Amaliy matematika


Keynschilikning AQSHdagi xususiyatlari. Iqtisodiy o`sish nazariyalari



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə4/5
tarix30.05.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#60027
1   2   3   4   5
ITT esse

3.Keynschilikning AQSHdagi xususiyatlari. Iqtisodiy o`sish nazariyalari
20-asrning 70-y.larida sanoati rivojlangan mamlakatlar taraqqiyotida ijtimoiy yoʻnaltirilganlik kuchaydi (davlat mulki ortib bordi), davlat byudjet qarzlari koʻpaydi, ishsizlik qam oʻsdi, inflyasiya kuchli boʻldi, chuqur iqtisodiy tangliklar yuz berishi davom etdi, iqtisodiy sikllarning takrorlanish davri qisqardi, ana shunday sharoitda liberal (neoliberal) goyalar ustunlikni egallay boshladi. AQShda reygonomika, Buyuk Britaniyada tetcherizm davlatning iqtisodiyotga aralashuvini minimallashtirdi va iqtisodiy ahvol yaxshilandi. K. gʻoyalari neokeynschilik vakillari asarlarida yanada rivojlantirildi. Davlat tomonidan iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishning samaradorligi investitsiyalar uchun mablagʻlar topish, imkoni boricha aholini ish bilan toʻla band qilish va foiz normasini qatʼiy belgilashga bogʻliq boʻladi. Foiz stavkalari qanchalik past boʻlsa, investitsiyalarga ragʻbat shunchalik koʻpayadi, investitsion talab oshadi, bandlik oʻsadi, ishsizlik kamayib boradi. I.ch. omillari (kapital, mehnat, yer) qanchalik toʻla jalb etilsa, amalda oʻsib boruvchi narxlar yuzaga keladi (pulning miqdoriy nazariyasi).
Resurslar toʻliq foydalanilmagan paytda ham narxlarning moʻʼtadilligi saqlanishi mumkin. Keyns nazariyasi boʻyicha pul massasini 2 marta oshirish narxlarning 2 marta oshuviga olib kelmaydi. 3—6% ishsizlik norma deb qaraladi va "toʻla bandlik" sifatida talqin etiladi. Gʻarbdagi "Ekonomiks" mualliflari R. Makkonnell va L. Bryu yozishicha, na-zariya — bu laboratoriya fani emas. Shu sababli nazariyada ilmiy abstraksiyalash usuli bosh oʻrin tutadi. Bu usul — iqtisodiy hodisalarni ularga taʼsir etuvchi oʻtkinchi, ikkinchi darajali faktlardan xoli etgan tarzda taxdil etib, nazariy umumlashtirish, ilmiy xulosalar chiqarishdir. Bu usul iqti-sodiy hodisalarning tabiatini bilish, ularga xos qonuniyatlarni ochish imkonini beradi.
Abstraksiyalash asosida tushunchalar va qonunlar taʼriflanadi, ular ilmiy muomalaga kiritiladi. Abstraksiyalash yuz berganda iqtisodiyotga oid asosiy, muqim, doimo yuzaga chiqib turadigan faktlar ajratib olinadi, ular oʻrtasidagi bogʻlanish aniqlanadi. Bularning hammasi tafakkur orqali bajariladi. Abstraksiyalash boʻlmasa gʻoyat koʻp, tartiblanmagan faktlar orasida oʻralashib qolib nazariy xulosa qilib boʻlmaydi. Abstraksiyalash — bu iqtisodiyotning nazariy modelini yaratishdir.
Nazariyada induktiv usul qoʻllanilganda ayrim hodisalarni oʻrganishdan ularni umumlashtirib, xulosalar chiqarishga oʻtiladi. Deduktiv usul qoʻllanilganda umumiy xulosalardan xususiy xulosalarga, umumiylikdan aniqroq hodisalarga oʻtiladi.
Iqtisodiyot nazariyasida tarixiy va mantiqiy usullar ham bor. Tarixiy usul hodisalarni rivojlanishda olib qaraydi. Mantiqiy usul turli hodisalarning ichki mantiqiy aloqalarini aniqlab, umumiy xulosa chiqarishda qoʻllanadi.
Iqtisodiyot nazariyasida miqdoriy va sifat tahlili birgalikda qoʻllaniladi. Miqdoriy taxlil yuz berganda iqtisodiy — matematik modellashtirish ham ishtirok etadi. Bunda iqtisodiy oʻzgarishlar miqdoran taxlil etiladi, ular oʻrtasidagi aloqa bogʻlanishlar ham miqdoran oʻlchanadi, ularning naqadar oʻzgarishi baholanib, prognozlar ishlab chiqiladi. Bu usul yordamida iqtisodiy modellar yaratiladi (qarang Iqtisodiy tarakqiyot modeli). Iqtisodiyot nazariyasida gipoteza va paradigmalar qoʻllanadi. Ilmiy paradigma bu Iqtisodiyot nazariyasida qabul qilingan taxlil usullariga tayangan holda hal etiladigan muammoni qanday yechimi boʻlishini belgilashdir.
Iqtisodiyot nazariyasi, asosan, uch vazifani bajaradi: a) iqtisodiyot qonuniyatlarini idrok etish, iqtisodiy bilim berish, iqtisodiy savodxonlikni oshirish; b) boshqa iqtisodiy fanlar uchun asos sifatida xizmat qilish, ularga nazariy negiz boʻlish; v) iqtisodiy siyosatga doir amaliy tavsiyalar berish, siyosatni ishlab chiqishda nazariy tayanch boʻlish. Iqtisodiyot nazariyasi boshqa iqtisodiy fanlar bilan uzviy boglangan. Birinchidan, ularning yutuqlarini umumlashtirgan holda yangi xulosalar bilan boyib boradi. Ikkinchidan, umumiqtisodiy nazariyaga oid xulosalar bilan qurollantirgan holda ularning rivojlanishiga koʻmaklashadi.
Iqtisodiyot nazariyasi faniga 17-asrda Yevropada asos solingan, bu bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlib, uning qonun va qoidalarini bilishga intilish Iqtisodiyot nazariyasini yuzaga keltirgan. U Gʻarbda paydo boʻlsada, uni oziqlantirgan iqtisodiy gʻoyalar dastlab Sharqda, xususan, Markaziy Osiyoda shakllangan. Bu oʻrinda Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek asarlarini eslash kifoyadir. Iqtisodiyot nazariyasi dastlab "Siyosiy iqtisod" nomi bilan yuzaga kelgan. Bu tushunchani birinchi marta A. Monkretyen (Fransiya) oʻzining "Siyosiy iqtisod xaqida traktat" asarida (1615-yil) qoʻllagan. A. Monkretyen va T. Man (Angliya) Iqtisodiyot nazariyasidagi merkantilizm oqimiga asos solishgan.
Ulardan soʻng fiziokratlar maktabi paydo boʻldi (18-asr). Uning eng yirik namoyandasi "Iqtisodiy jadvallar" kitobining (1758-yil) muallifi F. Kene (Fransiya)dir. Iqtisodiyot nazariyasi tarixda eng nufuzli oʻrin egallagan oqim bu klassik siyosiy iqtisod boʻlib, uning namoyandalari A. Smit va D. Rikardo (Angliya) hisoblanadi (qarang Klassik siyosiy iqtisod maktablari). Bu maktab 18-asr oxiri — 19-asrning boshlarida tanilgan va obroʻli oqim hisoblangan. 19-asrning 2-yarmidan 20-asr boshlariga qadar Iqtisodiyot nazariyasida marjinalizm maktabi asosiy oʻrinni egallab keldi. Buning asosiy vakillari K. Menger, F. Vizer, E. Byom-Baverk (Avstriya), U. Jevons hisoblanadi.
19-asrning oxiri va 20-asr davomida Iqtisodiyot nazariyasida 3 ta yoʻnalish vujudga keldi:Birinchisi — neoklassik yoʻnalish boʻlib, uning oʻzi monetarizm [A. Marshall (Angliya), M. Fridmen (AQSH)] va neoliberalizm — [L. Mizes (Avstriya), F. Xayek (Angliya) va L. Erhard (Germaniya)]ga boʻlinadi.
Ikkinchisi — keynechilik yoʻnalishi boʻlib, uning yirik vakillari J. M. Keyns (Angliya), J. Robinson (Angliya), A. Xansen va P. Samuelson (AQSH)lar hisoblanadi.
Uchinchisi — institutsional ijti-moiy yoʻnalish boʻlib, uning koʻzga koʻringan vakillari T. Veblen, J. Komons, U. Mitchell, J. Gelbreyt (AQSH). 21-asr boshiga kelib, monetarizm maktabi ustuvorlikka ega boʻldi, chunki uning tavsiyalari koʻpchilik mamlakatlardagi iqtisodiy siyosatda oʻzining amaliy ifodasini topdi.
Muammo chuqur inqirozdan chiqishni ta'minlash, ishlab chiqarishning o'sishi va ishsizlikni engish uchun sharoit yaratish usullarini izlashda edi. Keyns tomonidan taklif qilingan konsepsiyaning mohiyati (Iqtisodiyotni inqirozdan xalos qilish usullari): "Samarali talab nazariyasi", Keynsning fikriga ko'ra, iqtisodiyotning dvigateli taklif emas, balki talabdir va aynan u rol o'ynaydi. ishlab chiqarish va ta'minotni rivojlantirishning hal qiluvchi omili. Daromad talabga teng emas, lekin, qoida tariqasida, undan oshib ketadi. Narxlar asta-sekin o'sib bormoqda, talab va taklifni muvozanatlash uchun vaqtlari yo'q. Shuning uchun davlatning aralashuvi zarur. Keyns formulasiga ko'ra: taklif talabni yaratmaydi, aksincha, talab taklifni yaratadi. Umumiy talabni oshirish uchun (bu iste'molchilar, korxonalar va tadbirkorlik ma'lum narxlar darajasida sotib olishga tayyor bo'lgan tovarlarning milliy ishlab chiqarishining haqiqiy hajmi) Keyns davlatning fiskal va pul-kredit siyosatidan foydalanishni tavsiya qildi. Kreditlar bo'yicha foizlarni kamaytirish kerak. Bu, birinchidan, tadbirkorlarga kreditlarni faolroq olishiga imkon beradi, ikkinchidan, kapital egalariga ko'proq yordam beradi foydali sarmoyalar qimmatli qog'ozlarga emas, balki ishlab chiqarishga mo'ljallangan Mamlakatning iqtisodiyoti holati va rivojlanishini ifolalovchi umumlashgan koʻrsatkichlar tizimi — milliy boylik, yalpi ichki mahsulot, yalpi milliy mahsulot, sof milliy mahsulot, milliy daromad, aholi daromadlari, davlat va xususiy investitsiyalar yigindisi, muomaladagi jami pul miqdori va sh k. jami xoʻjalik boʻyicha jamlanma, umumlashtiruvchi koʻrsatkichlar M. oʻrganadigan obʼyektlar hisoblanadi. Ayni paytda M. mamlakat miqyosida oʻrtacha daromadlar, oʻrtacha ish haqi, inflyasiya darajasi, ishsizlik, bandlik, mehnat unumdorligi singari oʻrtacha iqtisodiy koʻrsatkichlarni hamda ularga davlatning iqtisodiy siyosati koʻrsatadigan taʼsirini oʻrganadi va tadqiq etadi. Makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, bir tomondan, maʼlum vaqt oraligʻida ishlab chiqarish hajmini hisoblash va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita taʼsir qiluvchi omillarni aniqlash imkonini bersa, ikkinchi tomondan, ular yalpi milliy mahsulot harakatining barcha bosqichlarida, yaʼni ishlab chiqarish, taqsimlash, qayta taqsimlash va foydalanish bosqichlarida uni koʻrgazmali shaklda aks ettirishga imkon beradi. Shuningdek, oʻsishning umumlashtiruvchi koʻrsatkichlari, mamlakat iqtisodiyotini tavsiflaydigan koʻrsatkichlarning pasayishi hamda ortishi surʼatlari va unda yuz berayotgan iktisodiy jarayonlar, tuzilmaviy proporsiyalar ham M. predmeti hisoblanadi. Makroiktisodiy koʻrsatkichlar moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy xizmat koʻrsatish sohalaridagi barcha xoʻjalik yurituvchi subʼyektlar iqtisodiy faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi.
M.ning asoslari ingliz olimi J.M.Keynsiint 1936-yilda nashr etilgan "Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" asarida bayon etilgan. Neoklassik iktisodiy nazariya n.da raqobatli bozorda tovarlar, xizmatlar narxining shakllanishini va ishlab chiqarish omillarini oʻrganish uchun eng soʻnggi — meʼyoriy kattaliklar — meʼyoriy naflilik va meʼyoriy unum-dorlik, meʼyoriy tushumlar, meʼyoriy harajatlar va boshqa tahlillari qoʻllaniladi. Neoklassik iktisodiy nazariya omillari va tovarlarning bozor narxi ularning kamyobligi bilan bogʻliq. Neoklassik iktisodiy nazariya n. nuqtai nazariga kura, meʼyoriy miqdorlar kishilar oʻzlarining iqtisodiy faoliyatida qabul qila-digan qarorlarida hal qiluvchi oʻrinni egallaydi. Neoklassik iktisodiy nazariya n.ning asosiy goyasi mukammal raqobat muvozanatli iqti-sodiyotni yaratadi degan qarashdaniborat. Shuningdek, bu nazariyada iqti-sodiyot tavsifiga mikroiqtisodiy yondashuvlar ustunlik qiladi.
D. Rikardo va K. Marks davrida katta munozara-ixtiloflarga sabab boʻlgan daromadlarni taqsimlash nazariyasi masalasida neoklassiklar uni juda tinch va joʻn yoʻl bilan hal etadilar: har qanday ishlab chiqarish omili egasi bu omilning meʼyoriy unumdorligiga, yaʼni qoʻshimcha yollangan ishchi ishlab chiqargan yoki kapi-talning qoʻshimcha birligi yaratgan mah-sulotga teng daromad oladi. Neoklassik iktisodiy nazariya n. har qanday bozorni talab va taklif egri chiziqlari yordamida tahlil qiladi. Talab va taklif egri chiziklari kesi-shadigan nuqta neʼmatlarning muvozanatli narxini va muvozanatli miqdorini koʻrsatib beradi.
A. Marshall 1890-yilda yozilgan "Iqtisodiyot tamoyillari" asarida "siyosiy iqtisod" tushunchasidan voz kechdi va "economics" tushunchasini qoʻlladi. Bu tushunchaning yuzaga kelishi iqtisodiyotni siyosatdan xalos qilish bilan barobar voqea edi. Chunki davlatning iqtisodiyotga aralashuvchi hamma vaqt ham samarali boʻlavermagan. 1902-yildan boshlab "Ekonomiks" kursi Kembrij universitetida oʻqitila boshlandi. Yangi yoʻnalish tarafdorlari erkin raqobat va bozor gʻoyasini yana jonlantirdilar, bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning rolini keskin cheklash kerakligini koʻrsatib berishdi. Neoklassik iktisodiy nazariya n.larning bir qancha maktablari mavjud: Avstriya maktabi, Lozanna (matematik) maktabi, Kembrij (ingliz) maktabi, Amerika maktabi. Keyingi davrda (P. Samuelson) "neoklassik sintez" konsep-siyasi ham paydo boʻldi.
"Neoklassik sintez" bu aslida hozirgi neokeynschilik va neoliberal goyalarni ilk neoklassik karashlar bilan birlashtirib, uygʻunlashti-rilishidir. Keyns nazariyasiga ham katta zarba berildi. Maʼlum boʻldiki, davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi ishlab chiqarishning pasayishining oldini olishga qodir emas edi. Bu nazariya neokonservativ tendentsiya bilan almashtirildi, u yana firmalarning iqtisodiy faoliyatiga davlatning aralashmasligini yoqladi. Bozorning o‘zini o‘zi tartibga solishni qayta tiklash va xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirish asosida makroiqtisodiy tartibga solish modeli ishlab chiqildi.
Neokonservatorlarning tavsiyalariga muvofiq AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya Federativ Respublikasi va boshqa bir qator davlatlarning iqtisodiy siyosati “samarali taklif” – xususiy tadbirkorlikni ragʻbatlantirish tamoyiliga asoslandi. Erkin tadbirkorlikni yanada foydali qilish uchun foyda va mehnat daromadiga soliqlar sezilarli darajada qisqartirildi. Davlat iqtisodiy ishlarga aralashuvini sezilarli darajada kamaytirdi, davlat korxonalarini qisman xususiylashtirish - ularni jismoniy shaxslarga sotish, aktsiyadorlik jamiyatlariga aylantirish boshlandi. Ko'pgina mamlakatlarda iqtisodiyotni rejalashtirish sezilarli darajada qisqartirildi, ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish qisqartirildi.



Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin