicha.RTFD-LG50 rusumli model - bu mevalarni, sabzavotlarni, baliqlarni, mol go'shti, dengiz mahsulotlari va go'shtning boshqa turlarini quritish uchun mos bo'lgan muzlatish quritish mashinasi.

Yüklə 101,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin