Amaliy (seminar) mashg’ulotLAR BIRINCHI mashg’ulot



Yüklə 25,04 Kb.
səhifə2/7
tarix23.02.2023
ölçüsü25,04 Kb.
#85299
1   2   3   4   5   6   7
1-seminar KP

Internet saytlari

http// planetadisser.com- dissertasiyalar katalogi.


http:// www.bestdisser.com-referatlar,diplom va kurs ishlari.
htpp://www.edu.uz/-O’zR Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb sayti.
www.gov.uz- O’zR ning hukumat portali.
htpp://www.press-servise.uz
http://www.gov.uz
II. Mavzuning qisqacha tavsifi
Mavzu: Kasbiy psixоlоgiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
Reja:
1. Kasbiy psixologik bilimlarning inson uchun ahamiyati.
2. Kasbga xos psixologik jarayonlar va ularni o'rganishga bo'lgan ehtiyojlar.
3. Kasbiy psixologiya fanining ob'ekti va predmeti. Kasb psixologiyasining ijtimoiy hayotda tutgan o’rni.
4. Buyuk ajdodlarimiz kasb-hunar to'g'risida.


Tayanch iboralar:amaliy psixologiya, psixika, psixik jarayonlar, kasbiy bilimlar, kasb tanlash, ehtiyojlar, irodaviy harakatlar, kasbga yo`naltirish, kasbiy shakllanish;
1. Kasbiy psixologik bilimlarning inson uchun ahamiyati.
Ko'plab psixologiyaga tegishli yo'nalishlardan biri bo'lgan kasb psixologiyasi o'z o'zidan paydo bo'lmadi. Balki u insoniyatni o'z ehtiyojlarini qondirish, yaxshi yashash uchun bo'lgan intilishlari bilan bog'liq holda shakllanib bordi va o'z mehnatini yengillashtirish, ko'proq hayot kechirish uchun imkoniyatlar izlanishining natijasi sifatida rivojlandi.
Respublikamiz o'z mustaqil taraqqiyot yo'lini tanlagan davridan boshlab O'zbekistonda psixologiya fani ham keng tarmoqlarda rivojlana boshladi. Psixologiya fanining turli sohalarida olimlarimiz barakali hizmat qila boshladilar. Shuningdek, Kasbiy psixologiya amaliy psixologiyaning tarmog'i sifatida rivojlanib bormoqda.
Kasb-hunar mohiyatini ochib beruvchi professiogramma, professiografiya asosida qishloq xo'jalik mutaxassislarini tayyorlash uchun agrar oliy o'quv yurtlari intilmoqlari lozim. Zero, yuksak texnologiyani boshqarishga layoqatli, ijodiy, mustaqil fikrlovchi, shaxslararo munosabatlarni tashkil qilishga uquvli mutaxassislar yetishtirishga erishilsa, ezgu niyatlar ijtimoiy hayotda qaror topgan bo'lar edi.
Shaxsning kasbiy kamoloti masalasi uning hayotida muhim o'rin tutadigan faoliyat yo'nalishidir. Bu faoliyat yo'nalishini to'g'ri tanlash va belgilash keng ko'lamdagi shaxsiy muammolarni hal etishga olib keladi. Shunga ko'ra, quyidagi mulohazaga e'tibor qaratish ancha muhimdir. “Kasb tanlash – kasb talablaridan kelib chiqib, bir qancha variantlar orasidan shaxsiy xususiyatlari va xislatlari ustuvorligiga ko'ra munosibrog'ini tanlashni bildiradi. Kasb tanlash kasbiy yo'nalganlikka nisbatan bir muncha murakkabroq jarayon. Chunki shaxsda kasbga xos xususiyatlar – muayyan kasbni egallashga tayyorgarlik (bilim, tajriba, dunyoqarash doirasining kengligini) darajasining mavjudligini aniqlash talab etiladi. Kasbiy shakllanish va kasbiy faoliyat muammolarini tadqiq etish dolzarb va keng qamrovli psixologik - pedagogik muammo sifatida baholash uchun barcha asoslar mavjud. Mazkur muammo ijtimoiy - iqtisodiy o'zgarishlar sharoitida shaxs oldiga yanada kattaroq talablar qo'yadi.
XXI asrning boshidagi kasb-korlikka doir axborotlar ko'lamining ortganligi, inson ehtiyojlarining o'sib borayotganligi, yangi sohalarning paydo bo'layotganligi, kasb yo'nalishlarining o'zgarib borishi va shaxsning hayotga munosabatining o'zgarayotganligi sifatlari bilan xarakterlanadi.
Ijtimoiy taraqqiyotni ro'yobga chiqarish uchun mamlakatda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularni jahon standartlari darajasiga ko'tarmoq lozim, fan va texnikaning bugungi kun taraqqiyotiga javob berish uchun keng saviyali, bilimdon, o'z kasbining fidoiy kishisini kamol toptirish orqali davlatimizda bozor iqtisodiyotiga bardosh beradigan, raqobatbardosh mahsulotlar yaratuvchi kasb egalarini shakllantirish joiz. Shuni alohida ta'kidlash joizki, o'rta maktab o'quvchilarinig hammasi kasb tanlashga kelganda oqilona va to'g'ri yo'l tutadi, deb bo'lmaydi, albatta. Ulardan ba'zilari tavakkaliga ish tutsalar, ayrimlari ota-ona kasbini tanlaydilar yoki ko'zga tashlanib turgan yaqqol namunalarga taqlid qiladilar, goho sevimli kishilari izidan borishni mo'ljallaydilar.

Yüklə 25,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin