2.Keynchilik va neokeynschilik Keynschilik — iqtisodiyot nazariyasidagi yetakchi yoʻnalishlardan biri, jamiyat hayotida bir qator makroiqtisodiy hodisalarning oʻzaro taʼsir koʻrsatishini tahlil qilish asosida bozor xoʻjaligi faoliyati mexanizmlarini sharhlaydi va davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi amaliyotini asoslab beradi. 20-asrning 30-y.larida paydo boʻldi. Asoschisi ingliz iqtisodchisi J.M.Keyns. K.ning asosiy tamoyillari uning "Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi" (1936) asarida bayon etilgan.
20-asrning boshlariga kelib iqtisodiyotning beqarorligini bartaraf etish, chuqur iktisodiy tangliklardan chiqish yoʻllarini izlash tarzida maydonga keldi. Bu davrga kelib klassik siyosiy iqtisod maktablari va ulardan keyingi iqtisodchilarning bozorning toʻla samaradorligi va oʻz-oʻzini tartibga solish gʻoyalari amalda toʻla oʻz tasdigʻini topmadi. K.ning asosiy gʻoyasi — bozor iqtisodiy munosabatlari tizimi nomukammal, shu sababli maksimal darajada bandlikni va iqtisodiy oʻsishni faqat davlatning iqtisodiyotga aralashuvi taʼminlay oladi.
Keyns bozor iqtisodiyotidagi inqiroz va tangliklarning asosiy sababini shaxsiy isteʼmol buyumlari va i.ch. maqsadlaridagi mahsulotlarga "samarali talab" (tadbirkorlarning eng yuqori foyda olinishini taʼminlaydigan talab)ning yetarli hajmda boʻlmasligida koʻradi va umumiy talab hajmini oshirish zarurligini koʻrsatadi. "Samarali talab" 2 omillar guruhiga — isteʼmol tovarlari bozori va i.ch. vositalari bozoriga bogʻliq. Isteʼmol talabi hajmi "isteʼmolga moyillik" va "asosiy ruhiyat qonuni" bilan aniqlanadi. Bu qonunga koʻra, jamiyatning ruhiyati shundayki, umumiy real daromad ortishi bilan umumiy isteʼmol ortadi, ammo bu oʻsish daromadlar oʻsishidan past boʻlgani sababli iqtisodiy oʻsishga yordam beradigan jamgʻarmalar hosil boʻladi.
Keyns oʻzining "bandlik nazariyasi" asosida iqtisodiyotni tartibga solish tamoyillarini ilgari surdi va davlatning inqirozga qarshi iqtisodiy siyosati dasturini ishlab chikdi. Muvozanat holatida aholining ish bilan taʼminlanishi, bandlik darajasi umumiy taklif, isteʼmolga moyillik va investitsiya hajmiga bogʻliq. Bandlik darajasi isteʼmolga moyillik ortgan sharoitlarda, investitsiyalar hajmi koʻpayganda ham roʻy beradi, isteʼmol tovarlari va i.ch. vositalariga talabning ortishi taklifning oʻsishiga olib keladi, oʻz navbatida, oʻsib boruvchi taklif yanada bandlik ortishini taʼminlaydi.
Mehnat taklifi unga boʻlgan talabdan oshib ketsa ishsizlik kelib chiqadi. Uning fikricha, ishsizlikning boʻlishi bozor iqtisodiy tizimining oʻzida mavjud. Ishsizlik tufayli nisbatan ortiqcha ish kuchining bir qismi ishsizlar qatoriga siqib chiqariladi va tizimda yana muvozanat tiklanadi. Bunday sharoitda davlat isteʼmol va investitsion tovarlar haridori sifatida iqtisodiyotdagi umumiy talabga taʼsir etishi mumkin. Fiskal yoki kredit-pul siyosati, ayniqsa, soliq tizimi orqali umumiy talabni oshirish mumkin. Demak, Keyns nazariyasiga koʻra, toʻla boʻlmagan bandlik sharoitida ham umumiy muvozanat saqlanishi mumkin.
Keyns investitsiyata katta ahamiyat beradi. Uning fikricha, investitsiyalar i.ch. isteʼmolini kengaytirish, izdan chiqqan umummilliy proporsiyalarni tiklash vositasidir. Investitsiyalar qiymati bilan milliy daromad oʻrtasidagi miqdoriy bogʻliqlik multiplikator tamoyilini qoʻllash asosida aniqlanadi (qarang Multiplikator nazariyasi). Shunga koʻra, investitsiyalarning har qanday oʻsishi isteʼmolning katta solishtirma hissasi va oʻsish surʼatlariga qaraganda daromad, bandlik va i.ch. ning koʻproq darajada yanada proporsional oʻsishini taʼminlaydi. Shu sababli investitsiyalarda mujassam boʻlgan talab iqtisodiy taraqqiyotni davlat harajatlarini kengaytirish, shuningdek, taqchilli byudjetdan moliyalash yoʻli bilan tartibga solish va ragʻbatlantirishning asosiy obʼyekti tarzida eʼtirof etiladi.
Davlat tomonidan iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishning samaradorligi investitsiyalar uchun mablagʻlar topish, imkoni boricha aholini ish bilan toʻla band qilish va foiz normasini qatʼiy belgilashga bogʻliq boʻladi. Foiz stavkalari qanchalik past boʻlsa, investitsiyalarga ragʻbat shunchalik koʻpayadi, investitsion talab oshadi, bandlik oʻsadi, ishsizlik kamayib boradi. I.ch. omillari (kapital, mehnat, yer) qanchalik toʻla jalb etilsa, amalda oʻsib boruvchi narxlar yuzaga keladi (pulning miqdoriy nazariyasi). Resurslar toʻliq foydalanilmagan paytda ham narxlarning moʻʼtadilligi saqlanishi mumkin. Keyns nazariyasi boʻyicha pul massasini 2 marta oshirish narxlarning 2 marta oshuviga olib kelmaydi. 3—6% ishsizlik norma deb qaraladi va "toʻla bandlik" sifatida talqin etiladi.
Keyns gʻoyalari oʻz davrida, Ikkinchi jahon urushi va undan keyingi yillari katta taʼsirga ega boʻldi, ammo bir qancha oʻzgarishlarga uchradi. Ayniqsa, urush bilan bogʻliq militaristik siyosat davlatning iqtisodiyotda faol ishtirokini talab etdi, urushdan keyingi tiklanish yillari ham bu gʻoyalar ustun boʻldi (Germaniya, Italiya, Ispaniya).
20-asrning 70-y.larida sanoati rivojlangan mamlakatlar taraqqiyotida ijtimoiy yoʻnaltirilganlik kuchaydi (davlat mulki ortib bordi), davlat byudjet qarzlari koʻpaydi, ishsizlik qam oʻsdi, inflyasiya kuchli boʻldi, chuqur iqtisodiy tangliklar yuz berishi davom etdi, iqtisodiy sikllarning takrorlanish davri qisqardi, ana shunday sharoitda liberal (neoliberal) goyalar ustunlikni egallay boshladi. AQShda reygonomika, Buyuk Britaniyada tetcherizm davlatning iqtisodiyotga aralashuvini minimallashtirdi va iqtisodiy ahvol yaxshilandi. K. gʻoyalari neokeynschilik vakillari asarlarida yanada rivojlantirildi.
Neokeynchilik — iqtisodiyot ni tartibga solish boʻyicha nazariya, keynschiliknnng 2-jahon urushidan soʻng yuzaga kelgan, tarixiy sharoitga moslashgan shakli. Neokeynschilikning tanikli vakillari — R. Xarrod, N. Kaldor, J. Robinson, Ye. Domar, A. Xansen. Neokeynschilik 20-a. ning 50 – y.lari boshida jahondagi iqtiso-diy inqiroz, ilmiy-texnika inqilo-bi, mustamlakachilikning yemirilishi taʼsirida shakllandi. Yangi tarixiy sharoitda iqtisodiy o”sish surʼatlari ancha pasaydi, inqirozlar davri tez-tez takrorlanadigan boʻlib qoldi. Bu sharoitlarda nazariya va itisodiy siyosat J. M. Keyns gʻoyalari bilan chegaralanishi mumkin emas edi. Neokeynschilik asosiy eʼtiborni kengaytirilgan takror i. ch. ning miqdoriy bogʻlanishlariga qaratdi. Iqtisodiy oʻsish muammolariga davlatning eng muhim iqtisodiy siyosati sifatida qaraladigan boʻldi. Neokeynschilikga koʻra, kapitalistik (bozor) iqtisodiyot yangi sharoitda iktisodiy muvozanatni sti-xiyali tartibga solish mexanizmini yoʻqotadi va uni davlat tomonidan do-imiy va bevosita tartibga solish za-rurati yuzaga keladi. Shu sababli iqti-sodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy muammolari ham oʻzgarib, inqirozga qarshi tartibga solishning bandlik nazariyasidan iqtisodiy usish nazariyasiga katta eʼtibor berildi.
Neokeynschilik metodologiyasida takror i. ch. muammolariga makroiqtisodiy, xalq xo’jaligi nuqtayi nazaridan yondoshuv mavjud. Unda milliy daromad, umumiy ij-timoiy mahsulot, umumiy talab va tak-lif, umumiy investitsiya va b. kategoriyalardan foydalaniladi, ular takror i. ch. jarayonining baʼzi bir eng umumiy miqdoriy bogʻlanishlarini tahlil qilishga imkon beradi. J. M.
Keynsning takror i. ch., shuningdek, multipikator nazariyasi toʻldiriladi. Neokeynschilik akselerator nazariyasini ilgari surdi. Ikkala nazariyani birlashtirish natijasida takror i. ch. ning kengayishini ijtimoiy-iqtisodiy jarayon sifatida emas, balki texnika-iqtiso-diy jarayon deb tushuntiriladi. Neokeynschilik tarafdorlari kengaytirilgan takror i. ch. ning oʻziga xos formulalarini yaratdilar va uni iqtisodiy oʻsish modellari, deb atadilar. Ye. Domar va R. Xarrod tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy oʻsish modelida (Xarrod — Domar modeli) iqtisodiyotni moʻtadil surʼatlarda oʻsishi dinamik bar-qarorlikning asosiy sharti sifatida qaraladi. Dinamik barqarorlik va do-imiy oʻsishga erishish avtomatik ra-vishda boʻlmasligi, balki davlatning iqtisodiyotda faol ishtiroki tufayli roʻy berishi mumkinligi taʼkidlanadi.Daromad oʻsishini taʼminlashda investitsiyalarning roli, i. ch. kuvvatlarining oshirilishi muhim, yaʼni iqtisodiy oʻsish bandlikka yordam beradi. Neokeynschilik taʼlimoti chuqur inqirozlar, urush va urushdan keyingi davrlar uchun samarali boʻldi.
20-a. ning 70-y. laridan boshlab Neokeynschilik taʼlimotiga nisbatan davlatning iqtisodiyotga aralashuvi boʻyicha neoliberalizm gʻoyalari oldingi oʻringa chikdi. Yang’i keynschilar samarali talabdan ham yuqori keskin o’sishni tushuntirishg’a harakat qiladilar. Ular multiplikator prinstipini akselerastiya prinstipi bilan to’ldirdilar. Bu prinstipg’a ko’ra, aniq-tiniq sharoitlarda daromadlar o’sishi investistiyalar o’sishig’a olib kelishini ko’rsatuvchi koeffistent (multiplikator tushunchasig’a teskari). Multiplikator prinstipig’a ko’ra investistiyaning’ qanday ishlatilishi juda muhim ahamiyatg’a eg’a emas, u ish bilan bandlikni ta’minlab, daromadni oshirishi kerak. Yang’i keynschilar esa investistiyaning’ qanday ishlatilishig’a katta e’tibor berib, industrlashg’an investistiya tushunchasini kiritdilar. Akselerator investistiya o’sishining’ daromad o’sishig’a, ya’ni investistiyadan keying’i va undan olding’i daromadlarning’ farqlari nisbati bilan aniqlanadi.
Keyns ta’limoti ayniqsa AQShda katta shuhrat qozondi. G’arvard universiteti professorlari E.Xansen (1887-1975), S.Harris, J.M.Klarklarning’ asarlarida bu G’’oyalar rivojlantirildi va dastlab yang’i keynschilik, keyinroq esa ortodoksal keynschilik deb ataldi. Keyns qoidalari asosan to’liq qabul qilindi, ammo masalan, Xansen tomonidan stag’nastiya nazariyasi bilan to’ldirildi.
Xansenning’ fikricha, kapitalizm qiyinchiliklari uning’ ichki qarama-qarshiliklaridan emas, balki «tashqi impulslar»ning’ susayg’anlig’i tufaylidir. Davlat harajatlarini o’stirish uchun soliqlarni oshirish taklif etiladi, ularning’ fikricha ish haqining’ 25-30 foizi emas, balki 60 foizini soliq sifatida olish, shuning’dek «me’yordag’i inflyastiya» ham taklif etiladi.
E.Xansen, J.M.Klark va boshqalar multiplikator konstepstiyasini to’ldirdilar. Multiplikatorlar ta’siri keying’i qator davrlarda ham bo’ladi, ya’ni uni uzluksiz jarayon deb qaradilar.Yang’i keynschilar samarali talabdan ham yuqori keskin o’sishni tushuntirishg’a harakat qiladilar. Ular multiplikator prinstipini akselerastiya prinstipi bilan to’ldirdilar. Bu prinstipg’a ko’ra, aniq-tiniq sharoitlarda daromadlar o’sishi investistiyalar o’sishig’a olib kelishini ko’rsatuvchi koeffistent (multiplikator tushunchasig’a teskari). Multiplikator prinstipig’a ko’ra investistiyaning’ qanday ishlatilishi juda muhim ahamiyatg’a eg’a emas, u ish bilan bandlikni ta’minlab, daromadni oshirishi kerak.
Yang’i keynschilar esa investistiyaning’ qanday ishlatilishig’a katta e’tibor berib, industrlashg’an investistiya tushunchasini kiritdilar. Akselerator investistiya o’sishining’ daromad o’sishig’a, ya’ni investistiyadan keying’i va undan olding’i daromadlarning’ farqlari nisbati bilan aniqlanadi.Yang’i prinstipning’ mohiyati shundaki, ba’zi bir asbob-uskuna, mashina va mexanizmlar ishlab chiqarish uchun nisbatan o’zoq vaqt talab etiladi, shu muddatni ko’tish mazkur mashinalar ishlab chiqarishni keng’aytirishg’a psixolog’ik (ruhiy) ta’sir etadi, bu esa real talabdan ortiq bo’ladi va investistiyag’a talab ham ortadi.Multiplikator va akselerator G’’oyalarig’a asoslanib iqtisodiyotning’ uzluksiz o’sish sxemasi ishlab chiqildi, uning’ asosida davlat kapital qo’yilmalari yotadi. Davlat byudjeti kapitalistik iqtisodiyotda tartibg’a solinadig’an bosh mexanizm hisoblanadi.Soliqlar iqtisodiyot o’sg’anda oshadi va inqirozlar davrida kamayadi.
Davlat to’lovlari esa aksincha, inqiroz davrida oshadi va o’sish davrida kamayadi. Shu yo’l bilan Xansenning’ fikricha samarali talab hajmi me’yorlashadi. Bunda xususiy kapital qo’yilmalarini tartibg’a solish va davlat harajatlarini sharoitg’a qarab o’zg’artirish cheg’aralari ham belg’ilanadi. O’sish davrida davlat harajatlarini cheklash, inqirozlar davrida uni oshirish va shu yo’l bilan xususiy harajatlarni kompensastiyalash taklif etiladi, harbiy iqtisod maqtaladi, uni kon’yunkturani me’yorlashning’ eng’ yaxshi vositasi deb qaraladi (AQShda harbiy harajatlar doim yuqori bo’lishig’a e’tibor bering).
"Bozordagi muvaffaqiyatsizliklar" ni bartaraf etish uchun davlatning faol aralashuvi talab etiladi, u "o'rnatilgan stabilizator" vazifasini bajarishi, iqtisodiy yoki ijtimoiy beqarorlikni bartaraf etishi (yoki tekislashi) kerak. Bu bozorni to'ldirish, bo'shliqlarni to'ldirish, bozorni tartibga solishga qodir bo'lmagan muammolarni hal qilish uchun mo'ljallangan. Mashhur amerikalik iqtisodchi Nobel mukofoti laureati P.Samuelsonning fikricha, natija - aralash iqtisodiyotdir, sharoitlarda iqtisodiy tanazzul investitsiyalarni kengaytirishni rag'batlantirish, birinchi navbatda, xususiy talab yo'qligini qoplash maqsadida tovarlar va xizmatlar sotib olishga davlat xarajatlarini ko'paytirish orqali; ikkinchidan, bank foiz stavkasiga ta'sir qilish orqali. Investitsiyalarni kengaytirish uchun bu juda yuqori bo'lmasligi kerak. Keyneschilarning fikricha, davlat bu ta'sirni qo'shimcha pul muomalaga chiqarish orqali ta'minlaydi, buning natijasida o'rtacha inflyatsiya mumkin. Va nihoyat, uchinchidan, davlat ishlab chiqarish va iste'mol talabini oshirish maqsadida soliq stavkalarini o'zgartirish orqali investitsiya jarayoniga ta'sir ko'rsatadi.