Amaliy (seminar) mashg’ulotLAR BIRINCHI mashg’ulot


Buyuk ajdodlarimiz kasb-hunar to'g'risida



Yüklə 25,04 Kb.
səhifə5/7
tarix23.02.2023
ölçüsü25,04 Kb.
#85299
1   2   3   4   5   6   7
1-seminar KP

4.Buyuk ajdodlarimiz kasb-hunar to'g'risida. Sharq mutafakkirlari ta'limotida yoshlarga ta'lim va tarbiya berish, ularga kasb-hunar o'rgatish g'oyasi muhim o'rin egallaydi. Qadimiy an'analarimizga binoan hunarmand va kasb, me'mor va naqqosh, dehqon va chorvador, to'quvchi va nonvoy ustoz - shogird munosabatlarini amalga oshirib kelmoqdalar. Dono halqimiz «Ustozidan o'zmagan shogird – shogird emas», «Hunarli kishi aslo xor bo'lmas», «Ustoz otangdek ulug'»singari maqollarni ijod etganlar va farzandlarining barkamol bo'lib ulg'ayishini orzu qilganlar.
Buyuk qomusiy olim Abu Nasr Farobiy kasb-hunar to'g'risida ilk fikrlarini bildirib, qimmatli maslahatlar bergan, chunonchi, ta'lim – so'z va ko'nikmalar majmui, tarbiya esa amaliy malakalardan iborat ish – harakat ekanligini, muayyan kasb-hunarga berilgan, u bilan qiziqqan kishilar shu kasb-hunarning chinakam shaydosi bo'lishini aytgan. Bu mulohazalardan anglashilib turibdiki, kasb-hunar insoniyat uchun azaldan juda zarur hayotiy vosita bo'lib kelgan.
Buyuk qomusiy olim sifatida barcha hodisalarning mohiyatini ilmiy jihatdan ochib berishga harakat qilgan sharq mutafakkirlaridan biri – Abu Ali Ibn Sinodir. Uning pedagogik – psixologik qarashlari ilmiy asosda qurilgan bo'lib, u bolaning fe'l – atvori va tasavvurlarini shakllantirishda umuminsoniy g'oyalar qo'llanishini yaratgan hamda murabbiy, ota-onalarga uni qattiq tan jazosidan ko'ra, shaxsiy ibrat orqali voyaga yetkazish ma'qulligini ko'rsatgan. Mutafakkirning «Donishnoma», «Risolai ishq», «Uy xo'jaligi», «Tib qonunlari» asarlari mamlakatimiz xalqlari odob – axloq psixologiyasi va tabobat olamida alohida o'rin tutadi.
Hozirgi davrda ham allomaning falsafiy – psixologik qarashlari, ijtimoiy hayotimizda o'z qimmatini yo'qotgani yo'q. Uning tarbiya va mijoz xususidagi fikrlari alohida ahamiyatga ega bo'lib, shaxslararo munosabatlar etikasiga munosib hissa bo'lib qo'shilgan. Olimning falsafa, mantiq, psixologiya, siyosiy - ijtimoiy fanlar bo'yicha bizga meros qilib qoldirgan asarlari bashariyat uchun dasturulamal sifatida xizmat qiladi.
XI asrning buyuk mutafakkiri Yusuf Xos Hojib o'zining «Qutadg'u bilig» asarida inson va uning hayotiga oid qarashlarini tahlil qilgan. U odamning Olloh tomonidan yaratilganligini hamda odamning dunyoga kelishi va uning kelajakda qanday odam bo'lib voyaga etishi, ajdodi va kelib chiqishiga, hayotda shug'ullanayotgan faoliyatiga, atrofga nisbatan munosabatlariga bog'liqligini aytib: «Kimning nasli otadan boshlab toza bo'lsa, undan elga yaxshilik, ko'p manfaatlar keladi» deb hisoblaydi.
Iste'dodli shoir, yetuk tarixchi, mohir tarjimon Muhammad Rizo Ogahiy o'zining ijodiy faoliyatida o'g'il va qizlarning aqliy, hissiy va jismoniy imkoniyatlarini g'oyat ziyraklik bilan kuzatgan holda, ularning fe'l atvorlarini tezroq bilib olish, salbiy va ijobiy sifatlarini osonroq aniqlash, yoqimsiz xatti – harakatlarini bartaraf etish mumkin, degan xulosaga keladi. Ogahiy o'z davridagi kasb – hunar sohalari, xalq udum va an'analariga o'zining qimmatli fikrlarini bildirgan. U xalq an'analari hamda urf – odatlari to'g'risida izohlar berar ekan, turli kasb ustalarining inson kamolatidagi ahamiyatini birma – bir ta'riflab beradi.
XII-XVI asrlarda yashab ijod etgan mutafakkir allomalardan Jaloliddin Rumiy, Abu Rayhon Beruniy, Mir Alisher Navoiy, Xorazmiy va boshqalarning asarlarida, qo'llanmalarida, falsafiy-psixologik mulohazalarida turli kasblarga oid durga teng bo'lgan fikrlar talaygina.
XX asrning yetuk ma'rifatparvari Abdulla Avloniyning 1913 yilda yozilgan «Turkiy Guliston yoxud ahloq» asarida bola tarbiyasi, uning ijtimoiy ahamiyati falsafiy – pedagogik jihatdan tushuntirilib berilgan. Olim ta'lim va tarbiya jarayonida oila va jamoatchilikning o'rni ularning o'zaro hamkorligini ulug'laydi. Uning talqiniga qaraganda, barkamol shaxsning ko'p qirrali bilimlarga ega bo'lishi, yaxshi bir kasb – korning sirlarini egallashi ko'p jihatdan ijtimoiy muhit bilan oilaviy sharoitning uyg'unligiga bog'liqligini ta'kidlaydi.
Sharq mutafakkirlaridan meros bo’lib qolgan qimmatli ma'naviy boylikning har bir satrini ochib tahlil qilganimizda ularning inson kamoloti, ma'naviyati va mehnatsevarlik xislatlariga, bolalar va yoshlarni barkamol insonlar qilib shakllantirish va kasb-hunarga o'rgatishga taalluqli ibratli, qimmatli mulohazalar olsa bo'ladi.



Yüklə 25,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin