III.AMALIYOTGA RAHBARLIK VA UNI TASHKIL QILISh YUZASIDAN USLUBIY KO’RSATMALAR O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining «O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida Nizom» hamda Termiz davlat universitetining «Bakalavriat yo’nalishlari ixtisosliklari talabalarining malakaviy pedagogik amaliyoti haqida Nizom» ga asosan amaliyotga o’quv-uslubiy nuqtai nazardan rahbarlik TerDU «Texnologik ta’limi» kafedrasi professor-o’qituvchilar tomonidan amalga oshiriladi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida amaliyotni tashkil etish ushbu o’quv muassasasi raxbari zimmasiga yuklatiladi. Talabalar amaliyotiga umumiy raxbarlik o’quv muassasasi rahbari (direktori) buyrug’iga ko’ra, ma’sul xodimlaridan biriga yuklatiladi.
3.1. Amaliyotni maqsadga muvofiq va samarali tashkil etish maqsadida korxona yoki o’quv muassasasi tomonidan tayinlanadigan amaliyot rahbariga quyidagi vazifalar yuklanadi:
universitet tomonidan tayinlangan amaliyot raxbari bilan hamkorlikda talabalar amaliyotini tasdiqlangan dastur va reja asosida sifatli tashkil qilish;
talabalarga mexnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalari xamda sanitariya-gigiena rejimi bo’yicha sifatli instruktaj o’tkazishni tashkil qilish;
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida talabalarga maktabning tuzilishi, ishlashi va boshqaruvi to’g’risida tushuncha berish, asosiy va yordamchi bo’limlari bilan tanishtirish;
amaliyotning asosiy maqsadidan kelib chiqqan xolda va uning dasturiga binoan talabalar uchun o’quv muassasalarining, ishlab chiqarish yoki o’quv-tarbiyaviy faoliyatiga doir mavzularda nazariy mashg’ulotlar va seminarlar o’tkazish;
amaliyotchi talabalarning mexnat intizomini, davomatini, kundalik daftar yuritishlarini va amaliyot rejasining bajarilishini doimiy nazorat qilish;
talabalarning hisobot tuzishlari uchun zaruriy me’yoriy xujjatlar, texnologik tavsiyanomalar, qo’llanmalar, texnologik uskunalarning texnik pasportlari va adabietlar bilan tanishishlari uchun amaliy yordam berish;
amaliyot muddati tugagach har bir talaba amaliyot rejasini qay darajada bajarganligi, mehnat intizomi, ijtimoiy hayotida qatnashishi va boshqa xususiyatlarini xisobga olgan holda ularga tavsifnoma rasmiylashtirib berish.