2. KOSHI MASALASI
differentsial tenglamaning echimini boshlang’ich shartlar asosida topishga Koshi masalasi deyiladi. Birinchi tartibli differentsial tenglama (n=1) uchun Koshi masalasi quyidagichadir: boshlang’ich shart x=x0 da y=y0 ni qanoatlantiruvchi differentsial tenglamaning echimi topilsin. Birinchi tartibli differentsial uchun Koshi masalasining geometrik ma`nosi shundaki, umumiy echimdan (egri chiziqlar dastasidan) kordinatalari x=x0 , y=y0 bo`lgan nuqtadan o`tuvchi integral egri chiziq ajratib olinadi.
Agar biror sohada uzluksiz bo`lib, shu sohada Lipshits sharti bajarilsa, u holda Koshi masalasi y(x0)=y0 shartni bajaruvchi yagona echimga egadir (bunda N – Lipshits doimiysi).
Differentsial tenglamalarning aniq echimini topish juda kamdan – kam xollardagina mumkin bo`ladi. Amaliyotda uchraydigan ko`pdan – ko`p masalalarda aniq echimni topishning iloji bo`lmaydi. Shuning uchun differentsial tenglamalarni echishda taqribiy usullar muhim rol’ o`ynaydi. Bu usullar echimlar qay tarzda ifodalanishlariga qarab quyidagi guruhlarga bo`linadilar:
Analitik usullar. Bu taqribiy usullarda echim analitik (formula) ko`rinishda chiqadi.
Grafik usullar. Bu hollarda echimlar grafik ko`rinishlarda ifodalanadi.
Raqamli usullar. Bunda echim jadval ko`rinishida olinadi.
Hisoblash matematikasida mazkur uch guruhga kiruvchi bir qancha usullar ishlab chiqilgan. Bu usullarning bir-birlariga nisbatan muayyan kamchiliklari va ustunliklari mavjud. Muhandislik masalalarini echishda shularni hisobga olgan holda u yoki bu usulni tanlab olish lozim bo`ladi.
Koshi masalasi :
differentsial tenglamaning [a,b] kesmada aniqlangan va
boshlang’ich shartlarni kanoatlantiruvchi taqribiy echimi topilsin.
taqribiy qiymatlar lar uchun yaqinlashishlar quyidagi formulalar bo`yicha topiladi.
bunda i=0,1,2,…, n
Dostları ilə paylaş: |