Kattalikning o‘lchami - ayrim olingan moddiy ob’ekt, tizim, hodisa yoki jarayonga tegishli bo‘lgan kattalikning miqdori bo‘lib hisoblanadi.
Kattalikning qiymati - qabul qilingan birliklarping ma’lum bir soni bilap kattalikiing miqdor tavsifini aniqlash
Kattalikning birligi deb - ta’rif bo‘yicha soniy qiymati 1ga teng qilib olingan kattalik tushuniladi.
Ushbu atama kattalikning qiymatiga kiradigan birlik uchun ko‘paytiruvchi sifatida ishlatiladi. Muayyan kattalikning birliklari o‘zaro o‘lchamlari bilan farqlanishi mumkin. Masalan, metr, fut va dyuym uzunlikning birliklari bo‘lib, quyidagi har xil o‘lchamlarga ega - 1 fut = 0,3048 m, 1 dyuym = 25,4 mm ga tengdir.
Kattalikning birligi ham, kattalikning o‘ziga o‘xshash asosiy va hosilaviy birliklarga bo‘linadi:
Kattalikning asosiy birligi deb birliklar tizimidagi qtiyoriy ravishda tanlangan asosiy kattalikning birligiga aytiladi.
Bunga misol qilib, LMT - kattaliklar tizimiga to‘g‘ri kelgan MKS birliklar tizimida metr, kilogramm, sekund kabi asosiy birliklarni olishimiz mumkin.
Hosilaviy birlik deb, bershgan birliklar tizimining birliklaridan tuzshgan, ta’riflovchi tenglama asosida keltirib chiqariluvchi hosilaviy kattalikning birligiga aytiladi.
Hosilaviy birlikka misol qilib 1 m/s - xalqaro birliklar tizimidagi tezlik birligini; 1 N = 1 kg. m/s kuch birligini olishimiz mumkin.
1960 yili o‘lchov va tarozilarning XI Bosh konferensiyasi Xalqaro birliklar tizimini qabul qilgan bo‘lib, mamlakatimizda buni SI (SI - Systeme international) xalqaro tizimi deb yuritiladi. Keyingi Bosh konferensiyalarda SI tizimiga bir qator o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘lib, hozirgi holati va birliklarga qo‘shimchalar va ko‘paytirgichlar haqidagi ma’lumotlar 1- va 2-jadvallarda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |