AMALIY. TEXNOLOGIK O`LCHASHLARDA QO`LLANILADIGAN O`LCHOV BIRLIKLARI. XALQARO VA SANOAT O`LCHOV BIRLIKLARI TIZIMI BILAN TANISHUV VA ULAR YORDAMIDA O`LCHOV BIRLIKLARINI BIR TIZIMDAN BOSHQASIGA O`TKAZISH BO`YICHA MASALALAR YECHISH.
Kattalik birliklari haqidi umumiy ma’lumotlar
XX va XXI asrlarda jahonda atrof-muhitni muhofazalash, insonlar sog‘lig‘ini saqlash, xalqaro savdoni rivojlanishi sharoitlarida maldagi to‘siqlar ta’sirini kamaytirish zaruriyati va globallashuv jarayonlariga javob beruvchi o‘lchashlar birligini ta’minlash usullari va tartibi keskin o‘zgarib bormoqda.
1999 yil 14 oktyabrda Milliy metrologik institutlar direktorlari imzolagan “Metrologiya institutlari berayotgan o‘lchashlar va kalibrlar sertifikatlari va milliy o‘lchash etalonlari o‘zaro tanolish to‘g‘risidagi kelishuv” (MRA) xalqaro o‘lchashlar tizimi rivojlanishini keskin o‘zgarish yuzaga keltirdi.
Xolisonalik asosida o‘lchashlar va kalibrlash sertifikatlarini tan olinishi uchun milliy etalaonlarni solishtirish natijalari muhim bo‘lib hisoblanmoqda.
Boshlang‘ich etalonlarni halqaro solishtirish o‘lchashlar birligini ta’minlash masalalrini hal etishda va fizik kattaliklar birligi ifodalash va baholash aniqligini to‘g‘riligin tekshirishning samarali yo‘li bo‘lib hisoblanadi. MRA imzolanishi o‘lchashlar imkoniyatlari va kalibrlashni tasdiqlash hamda ularning ekvivalentligini milliy etalonlar darajasi bilan tavsifini o‘rnatish, milliy etalonlarni solishtirish va ularni solishtirish darajasiga sifatli ta’sir etadi.
O‘lchovlar va tarozilar bo‘yicha Xalqaro Komitet (CIPM KC), milliy etalonlarni solishtirish jarayonida maslahat berishi davomida etalonlar ekvivalentligini o‘rnatishga taaluqli solishtirish qiymatlarini aniqladi.
O‘lchashlarni birligini ta’minlash, o‘lchash natijalari va kalibrlash ishlaridagi masalalarni hal etish davlat o‘lchashlar tizimi mustaqilligi va mahalliy mahsulotlarning
raqobatbardoshligi, shunindek iqtisodiy samaradorlikka erishish uchun halqaro hamkorliklar olib borilishini ta’minlaydi.
Davlatimiz Etalon bazasi xalqaro miqiyosda metroligik mustaqilligini ta’minlash maqsadida tashkil qilingan. SHu kabi metrologik siyosatlar natijasida 9 ta milliy boshlang‘ich etalonga ega bo‘lgan va shu o‘rinda o‘zining funksional imkoniyatlaridan yagona bo‘lgan ilmiy – tadqiqot instituti darajasidagi etalon baza tashkil qilingan.
Mamlakat etalon bazasining darajasi oxir oqibatda shu davlat mahsulotlarining dunyo
bozorida raqobatbardoshligini, fan rivojini va hattoki davlat mavqeini belgilaydi. Etalonlarni xalqaro darajada solishitirish va kattalik birliklarini uzatishni ta’minlash sanoatda mahsulot ishlab chiqarish va texnologik jarayonlirini boshqarishda muhim o‘rin tutudi.
Ushbu masalalarni hisobga olib tanlangan malakaviy bitiruv ishi ya’ni milliy boshlang‘ich etalonlarini xalqaro solishtirishga tayyorlash hozirgi kunda dolzarb masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi.