Amir Temur davriga oid manbalar


XVI asr o‘rtalarida Movarounnahrda shayboniy



Yüklə 217,59 Kb.
səhifə36/48
tarix20.12.2022
ölçüsü217,59 Kb.
#76673
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   48
Amir Temur davriga oid manbalar (3)

XVI asr o‘rtalarida Movarounnahrda shayboniy sultonlar o‘rtasidagi siyosiy kurash
Ubaydullaxon vafot etgach, ichki ziddiyatlar qaytidan kuchaydi. Hokimiyat uchun qattiq kurashlar boshlandi. Shayboniyxon avlodlarining har qaysida 8-10 nafardan o‘g‘li bo‘lib, ularning har biri toju taxtga da’vogar edilar. Ularning har biri o‘zining ota meros hududlarida o‘z qo‘shiniga bosh bo‘lib, mustaqillikka intilar, o‘zini oliy hukmdor sifatida his etar hamda imkoni bo‘lsa xonlik taxtini egallash ishtiyoqida edi. Ubaydullaxon o‘limidan so‘ng Movarounnahrda hukm surgan siyosiy parokandalik oqibatida markaziy hokimiyatning parchalanish jarayoni va ikki hokimiyatchilik vujudga keldi. Natijada, Ubaydullaxonning o‘g‘li Abdulazizxon (1540-1550) Buxoro taxtida o‘tirgan bo‘lsa, Samarqandda oliy hukmdor sifatida Ko‘chkunchixonning o‘g‘illari – avval Abdullaxon I (1541 yil mart – 1541 yil sentabr), so‘ngra Abdullatifxon (1541-1551) hukmronlik qildilar.
XVI asrning o‘rtalaridan boshlab Movarounnahrda siyosiy tarqoqlik va ichki ziddiyat nihoyat avj oldi. Bu hol Ubaydullaxon vafot etgandan so‘ng yana ham kuchayib ketdi. Ko‘chkunchixonning o‘g‘li Abdullaxonning hukmronligi olti oydan (1540) oshmadi. Uning vafotidan so‘ng mamlakatda qo‘shhokimlik hukm surdi: Buxoroda Ubaydullaxonning o‘g‘li Abdulazizxon (1540-1550), Samarqandda esa Ko‘chkunchixonning uchinchi o‘g‘li Abdulatif (1540-1551) hokimiyatni qo‘lga oldi. Shu yillari shayboniy sultonlarning toju taxt uchun talashishlari shu qadar kuchaydiki, na Abdulaziz va na Abdulatif kun sayin o‘sib borayotgan siyosiy tarqoqlikning oldini olishga va viloyat hokimlarining boshboshdoqligiga barham berishga qodir bo‘lmay qoldilar. Bu vaqtda Toshkent va Turkistonda Navro‘z Ahmad (Baroqxon), Karmana va Miyonkolda Abdullaxonning otasi Iskandarxon, Balxda uning amakisi Pirmuhammadxon, Nasaf viloyatida Abdullaxonning amakivachchasi Qilich Qora sulton, Hisor va Badaxshonda Ubaydullaxonning o‘g‘li Burhon sulton hokim edilar.
Abdulazizxon 1550 yili vafot etdi. Lekin uning o‘rniga xon qilib ko‘tarilgan Muhammadiyor sulton (Shayboniyxonning nabirasi Po‘lod sul- tonning o‘g‘li) hokimiyatni qo‘lda tutib qololmadi. O‘sha yiliyoq Buxoro taxtini Pirmuhammadxon egalladi. Lekin uning hukmronligi ham uzoqqa bormadi. Oradan bir yilcha o‘tgach, 1551 yili Toshkent hokimi Baroqxon va Samarqand hokimi Abdulatifxon ittifoqlashib, Buxoro taxtini egallash uchun qo‘shin tortdilar. Iskandar sulton Karmanani tashlab ketdi va Amudaryodan o‘tib Andxud va Shibirg‘onga qarab qochdi. Pirmuhammadxon esa Buxoroni Muhammadiyor sultonga topshirib, Balxga qaytdi.
Baroqxon va Abdulatif boshqa bir necha sultonlar, xususan, Sulton Sa’id, Muhammadiyor sulton va Burhon sulton bilan ittifoqlashib, Nasaf, Karmana va Miyonkolni qo‘lga kiritish uchun kurash boshladilar. Mana shunday og‘ir kunlarda yosh Abdullaxon (u o‘sha vaqtda 18 yoshda edi) Miyonkol qal’asini mustahkamlab, ittifoqchilarga qarshi kurashdi. Lekin 12 kun davom etgan qamal sulh bilan tugadi.1551-1552 yillar davomida Abdullaxon Miyonkolni qaytarib olish uchun harakat qildi, lekin bu kurash biror natija bermagach, yana Balxga ketishga majbur bo‘ldi.Abdullaxon 1551-1556 yillarda bir necha bor Amudaryodan o‘tib, Mova- rounnahrni qo‘lga kiritishga urindi. Lekin Baroqxon uni har gal mag‘lubiyatga uchratdi. Abdullaxon faqat Baroqxon vafotidan (1556) so‘nggina o‘z dush- manlari ustidan g‘alaba qildi va Movarounnahrni qisman birlashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu kurashda shirin, qushchi, o‘torchi, kenagas, yuz, jaloir, mojor, qipchoq, ming, bahrin va boshqa ko‘chmanchi o‘zbek qavmlari, ruhoniylar, xususan, jo‘yboriy xo‘jalar uni qo‘llab-quvvatladilar. Abdullaxonning bu g‘alabasiga Movarounnahrdagi boshqa shayboniy sultonlar bilan Navro‘z Ahmadxon (Baroqxon) va uning avlodlari o‘rtasida kuchayib ketgan ziddiyatlar ham yordam berdi. Abdullaxon Baroqxonning o‘g‘li Bobo sulton va Ko‘chkunchixonning nabirasi Javonmardalixon o‘rtasida Samarqand uchun boshlanib ketgan o‘zaro urush-janjallardan ham ustalik bilan foydalandi. U Gadoy sulton va Javonmardalixon bilan ittifoqlashib, Bobo sulton va unga ko‘makka kelgan Toshkent hokimi Darvishxonni Ilono‘tti mavzeida tor-mor keltirdi. Bu g‘alaba Abdullaxonga Nasaf, Chorjuy va Movarounnahrning boshqa viloyatlarini egallashi uchun yo‘l ochib berdi.

Abdullaxon II hukmronligi davrida Buxoro xonligi.
Abdullaxon II (to‘liq ismi: Abdulla ibn Iskandarxon ibn Jonibek sulton ibn Xoja Muhammad ibn Abulxayrxon) (1534; Miyonkol, Ofarinkent qishlog‘i — 1598 yil 8 fevral Samarqand, Buxoro yaqinidagi Bahouddin majmuasiga dafn etilgan) — o‘zbek davlatchiligi tizimidagi Buxoro xonligining shayboniylar sulolasidan chiqqan eng yirik hukmdori (1583— 1598), davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, ma’rifat, madaniyat homiysi. Bobosi Jonibek sulton (vafoti 1528/29) Karmana va Miyonkol hokimi (1512/13- yildan) bo‘lgan. Otasi Iskandar sulton o‘g‘li tug‘ilgan paytda Ofarinkentni, keyichalik, Karmanani boshqargan.
1557 yili Abdullaxon Burhon sulton ustidan ham g‘alaba qildi va Buxoroni qo‘lga kiritdi. Balx (1573), Samarqand (1578), Toshkent (1582),
Farg‘ona (1583), Badaxshon (1584), Ko‘lob (1585), Xuroson (1588), Xorazm (1595- 1596) ustidan o‘z hukmronligini o‘rnatdi va shu tariqa markaziy davlat boshqaruvi devonini mustahkamladi. 1557-1561 yillarda amakisi Pir- muhammadxonni, 1561-1583 yillarda otasi Iskandarxonlarni oliy hukmdor darajasiga ko‘tarib, 1583-1598 yillarda esa o‘zi rasman “xon” rutbasi bilan mamlakatni boshqardi (jadvalga qarang).
XVI asr oxiriga kelib Buxoro xonligi markazlashgan ulkan davlatga aylandi. Sharqda Qashqar bilan chegaradosh bo‘lgan, g‘arbiy chekkasi Orol va Kaspiy dengizi sohillarigacha borib tutashgan xonlikning shimoliy chegaralari Turkiston va Sayramgacha yetib, janubda Xurosonning sharqiy qismini o‘z ichiga olgan.
Abdullaxonning 1551-1583 yillarda olib borgan uzluksiz urushlari Shayboniyxon vafotidan so‘ng mayda qismlarga bo‘linib ketgan Movaroun- nahrni birlashtirish, Shayboniyxon davlatini qayta tiklash, markaziy ho- kimiyatni kuchaytirishga qaratildi. Bunda u deyarli hamma o‘zbek qabilalari, Jo‘ybor xojalari va ruhoniylarning yordamiga tayandi. U Shayboniy sultonlar va yirik zodagonlarning boshboshdoqligiga qarshi shafqatsizlarcha kurashdi va hatto o‘z qarindosh-urug‘larini ham ayamay qirib tashladi. Bu kurashda Abdullaxon va o‘g‘li Abdulmo‘mindan boshqa Abulxayrxon xonadoniga mansub deyarli barcha shayboniy sultonlar qirib tashlandi. Tinimsiz harbiy yurishlar tufayli markaziy hokimiyat mustahkamlandi.
Abdullaxon qariyb 40 yil hukm surdi, lekin baribir ichki siyosiy urush va nizolarni tamoman bartaraf qilolmadi. U davlatni qurol vositasi bilan, aniqrog‘i, zo‘rlik bilan boshqardi. Zodagonlarning separatistik (ayirmachilik) harakati Abdullaxon hayotining so‘nggi yillarida yana bosh- landi va uning vafotidan (1598) keyin kuchayib ketdi.

Buxoro xonligining shayboniylar davrida tashqi siyosati
Shayboniylarning Movarounnahr va Xurosonda hokimiyatni qo‘lga olishi, XVI asr o‘rtalaridan boshlab markazlashgan davlatning barpo etilishi va faol tashqi siyosat olib borilishi, xususan, Boburiylar va Usmonli turk- lar davlatlari bilan diplomatik munosabatlar hamda teng huquqli hamkorlik o‘rnatilishi, Eron Safaviylar davlatiga hamda Astraxan va Sibir xonligi hududlariga harbiy bosqin uyushtirgan Moskva knyazligiga qarshi Abdullaxon ibn Iskandarxonning olib borgan faol tashqi siyosati davlatning siyosiy qudratidan dalolat beradi.
Bu o‘rinda qayd qilish kerakki, XVI asr boshlariga qadar Eron aholisi islomning sunniy va shialik mazhabida bo‘lib, ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, ularning ichida sunniylar ko‘pchilikni tashkil qilgan. Eronda hokimiyat tepasiga kelgan Ismoil Safaviy rasman shialikni, Shayboniyxon esa mamlakatda sunniylikni davlat dini deb e’lon qiladi. Bu holat ikki davlat o‘rtasidagi kurashga diniy tus berishga olib kelgan. Ikki sulola hukmronligi ostidagi mamlakatlarda faoliyat yuritgan fakihlar islom tarixida birinchi marta asir olingan ikki mazhab vakillarini qullarga aylantirish va ularni qul bozorida sotish mumkinligi haqida fatvolar chiqarganlar. Yuzaga kelgan holat nafaqat shayboniylarning safaviylar bilan, balki Eron hukmdorlarining sunniylik mazhabida bo‘lgan Usmoniy sultonlar bilan ham munosabatlarning yomonlashuviga olib kelgan.
Eronda Xuroson va Hirotni qaytarib olish maqsadida Usmoniylar davlati va Hindiston hukmdorlari bilan aloqalarni yaxshilashga erishgan safaviy shoh Abbosning (1578–1629) hokimiyat tepasiga kelishi, Abdullaxonni janubga tomon yurishlarini to‘xtatishiga olib keldi.Buxoro xonligining shaharlari karvon yo‘llari tutashib ketgan, qo‘shni dasht va uzoq-yaqin mamlakatlar savdo qarvonlari tez-tez qatnab turadigan tashqi savdo markazlari ham edi. Chunonchi Rossiya bilan munosabatlari XVI asrning ikkinchi yarmidan rivojlana bordi. Abdullaxon ibn Iskandarxon Rossiya bilan savdo aloqalarini yaxshilashga harakat qilar ekan, bu orqali o‘z davlatining siyosiy ahvolini mustahkamlashga erishmoqchi edi. Chunki podsho Ivan Grozniy (1530-1584) davrida Rossiyaning mavqei kuchaya bordi. Uning davrida Qozon xonligi (1552), Hojitarxon xonligi (1556), Volga boylari va g‘arbiy Sibir hududlari (1583) Rossiya tomonidan bosib olingan edi. Bu hol Rossiyaga savdo yo‘llarini nazorat qilish imkonini berdi. Volga atrofidagi viloyatlarda savdo-sotiq ishlarini olib borish Buxoro xonligidan kelgan savdogarlar uchun ancha qulay edi. Ularga eng yaqin qo‘shni mamlakat Rossiya bo‘lib qolgandi. Bu hol ko‘p jihatdan qozon tatarlari hamda boshqirdlar bilan din va til yaqinligi bilan izohlanar edi. Shuning uchun ham Abdullaxon tomonidan Moskvaga elchilar yuborilgan. Elchilar Astraxan orqali Moskvaga borib, Ivan Grozniy huzurida bo‘ladilar. Ular o‘z xonlari nomidan savdogarlarning Volga bo‘ylab erkin o‘tishlariga ijozat so‘raydilar.
Sulola vakillari Sibir xonligi bilan muayyan aloqalarni amalga oshirganlar. Abdullaxon II ning harbiy yordami bilan Sibir xonligida hokimiyat tepasiga Kuchumxon kelgan edi. Shayboniylar Sibir xonligi, xususan, uning g‘arbiy qismida islom dinining tarqalishida muhim rol o‘ynadilar. 1574 yili Kuchumxon Abdullaxon II ga yo‘llagan xatida uning davlati hududida kishilarni iymon yo‘lidan boshlovchi aziz-avliyolarning yo‘qligi tufayli bu yerga sayidu shayxlardan yuborish so‘ralgan edi. Abdullaxon bu iltimosnomani qondirib, Sibirga sayidu shayxlarning bir guruhini jo‘natadi. Shu tariqa, movarounnahrliklarning dastlabki vakillarining Sibirdagi soni ortib borgan.
Shayboniylar sulolasining hukumdorlari ham bir qancha qo‘shni davlatlar bilan tashqi savdoni tashkil etish tadbirlarini amalga oshirgan. Chunonchi, Rossiya, Hindiston, Yorkent xonligi, qisman Usmonli turklar bilan savdo-sotiq ishlarini olib borgan. Shu o‘rinda xonlik dorgohida bir necha lavozimlar ham tashkil etilgan bo‘lib, ularga elchilik vazifalarini va elchilarni qabul qilish xizmatlari yuklatilgan.
Buxoro xonligida shayboniylar sulolasining inqirozi.
Abdullaxonning sa’yi-harakati bilan tashkil topgan va har tomonlama qudratli bo‘lgan bu xonlik o‘zbek davlatchiligi tarixida Amir Temur saltanatidan keyingi eng yirik davlat edi. Lekin bu davlatning kuch-qudrati ham xuddi Amir Temur tuzgan davlatdek, hokimiyat tepasida turgan hukm- dorning shaxsiy fazilatlariga suyanar, davrning har qanday sinovlariga bardosh beradigan mustahkam davlatchilik tizimi yaratilmagan edi. Shu tu- fayli ham Abdullaxonning o‘limidan so‘ng katta qiyinchilik bilan barpo etilgan bu davlat tez orada inqirozga yuz tutdi. Uning vorislari Abdulla- xonning buyuk davlatchilik siyosatini davom ettira olmadilar va hokimiyatni juda qisqa vaqt o‘z qo‘llarida saqlab tura oldilar, xolos. 1598 yilda, Abdullaxonning o‘limidan keyin taxtga o‘tirgan uning o‘g‘li Abdulmo‘min olti oydan so‘ng saroy fitnachilari tomonidan o‘ldirildi. Hokimiyatni Shayboniyxonning safdoshlaridan Jonibek sulton (1529 yilda vafot etgan) urug‘idan bo‘lgan Pirmuhammad ibn Sulaymon (1599-1601) egalladi. Abdullaxonning jiyani bo‘lgan bu xon shayboniylar sulolasining so‘nggi vakili bo‘lib qoldi.
Abdullaxon II o‘zining so‘nggi hukmronlik yillarida tashqi siyosat maydonida ma’lum muvaffaqiyatsizliklarga duch keldi. Bir vaqtlar hokimiyatga kelishda o‘zi yordam bergan sobiq ittifoqchisi bo‘lmish qozoq sultoni Tavakkal (1586-1598) shimoldan Shayboniylarga xavf sola boshladi. Xususan, u Toshkent va Samarqand ostonalariga qadar hujumlarni uyushtirdi. Janub, yani Eronda kuchli hukmdorlik maqomiga ega bo‘la boshlagan Abbos I (1587-1628) Shayboniylarni Xurosondan siqib chiqarishga harakat qila boshladi.Shimolga safarga chog‘langan Abdullaxon II ning vafoti (1598 yil fevral) xonlikdagi ichki va tashqi siyosat borasidagi ahvolga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi. Xon vafotidan so‘ng joylarda xalq g‘alayonlari, mahalliy hokimlarning ayirmachi harakatlari boshlanib ketdi. Abdullaxon II ning vorisi va yolg‘iz o‘g‘li Abdulmo‘minxon garchi otasining siyosatini davom ettirishga harakat qilsada, lekin uning haddan ziyod shavqatsizligi, berahmligi, qarindosh-urug‘lar, saroy ahliga nisbatan qirg‘in-baroti yangi xonga nisbatan fitna tayyorlanishiga zamin bo‘lib xizmat qildi.
Abdullaxon butun Movarounnahr, Hisor, Xurosonning katta qismi, Xorazm va Turkistonni qo‘lga kiritib, markazlashgan davlat barpo etgan edi. Uning vafotidan keyin markaziy davlat hokimiyatining zaiflashuvi nati- jasida Xorazm va Xuroson qo‘ldan ketdi. Movarounnahrning markaziy vilo- yatlariga qozoq xoni Tavakkalxon katta qo‘shin bilan bostirib kirib, Farg‘ona vodiysi, Toshkent, Samarqand va Zarafshon vohasining katta qismini bosib oldi hamda Buxoroni qamal qildi. O‘zbek sultonlarining birlashgan qo‘shinlari Pirmuhammadxon boshchiligida Buxoro yaqinida qozoqlarga qattiq zarba berib, ularni chekinishga majbur qilgan bo‘lsa-da, lekin Movaroun- nahrdagi siyosiy vaziyat yaxshilanmadi.
Shayboniylar xonadoni vakillaridan bu qirg‘in-barot natijasida taxtga deyarli munosib vakil ham qolmadi. Buxorolik bir guruh amaldorlar shayboniylardan bo‘lmish Ibodulla Sultonning o‘g‘li Abdulaminni xon qilib ko‘tarishga harakat qildilar.Boshqa bir ko‘pchilikni tashkil etuvchi aslzoda va harbiy urug‘ boshliqlaridan iborat guruh Balx hokimi Abdullaxon II ning jiyani Pirmuhammadni taxtga o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldilar. Shayboniylar sulolasining oxirgi vakili Abdullaxon II ning amakivachchasi Pirmuhammad II (1598-1601) garchi hukmdorlik taxtiga o‘tirgan bo‘lsada, uning butun hukmdorlik davri jangu-jadallarda o‘tdi. Xususan, u qozoq sultonlarini xonlik hududidan haydab chiqarish uchun jangu-jadallar olib bordi. Shuningdek, xon turli nizo va isyonlar domiga ham aralashib qoldi.Shunday qilib, shayboniy hukmdorlar o‘rtasidagi o‘zaro kurashlar oxir- oqibat bu sulola vakillarining butunlay qirilib ketishiga olib keldi va 1601 yilda Pirmuhammadxonning o‘limidan keyin Buxoro taxti yangi sulola – Ashtarxoniylar (Tuqay-temuriylar) qo‘liga o‘tdi.Shayboniylar davlatining barham topishiga sabab bo‘lgan ichki ziddi- yatlarni ikki yo‘nalishga ajratib tahlil qilish mumkin. Birinchisi – markaziy hokimiyat bilan mahalliy hokimiyat o‘rtasidagi ziddiyatlar; ikkinchisi – hukmron tabaqalar bilan oddiy xalq o‘rtasidagi ziddiyatlar.

Yüklə 217,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin