1 AMALIY TEXNOLOGIK OLCHASHLARDA QOLLANILADIGAN OLCHOV BIRLIKLARI
Birliklarni va o‘lchamlarni belgilash va yozish qoidalari.
1. Kattaliklarning birliklarini belgilash va yozish borasida standartlar asosida me’yorlangan tartib va qoidalar mavjud. Bu koidalar va tartiblar GOST 8.417-81 da atroflicha yoritilgan.
1-jadval
Kattalik
Birlik
Nomi
O‘lchamligi
Nomi
Belgisi
Ta’rifi
Uzunlik
L
metr
m
Metr-bu yorug‘lik 1/299792458 s vaqt oralig‘ida vakuumda bosib
o‘tadigan masofa
Massa
M
kilogramm
kg
Kilogramm bu massa birligi bo‘lib, xalqaro kilogramm timsolining
massasiga teng
Vaqt
T
sekund
s
Sekund bu seziy – 133 atomi asosiy holatining ikki o‘ta nozik sathlari orasidagi bir-biriga o‘tishiga
muvofiq keladigan nurlanishning 9192631770 davridir
Elektr toki (elektr tokining kuchi)
l
amper
A
Amper bu vakuumda bir-biridan l m oraliqda joylashgan, cheksiz uzun, o‘ta kichik dumaloq ko‘ndalang kesimli ikki paralel to‘g‘ri chiziqli o‘tkazgichlardan tok o‘tganda o‘tkazgichning har l m uzunlikdagi 2·10-7 N ga teng o‘zaro ta’sir kuchini
hosil qila oladigan o‘zgarmas tok kuchi
Termodinamik harorat
0
kelvin
K
Kelvin bu termodinamik harorat birligi bo‘lib, u suvning uchlanma nuqtasi termodinamik haroratning
1/273,16 qismiga teng
Modda miqdori
N
mol
mol
Mol bu massasi 0,012 kg bo‘lgan uglerod-12da qancha atom bo‘lsa,
o‘z tarkibiga shuncha elementlarini olgan tizimning moda miqdoridir.
Molni tadbiq etishda elementlari guruhlangan bo‘lishi lozim va ular atom, molekula, ion, elektron va boshqa zarrachalar guruhlaridan
iborat bo‘lishi mumkin
YOrug‘lik kuchi
J
kandela
cd
Kandela bu berilgan yo‘nalishda 540-10 Hz chastotali monoxramatik nurlanishni tarqatuvchi vash u yo‘nalishda energetik yorug‘lik kuchi 1/683 W/srni tashkil etuvchi
manbaning yorug‘lik kuchidir.
Izohlar:
Kelvin haroratidan (belgisi T) tashqari t=T-T0 ifoda bilan aniqlanuvchi Qelsiy harorati(belgisi t) qo‘llaniladi, bu erda ta’rifi bo‘yicha T=273,15 K. Kelvin harorati kelvinlar bilan, Qelsiy harorati Qelsiy graduslari bilan- ifodalanadi (xalqaro va o‘zbekcha belgisi °C). Ulchovi bo‘yicha Qelsiy gradusi Kelvinga teng. Qelsiy gradusi bu «kelvin» nomi o‘rniga ishlatiladigan maxsus nom.
Kelvin haroratlarining ayirmasi yoki oralig‘i kelvinlar bilan ifodalanadi. Qelsiy haroratlarining ayirmasi yoki oralig‘i kelvinlar bilan ham, Qelsiy graduslari bilan ham ifodalashga ruxsat etiladi.
Xalqaro amaliy harorat belgisini 1990 yilgi xalqaro harorat shkalasida ifodalash uchun, agar uni termodinamik haroratdan farqlash lozim bo‘lsa, unda termodinamik harorat belgisiga
«90»indeksiqo‘shibyoziladi(masalan, T90yokit90) SI ning hosilaviy birliklari SI ning kogerent hosilaviy birliklarini hosil qilish qoidalariga muvofiq keltirib chiqariladi. SI ning asosiy birliklaridan foydalanib keltirib chiqarilgan SI ning hosilaviy birliklarining namunalari 2-jadvalda keltirilgan.
2-jadval. Nomlari va belgilari asosiy birliklar nomlaridan va belgilaridan tashkil topgan SI ning hosilaviy birliklar namunalari.