Amaliy (seminar) mashg’ulotLAR BIRINCHI mashg’ulot


Kasbga xos psixologik jarayonlar va ularni o'rganishga bo'lgan ehtiyojlar



Yüklə 25,04 Kb.
səhifə3/7
tarix23.02.2023
ölçüsü25,04 Kb.
#85299
1   2   3   4   5   6   7
1-seminar KP

2.Kasbga xos psixologik jarayonlar va ularni o'rganishga bo'lgan ehtiyojlar. Kasbga yo`naltirishning dastlabki bosqichida targ`ibotchilik ishiga o`quvchilarning o`zini faol jalb etish zarur. Bu shubhasiz ularning ishlab chiqarish va undagi kasblar bilan batafsil tanishishlari uchun zamin yaratadi. Maktabda kasblarni targ`ib qilish vositalari sifatida, kasb tanlashga bag`ishlangan ma'ruzalar, suhbatlar, anjumanlar, bahslar, tanlovlar, munozaralar, radio va televidenia orqali maxsus eshittirishlar uyushtirish, devoriy gazetalar chiqarish, maxsus ko`rgazmalar, bezashlardan foydalaniladi. Kasblar tanlashdagi mehnat faoliyati turli axborot manbaiga qarab kasbga yo`naltirish shakl va usullarini uch guruhga ya'ni og`zaki, ko`rgazmali va amaliy usullarga bo`lish mumkin.
Kasbiy shakllanish jarayonining dastlabki va ayni damda o'ta muhim bosqichi bo'lajak kasbni tanlash, ya'ni aniq bir kasbiy qarorga kelishigacha bo'lgan davrini o'z ichiga oladi. Yoshlarning kasb tanlashga tayyorgarlik darajasi, faqatgina yosh xususiyatlariga bog'liq emas, u ma'lum yoshga kelib o'z-o'zidan shakllanib qolmaydi. Yoshlarning kasb tanlashga pedagogik-psixologik bilim, ko'nikma, malakalar, shuningdek, jamiyatning ta'siri orqali tayyorlash va tarbiyalash lozim.
Kasb-hunar kollejiga kirgan yoshlar uchun kasb tanlash muammosi to'liq yechilmagan bo'ladi. Ularning bir qismi tanlovning to'g'riligiga o'qishning birinchi yilidayoq ikkilanib qolishadi, boshqalari – mustaqil kasbiy faoliyatning boshida, ayrimlari kasb bo'yicha 3-4 yil ishlagandan keyin, yoshlarning ayrimlari kasb maktabini bitirib, egallagan kasbi bo'yicha ish topa olmaydilar va ishsizlar qatoriga qo'shilib qoladi. Demak, ular uchun kasb tanlash muammosi yana dolzarb bo'lib qolaveradi. Psixologik toliqish, xavotirlanish, kelajakka nisbatan ishonchsizlik bilan qarash mehnat olamida o'zini topishida ma'lum qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi.
Kasbiy tayyorgarlikka ega bo'lgan o'quvchilar oldida ishga joylashish muammosi paydo bo'ladi. Kishilarning individual-psixologik xususiyatlarini kasb talablari bo'yicha kasbiy tayyorgarligiga mosligini aniqlash uchun qator mutaxassisliklar bo'yicha kasbi tanlov o'tkaziladi. Uning bajarilishi bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi, ya'ni unga ko'ra kasbning normativ tavsiflarini belgilab olish psixologik xususiyat va sifatlarini aniqlash lozim.
Har bir kishining hayotida kasbiy rivojlanish bo'yicha o'zgartiruvchi normativ vaqtlar mavjud bo'ladi. Masalan: kasb-hunar kollejiga kirish, uni tugatish, ishga kirish, mehnatga bo'lgan layoqatini yo'qotish, majburiy ishdan bo'shash va boshqalar. O'z kasbini ustasi bo'lishga erishish variantlari ko'p bo'lib, bu borada talaygina muammolar paydo bo'ladi. Shaxsning kasbiy rivojlanishi turli xilda namoyon bo'lishini tushunish mumkin, ya'ni ayrim kishilar hayoti davomida ma'lum bir kasbga sodiq qolsa, boshqasi esa yillar davomida mehnat turlarini o'zgartirib turadi. Kasbni o'zgartirish sabablari va kasbdan qoniqish, mutaxassislarning kasbiy rivojlanishi turli omillarga bog'liq bo'ladi.

Yüklə 25,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin