Sifat tavsifi olingan kattalikning mohiyatini, mazmunini ifodalaydigan tavsif hisoblanadi. Gap masofa borasida ketganda muayyan olingan ob’ektning o‘lchamlarini, uzun-qisqaligini yoki baland-pastligini bildiruvchi xususiyatni tushunamiz, ya’ni ko‘z oldimizga keltiramiz. Buni oddiygina bir tajribadan bilishimiz mumkin. Bir Daqiqaga boshqa ishlaringizni yig‘ishtirib, ko‘z oldingizga og‘irlik va harorat nomli kattaliklarni keltiring... Xo‘sh, ularning sifat tavsiflarini seza oldingizmi. Bir narsaga ahamiyat bering-a, og‘irlik deganda qandaydir bir mavhum, og‘ir yoki engil ob’ektni, aksariyat, tarozi toshlarini ko‘z oldiga keltirgansiz, harorat to‘g‘risida gap borganda esa, issiq-sovuqlikni bildiruvchi bir narsani gavdalantirgansiz. Aynan mana shular biz sizga tushuntirmoqchi bo‘lgan kattalikning sifat tavsifi bo‘lib hisoblanadi.
Endi olingan ob’ektlarda biror bir kattalik to‘g‘risida so‘zlaydigan bo‘lsak, bu ob’ektlar o‘zida shu kattalikni ko‘p yoki kam "mujassamlashtirganligini" shohidi bo‘lamiz. Bu esa kattalikningmiqdortavsifibo‘ladi.
Mana endi kattalikning ta’rifini keltirishimiz mumkin:
Kattalik - sifat tomonidan ko‘pgina fizikaviy ob’ektlarga (fizikaeiy tizimlarga, ularningholatlariga va ularda o‘tayotgan jarayonlarga) nisbatan umumiy bo‘lib, miqdor tomonidap harbirob’ekt uchun xususiybo‘lgan xossadir. Muayyan guruhlardagi kattaliklarning orasida o‘zaro bog‘liqlik mavjud bo‘lib, uni fizikaviy bog‘lanish tenglamalari orqali ifodalash mumkin. Masalan, vaqt birligidagi o‘tilgan masofa bo‘yicha tezlikni aniqlashimiz mumkin. Mana shu bog‘lanishlar asosida kattaliklarni ikki guruhga bo‘lib ko‘riladi: asosiy kattaliklar va hosilaviy kattaliklar.
Asosiy kattalikdeb ko‘rilayotgan tizimga kiradigan va shart bo‘yicha tizimning boshqakattaliklariganisbatan mustaqilqabulqilibolinadigankattalikkaaytiladi.Masalan, masofa (uzunlik), vaqt, harorat, yorug‘lik kuchi kabilar.
Hosilaviy kattalik deb tizimga kiradigan va tizimning kattaliklari orqali ifodalanadigankattalikkaaytiladi.Masalan, tezlik, tezlanish, elektr qarshiligi, quvvat va boshqalar.
Kattaliklarning sifat tavsiflarini rasmiy tarzda ifodalashda o‘lchamlikdan foydalanamiz.
Kattalikning o‘lchamligi deb,shukattalikningtizimdagiasosiykattaliklarbilanbogliqliginiko‘rsatadiganvaproporsionallikkoeffitsienti1gatengbo‘lganifodagaaytiladi. Muayyan ob’ektni tavsiflovchi kattalik shu ob’ekt uchun xos bo‘lgan miqdor tavsifiga ega ekan, bu kabi ob’ektlar o‘zaro birgalikda ko‘rilayotganda faqat mana shu miqdor tavsiflariga ko‘ra tafovutlanadi. Buning uchun esa solishtirilayotganda ob’ektlararo biror bir asos bo‘lishi lozim. Bu asosga solishtirish birligi deyiladi. Aynan mana shunday tavsiflash asoslariga kattalikningbirligidebnom berilgan.
Ko‘rilayotgan fizikaviy ob’ektning ihtiyoriy bir xossasining miqdor tavsifi bo‘lib uning o‘lchami xizmat qiladi. Lekin "uzunlik o‘lchami", "massa o‘lchami", "sifat ko‘rsatkichining o‘lchami" degandan ko‘ra "uzunligi", "massasi", "sifat ko‘rsatkichi" kabi iboralarni ishlatish ham leksik jihatdandam texnikaviy jihatdan o‘rinli bo‘ladi. O‘lcham bilan qiymat tushunchalarini bir- biriga adashtirish kerak emas. Masalan, 100 g, 105 mg, 10-4 t - bir o‘lchamni 3 xil ko‘rinishda ifodalanishi bo‘lib, odatda "massa o‘lchamining qiymati" demasdan, "massasi (...) kg" deb gapiramiz. Demak kattalikning qiymati deganda uning o‘lchamini muayyan sonli birliklarda ifodalanishini tushunishimiz lozim.