Misollar: 1) Koptok sakkizta qutidan birida joylashgan degan xabarda - axborot noaniqligi 8 ga teng.
Axborot noaniqligini teng ikki martaga kamaytiradigan ma‘lumot, bu axborot o’lchov birligi bit deb ataladi.
2) Kitob javonining ikki qatoridan birida kitob joylashgan. Kitob birinchi qatorda deb aytsak, 1 bit axborot bergan bo'lamiz.
Zamonaviy Rkompyuter larda axborotni signallarning ketma-ketligi yordamida kodlashning ikkilik usuli ishlatiladi. Bir holatni 0 raqami bilan ikkinchisini 1 raqami bilan belgilash qabul qilingan. Bunday kodlash ikkilik kodlash deyiladi, 0 va 1 raqamlari esa bit (binary digit ya‘ni bit-ikkilik raqam) deb ataladi. Matnli axborotni ikkilik kodlashda har bir belgiga uning kodi-belgilangan miqdordagi 0 lar va 1 lar ketma-ketligi mos keladi. Kompyuterda bir belgiga bayt (byte) deb ataladigan 8 ta 0 va 1 dan tashkil topgan ketma-ketlik mos keladi. Bu turdagi ketma-ketliklar jami 2 = 256 ta bo’lib, turli belgilarni kodlash imkonini beradi. Demak, har qanday belgi bayt yoki 8 bit axborot hajmiga ega.
Masalan: Informatika degan so’z orqali berilgan ma‘lumot 11 bayt, 1 raqam 1 bayt, 10 soni esa 2 bayt hajmiga ega. Bayt va bitlar xotiraning "sig'imini" o’lchash va ikkilik ma‘lumotlarni uzatish tezligini o’lchash uchun ham ishlatiladi.
Uzatish tezligi-1 sekundga uzatiladigan bitlar soni bilan o’lchanadi (masalan 19200 bit/sek.). Bir sekundda bajara oladigan amallar soni kompyuterning hisoblash tezligi deb ataladi (masalan 500000 amal/sek.). Ikkilik ma‘lumotlardagi axborot miqdorini o’lchash uchun bit va baytlardan tashqari, quyildagi birliklardan ham foydalaniladi.
1 kbayt (bir kilobayt) = 2^10 = 1024 bayt (1 ming bit)
1 mbayt (bir megabayt) = 2^20 = 1048576 bayt
1 gbayt (bir gegobayt) = 2^30 = 1 mlrd. bayt
1 tbayt ( bir terabayt) = 2^40 = 1 tlrd. bayt
Yuqorida aytganimizdek ikkilik kodlashdagi 0 va 1 raqamlarini kompyuterda ifodalash uchun turg’un holati ikkita bo’lgan elementdan foydalaniladi. Elementning turg’un holatlaridan biri 0 ni ifodalasa, ikkinchisi 1 ni ifodalaydi. Ikkita turg’un holati bor bo’lgan elementni texnik jixatdan yaratish, 8 ta yoki 10 ta turg’un holatli elementni yaratishga qaraganda osonroq.
Demak, har qanday sonlar 0 va 1 ning termalaridan (kombinatsiya) iborat bo’ladi. Shuning uchun ham ikkilik sanoq sistemai Rkompyuter ning arifmetik asosi deyiladi.
Odatda axborotlar biz urgangan 10 li sanoq sistemaida kompyuter xotirasiga kiritiladi. Kompyuterning dasturiy ta‘minoti ana shu kiritilgan ma‘lumotlarni, oraliq 8 lik sistemasi vositasida, ikkilik sanoq sistemasiga utkazadi. O’nlikdan sakkizlik sanoq sistemasiga o’tish gruppalash (triada) bilan amalga oshiriladi.
Har qanday sonni to’g’ri kasr bilan sanoq sistemasi asosining butun darajalari ko’paytmasi orqali ifodalash mumkin. Masalan N sonini 10 lik sanoq sistemaida N=+M*10^P desa bo’ladi, bu yerda M, N sonning mantissasi, R esa tartibi deyiladi.