Amir Temur davriga oid manbalar


Husayn Boyqaro davrida Xuroson



Yüklə 217,59 Kb.
səhifə25/48
tarix20.12.2022
ölçüsü217,59 Kb.
#76673
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48
Amir Temur davriga oid manbalar (3)

33.Husayn Boyqaro davrida Xuroson.

Sulton Husayn (1438-1506) Sohibqironning o‘g‘li Umarshayxning evarasi bo‘lib, u 1438 yili Hirotning shimoli-sharqidagi Davlatxona saroyida dunyoga kelgan. Uning otasi G‘iyosiddin Mansur temuriylardan bo‘lmish Boyqaro Mirzoning uchinchi o‘g‘li bo‘lgan. Husaynning otasi G‘iyosiddin Mansur 1445 yilda vafot etadi. Husayn 14 yoshigacha maktabda ta’lim olib, shu maktabda Alisher bilan do‘stlashadi. 1452 yilda yosh Husayn Xuroson hukmdori Abulqosim Bobur saroyiga xizmatga kirdi. 1457 yili Abulqosim Bobur vafotidan so‘ng, Husayn saroyni tark etib, Marv hukmdori Sanjar Mirzo Marviy saroyiga xizmatga o‘tdi. Biroq, tez orada ular o‘rtasiga sovuqchilik tushib, Husayn saroydan ketishga majbur bo‘ladi. Shundan so‘ng Husayn Mirzo o‘n yildan ko‘proq vaqt davomida Xorazm, Xuroson, Astrobod, Mozandaron va Jurjon oralig‘ida harbiy harakatlar olib bordi. Xususan, 1464-1469 yillarda Xurosondagi ma’lum yerlarni o‘z qo‘liga olishga ham muvaffaq bo‘ldi. Bu davr mobaynida temuriy shahzodalarning toju-taxt uchun olib brogan o‘zaro urushlarida Husayn Mirzo ham faol qatnashib, Temuriylar hukmdori Sulton Abusaid Mirzo (1424—1469) halokatidan so‘ng, 1469 yil 24 martda katta tantanalar bilan Hirotga kirib keldi va o‘sha kuni jome masjidida uning nomiga xutba o‘qildi. Tarixiy manbalarning xabar berishicha, Sulton Husayn Boyqaro Temuriylar orasida jasoratli, mard, odil va tadbirkor saltanat sohibi bo‘lgan. U hukmronlik qilgan davrda (1469-1506) Xuroson fuqarolari osoyishta va farovon hayot kechirdilar. Ayniqsa, uning vaziri Alisher Navoiyning sa’y-harakatlari natijasi o‘laroq, mamlakatda yirik suv inshootlari, ma’muriy va madaniy qurilishlar, madrasa, masjid, karvonsaroy, rabotlar, ko‘p riklar va shu kabi qurilish ishlari keng qo‘lamda olib borilgan.Sulton Husayn Boyqaroning hukmronligi davrida Hirot musulmon sharqining fan va madaniyat markaziga aylandi. Bu davrda ilmu fanning barcha jabhalarida qalam tebratgan olimlar, so‘z ustalari, adiblar, shoirlar, musiqashunoslar, hunarmand naqqoshlar va musavvirlar Hirotning dovrug‘ini jahonga mashhur qilganlar.


Sulton Husayn Boyqaro (1469-1506) davlati o‘z tarkibiga Xorazm, Xuroson va Eronning bir qismini olgan bo‘lib, u Temuriylar tarixida oxirgi yirik davlat arboblaridan biri bo‘lib qoldi. Sulton Husayn Boyqaroning deyarli qirq yillik hukmronlik davri garchi o‘zaro kurashlardan xoli bo‘lmagan bo‘lsa-da, lekin mamlakatda barqaror iqtisodiy ahvol hukmronlik qildi. madaniy hayot benihoya darajada ravnaq topdi. Mamlakat obodligi, farovonligi, iqtisodiy hayotning bir me’yorda kechishi, fan-madaniyatning yuksalishida o‘z davrining tadbirli va oqil hukmdori Sulton Husaynning roli nihoyatda katta bo‘ldi. Sulton Husayn Temuriylarning Xuroson qismidagi mulklarida tinchlik-osoyishtalikni saqlash, fitna va o‘zboshimchalikka chek qo‘yishi, me’morchilik va obodonchilikka katta e’tibor berishi, ilm ahli va madaniyat arboblariga hayrihohlik ko‘rsatishi va homiylik qilishi bilan mamlakatimiz tarixida o‘ziga xos ijobiy iz qoldirdi.

Yüklə 217,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin