5. Jon o’z mohiyatiga ko’ra olovsimon uchqundan iboratligini ilgari surgan olim?
A) Geraklit. B ) Demokrit. V) Aflotun. G) Arastu. D) Fales.
6.Jon o’z mohiyatiga ko’ra olovsimon atomdan iboratligini ilgari surgan olim?
A) Geraklit. B) Demokrit. V) Aflotun. G) Arastu. D) Fales.
7."Ideyalar abadiy va o’zgarmas mohiyatdir, ularning tabiiy olamidan tashqarida oliy olam mavjud bo’lib, ularni odam ko’zi bilan ko’ra olmaydi" mazkur fikr muallifini toping?
A) Geraklit. B) Demokrit. V) Aflotun. G) Arastu. D) Fales.
8."Dualizm" oqimining asoschisi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) Geraklit B) Demokrit V) Aflotun G) Arastu D) Fales
9. Dualizm ta’limotining mohiyati?
A) moddiy va ruhiy olam tana va psixikasining bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda mavjud bo’lib, azaldan qarama-qarshi narsalar deb tushuntiradi. B) ideyalar adabiy va o’zgarmas mohiyatdir. V) jon va tana bir-biriga bog’liqdir. G) jon va tana bo’linmas birlikka ega, lekin faoliyatlar jarayonida ular bir-birlarini tark etadilar. D) to’g’ri javob berilmagan.
10. Kishilik tafakkuri tarixida kim birinchi bo’lib, ruh va jonli tananing ajralmasligini isbotlab berdi?
A) Aflotun. B) Anakseman. V) Arastu. G) Gerarlit. D) Fales.
11. "Jon qismlarga bo’linmaydi, lekin u faolyatning oziqlanishi, his etishi va harakatga kelishi, aql-idrok kabi turlarga oid qobiliyatlarni namoyon qiladi" mazkur fikr kim tomonidan ilgari surilgan?
A) Aflotun. B) Anakseman. V) Arastu. G) Geraklit. D) Fales.
12. Dunyoda kim birinchi bo’lib psixoterapevtik usullarni qo’llagan?
A) Aflotun. B) Arastu. V) Abu Ali ibn Sino. G) Abu Nasr Farobiy. D) Abu Rayxon Beruniy.
2. «Kasbiy psixоlоgiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari» mavzusiga oid KEYSLAR
Keys № 1. Pedagogik nizo va uni hal etish yo'llari
Ma'lum muddat tibbiy davolanishda bo'lib, yangi o'quv yilidan yana qaytadan ishga qaytgan «Pedagogika-psixologiya» kafedrasi o'qituvchisi Sh.Aliboyev «Pedagogika va psixologiya» bakalavriat ta'lim yo'nalishi 103-guruhida «Pedagogika nazariyasi» fanidan seminar mashg'ulotini o'tkazayotgan edi. Seminar mashg'ulotida talabalarni kichik guruhlarda ishlashlarini tashkillashtirdi. Talabalar kichik guruhlarda ishlarni davom ettirayotgan bir paytda, mashg'ulot boshlanganiga o'ttiz daqiqa bo'lganida mazkur guruh talabasi G.Sodiqova eshikni ochib, auditoriyaga kirishga ruxsat so'radi. O'qituvchi esa mashg'ulot boshlanganiga ancha vaqt bo'lganini, u bir necha marotabadan buyon kechikib kelayotganini aytib, mashg'ulotga kechikib kelgan talaba G.Sodiqovaning auditoriyaga kirishiga ruxsat bermadi.
Talaba esa auditoriyadan chiqib ketishni xohlamadi. O'qituvchi undan auditoriyadan chiqib ketishni talab etdi va oxir – oqibat xonadan chiqarib yubordi. Ertasi kuni auditoriyaga kiritilmagan qizning onasi nomidan fakultet dekanatiga shikoyat xati kelib tushdi. Shikoyat xatida talabaning onasi qizini homilador ekanligiga qaramasdan va har qanday holatda ham o'qituvchi talabani mashg'ulotga kiritmasdan, uni turtib auditoriyadan chiqarib yuborgani pedagogik etikaga zid ish ekanligini, o'qituvchining kompetentligini aniqlash uchun davlat test markazidan xolis ekspertlar chaqirib, sinovdan o'tkazish va shikoyatga yozma ravishda javob qaytarish, agar kerakli chora ko'rilmasa, yuqori tashkilotlarga murojaat qilishi haqidagi talabni qo'ygan edi. Ertasi kuni fakultet dekani va o'rinbosari Sh.Aliboyevni bu haqida ogohlantirdi. O'qituvchi esa dekanga u hech qanday ortiqcha harakat qilmagani, talaba qiz hamma vaqt darsga kechikib kelishini aytib qo'pol munosabatda bo'ldi. Bir hafta muddat o'tib, dekan kafedra mudiridan mazkur masalani yig'ilishda muhokama qilib, qaror chiqarib berishni so'radi.
Kafedra majlisida mazkur masala muhokama etildi. Kafedra professor-o'qituvchilari har qanday vaziyatda ham Sh.Aliboyevni qo'llab-quvvatlashlarini bildirdi. Biroq talaba-qizning homilador ekanligini hisobga olib, undan uzr so'rash haqidagi taklifni kiritishdi. Sh.Aliboyevga so'z berilganda esa, u pedagoglik odobiga zid hech qanday xatti-harakat sodir etmaganligini, talaba-qizdan uzr so'ramasligini bildirdi. Oradan bir hafta muddat o'tib, Sh.Aliboyev kafedra mudirining ishdan bo'shamasligi haqidagi iltimosiga qaramasdan, o'z arizasiga ko'ra vazifasidan ozod etildi.
Yuqorida keltirib o'tilgan vaziyatni tahlil eting. Siz Sh.Aliboevning o'rnida bo'lganingizda qanday yo'l tutgan bo'lar edingiz? Sh.Aliboevning ishdan bo'shab ketishi to'g'ri bo'ldimi?
Keys №
№
|
Muammo
|
Kelib chiqish sababi
|
Yechimi
|
|
|
|
|
Dostları ilə paylaş: |