Amaliy (seminar) mashg’ulotLAR BIRINCHI mashg’ulot


Kasbiy psixologiyа fanining ob'ekti va predmeti



Yüklə 25,04 Kb.
səhifə4/7
tarix23.02.2023
ölçüsü25,04 Kb.
#85299
1   2   3   4   5   6   7
1-seminar KP

3. Kasbiy psixologiyа fanining ob'ekti va predmeti. Kasb va kasbiy psixologiya o'zining tadqiqot sohasi bilan eng muhim amaliy ishni hayotga tadbiq etib boradi. Bu yuqorida ta'kidlanganidek, inson va kasb o'rtasidagi munosabatlarni o'rganish orqali insonni kasbga tayyorlaydi, uning imkoniyatlari va qiziqishlarini o'rganish orqali unga ma'lum bir kasblar haqida bilimlar berib boradi va o'ziga qiziq tuyulgan kasbni egallashga yo'l-yo'riqlar berib boradi. O'sib kelayotgan yosh avlod, uning kasb egallash bilan bog'liq masalalar katta avlodni har doim qiziqtirib kelgan va hozirda ham bu masala dolzarb masalalardan biridir.
Kasbiy psixologiyaning predmeti – shaxsning kasbiy shakllanish mexanizmlari, qonuniyatlari hamda psixologik xususiyatlarini o'rganishdir. Bundan kelib chiqqan holda kasb psixologiyasi – bu shaxsda kasbiy maqsadlarni tanlash, kasb egallash, mutaxassisning kasbiy rivojlanishiga doir qonuniyatlarni, shuningdek, shaxsning mehnatga layoqatlilik darajalarini o'rganuvchi psixologiya fanining sohalaridan biridir.
Kasbiy psixologiyaning ob'ekti – shaxsning kasb bilan hamkorligi yoki o'zaro bog'liqligidan iborat. Kasbiy psixologiya psixologiya fanining mustaqil sohasi bo'lib, u o'zining tadqiqot predmeti va ob'ektiga ega.
Kasbiy psixologiya fanikasb doirasidagi munosabatlar, odamlarning psixik faoliyatini huquqiy boshqarish mexanizmlari va qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir. Bunda guvohlar, xolislar, jabrlanuvchi, gumonlanuvchilarning ko‘rsatmalari hamda so‘roq olib borishning psixologik asoslarini o‘rganish maqsad qilib qo‘yilgan.
Kasbiy psixologiya fanining maqsadi - kasb xodimlari faoliyatining taraqqiyot qonuniyatlari, turli toifadagi shaxslar bilan o‘zaro munosabatlar jarayonida psixologik bilimlardan foydalana olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iboratdir.
Fanni o‘qitishdan maqsad – talabalarga fan soxasidagi psixologik tushunchalar, kasblar haqida tushuncha, tasavvular zahirasini shakllantirish. Shuningdek, kasb tanlash va kasbga yo‘naltirish yuzasidan nazariy, amaliy ma'lumotlar manbaini berish. Kasb psixologiyasi shaxsning kasbiy jihatdan shakllanishini o’rganadi.
Kasb psixologiyasining metodologik asosi - bu shaxsning kasbiy shakllanish konsepsiyasidir. Mazkur konsepsiyaning asosiy mohiyati shundaki, kasb tanlash jarayonida shaxs miqdor va sifat jihatidan rivojlanib boradi ya‘ni ular o‘z yo‘nalishini boyitib boradi, shu orqali tajriba va salohiyat shakllanadi. Kasbiy shakllanish jarayonida inqirozlar, to‘qnashuvlar, destruktiv o‘zgarishlar bo‘lib o‘tishi mumkin.

Yüklə 25,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin