ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES
VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723
Academic Research, Uzbekistan 666 www.ares.uz
AMIR TEMURNING DAVLAT BOSHQARUVI SOHASIDAGI
ISLOHOTLARI
Jumanazar Xayitbayevich Adambayev
Urganch davlat universiteti katta o’qituvchisi
nnurjamol@mail.ru
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Amir Temurning davlat
boshqaruv sohasida, hamda ichki va
tashqi siyosatda amalga oshirgan islohotlari o`z davrida uning saltanatini yanada
mustahkam bo`lishiga olib kelgan va hozirgi kunda kundan-kun gullab-yashnab
borayotgan Mustaqil O`zbekiston Respublikasida
amalga oshirilayotgan keng
ko`lamli islohotlar ham davlat boshqaruv sohasida mamlakatimizning ertangi kuniga
bo`lgan ishonchni yanada mustahkamlab, buyuk davlat arbobi Amir Temur tajribasini
chuqur
o`rganib,
amalda
buyuk
bobolarimiz
tajribasidan
unumli
foydalanilayotganining isboti sifatida ko’rish mumkin.
Kalit so’zlar:
Buyuk davlat arbobi, diplomat,
Temur tuzuklari, adolatli
tamoyillar, Temuriylar davlati,
musulmon fiqhi qoidalari, Islom qudrati, moliya,
iqtisod, insonparvar,
qonun-qoida, adolat, tartib-intizom, islomiy-mazhabiy,
mo‘g‘ullar.
KIRISH
Amir Temur va temuriylar davri davlatchiligi, ma’naviyati o‘zining salohiyati,
mazmuni, tarbiyaviy kuchi va ta’siri bilan xalqimiz tarixida alohida o‘rin tutadi.
O‘zbekiston o‘zining davlat
mustaqilligiga erishgach, uning bir necha ming
yillik ijtimoiy-siyosiy tarixini har taraflama o‘rganish uchun keng imkoniyatlar
yaratildi. Ayniqsa, markazlashgan
Amir Temur saltanati, uning o‘zbek davlatchiligi
va madaniyatini rivojlantirishdagi o‘rni masalalariga oydinlik kiritilib,
tarixchi,
sharqshunos olimlarimiz ko‘plab birinchi manba ahamiyatidagi asarlarni o‘zbek tiliga
tarjima qilib, nashr ettirdilar. Davlatimizning siyosati va xalqimiz xohish-irodasiga
asoslangan Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 29 dekabrda «Amir Temur
tavalludining 660 yilligini nishonlash to‘g‘risida»gi qarori, 1995 yil 26 dekabrda esa
Prezidentimizning «1996 yilni Amir Temur yili deb e’lon qilish to‘g‘risida»gi
farmonlari qabul qilindi. 1996 yil martida «Temuriylar tarixi» davlat muzeyini tashkil
qilish
xususida, «Amir Temur» ordenini ta’sis etish to‘g‘risida farmonlar chiqdi.
YUNESKO qarori asosida Amir Temur tavalludining 660 yilligi butun dunyoda keng