Amaliy matematika fakulteti


Axborot turlari. Axborotlarni kompyuterda tasvirlash usullari



Yüklə 120,14 Kb.
səhifə4/11
tarix07.01.2024
ölçüsü120,14 Kb.
#209864
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA

Axborot turlari. Axborotlarni kompyuterda tasvirlash usullari
Axborotni abstrakt tushunchalar qatoriga, masalan matematik formulalar qatoriga quyilsh mumkin, lekin u har doim moddiy-quvvat shaklida fizik asosga ega bo’lgan holda namoyon bo’ladi va shuning uchun ham uni o’lchash mumkin. Uzunlik, massa, vaqt, tok va boshqalarni o’lchash uchun asboblar va o’lchash usullari o’ylab topilgan.
Turli xildagi hodisa va ashyolarning vaqt va fazodagi holati fizik kattaliklar bilan aniqlanadi. Fizik kattaliklar turli qiymatlar qabul qilishi mumkin. Ma‘lum bir tuplamda cheksiz ko’p miqdor­dagi bir-biriga juda yaqin turli qiymatlar qabul qila oladigan kattaliklar uzluksiz kattaliklar deb, uzluksiz kattaliklar vosi­tasida olinadigan axborotlar uzluksiz axborotlar deb ataladi. Masalan: jism massasi, isitilgan yoki yortilganlik darajasi, vaqt va x.k.
Ma‘lum bir to’plamda cheklangan miqdordagi turli xil, alohida-alohida qiymatlar qabul qila oladigan kattaliklar uzlukli (diskret) kattaliklar deb, uzlukli kattaliklar vositasida olinadigan axborot­lar uzlukli axborotlar deb ataladi. Masalan: odamlar soni, olamdagi elektronlar soni, kitob varag’ini tartib raqami, uyning soni, masa­laning soni qiymati va x.k.
Aynan ana shu uzlukli kattaliklar orqali axborotni ifodalash usuli kompyuterlarda qo’llaniladi.
Kundalik hayotimizda uzlukli axborotni biz so’zlar orqali o’zlashtirib kelamiz. So’zlar esa o’z navbatida harf va maxsus belgilar­dan tashqil topadi. Bu turdagi axborotlar matnli axborot deb ataladi. Qayta ishlayotgan axborot turiga qarab, hisoblash texnikasi vositalari 3 turga bulinadi:
1) Uzluksiz (analog) elektron hisoblash mashinasi (AEHM), bu xildagi mashinalarda vaqt birligi ichida uzluksiz axborotlar ustida hisoblash ishlari bajariladi.
2) Raqamli (diskret) elektron hisoblash mashinasi (REHM), bu­larda vaqt birligi ichida raqamlardan tashqil topgan diskret (uzlukli) qiymatlar ustida amallar bajariladi.
3) Aralash (gibrid) elektron hisoblash mashinasi (GEHM) bu xildagi mashinalar AEHM larni axborotni uzluksiz kiritib-chiqarish, REHM larni esa axborotlarni katta tezlikda ishlov berish kabi xusu­siyatlarni o’zida mujassamlashtirgan.
Ma‘lumotdagi axborot miqdorini o’lchash mumkinligini quyildagicha tushuntirsa bo’ladi. Biror hodisa yoki ashyo haqidagi son qiymatlar ko’rinishida berilgan ma‘lumot va uni ortib borishi, ayni paytda bil­maslik darajamizning kamayishi yoki axborot noaniqligining kamayishiga olib keladi.
Masalan, Axmedov A. Qodiriy ko'chasida yashaydi degan xabar bor. Uning uyi ko'chaning juft raqamli tomonida deb atalishi noaniqlikni ka­maytiradi.

Yüklə 120,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin