Amir Temur davriga oid manbalar


Buxoro xonligida hunarmadchilik, ichki va tashqi



Yüklə 217,59 Kb.
səhifə39/48
tarix20.12.2022
ölçüsü217,59 Kb.
#76673
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48
Amir Temur davriga oid manbalar (3)

Buxoro xonligida hunarmadchilik, ichki va tashqi savdo munosabatlari
Shayboniylar davrida xonlikda hunarmandchilikning rivojlanishi bilan hamo-hang ichki va tashqi savdo taraqqiy etib bordi. Ichki savdoning rivojlanishi natijasida Samarqand, Buxoro, Toshkent, Shahrisabz, Qarshi, Balx kabi shaharlarning iqtisodiy qudrati o‘sib bordi. 1558 yilda Buxoroda bo‘lgan Antoniy Jenkinson “Buxoro shahrida har yili unga qo‘shni bo‘lgan Hindiston, Fors, Balx, Rossiya va boshqa turli mamlakatlardan, shuningdek, ilgarilari, xavf-xatarsiz o‘tib ketish mumkin bo‘lgan davrlarda esa Xitoydan ham yirik karvonlar bilan keluvchi savdogarlarning qurultoyi bo‘lib o‘tganligi”ni yozadi. Lekin muallif bu savdogarlarning kam mol olib kelishi hamda keltirilgan mahsulotlari uzoq vaqt sotilmay qolishiga ham urg‘u beradi. Bu ma’lumotda asos bor, albatta. Chunki, Antoniy Jenkinson Buxoroga kelgan 1558-1559 yillarda xonlikda siyosiy parokandalik hukm surayotgan bo‘lib, bu savdoning rivojiga to‘siq bo‘lar edi.
Ichki savdo, asosan, aholining kundalik ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan edi. Bu savdo turida shahar va uning atrofidagi aholi uchun oziq- ovqat, kiyim-bosh, kundalik turmush uchun kerakli buyumlar bilan savdo-sotiq keng amalga oshirilar va undan holi tarzda shahar hayotini tasavvur etib bo‘lmas edi. Oziq-ovqat mollari, xususan, bug‘doy va donli o‘simliklar, ulardan tayyorlangan turli mahsulotlar – un, guruch, non va boshqalar bilan amalga oshiriladigan savdo ichki savdoning asosini tashkil qilgan. Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlaridan tashqari, turli ip va ipak matolar, ulardan tikilgan kiyim-bosh turlari, charm va undan tikilgan kiyimlar, poyafzallar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, zeb-ziynatlari, xo‘jalikda ishlatiladigan mehnat qurollari va boshqalar ham asosiy o‘rinda turgan. Ichki va tashqi savdo imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladigan omillardan biri bu – turli savdo inshootlarining, ya’ni timlar va toqlarning barpo etilishidir. Xususan, XVI asr o‘rtalarida taqiyado‘zlar timi, bazzozlar timi, jomafurushlar timi, do‘ppifurushlar timi va boshqalar mavjud bo‘lgan. Timlar me’moriy jihatdan uzunchoqroq shaklda, usti yopiq tarzda g‘ishtdan qurilgan savdo inshootini tashkil qilib, unda turli rastalar joylashgan bo‘lgan. Buxoro xoni Abdullaxon tomonidan 1582 yilda qurilgan
Abdullaxon timi uch darvozali yopiq bozor bo‘lib, unda bir qancha toqlar mavjud bo‘lgan. Timning asosi murabba (to‘rtlik) tarhli (39x42 m.), 3 tomoni berk bo‘lib, bosh tarzidagi peshtoq orqali kiriladi. Devorlarining 2 tomonida ravoqli tokchalar joylashgan. Baland gumbazli bostirma timni o‘rab turadi. O‘rtadagi miyonsaroy (diametri – 10 m.) baland gumbaz bilan yopilgan. Gumbaz ostidagi ravoqli teshiklardan yorug‘ tushadi. Miyonsaroy atrofi dalon. Dalondagi mayda ravoqlar ichida gumbaz tomli do‘konlar bo‘lgan.
Timlar bilan birga keng tarqalgan savdo inshootlaridan biri – toqlar bo‘lib, me’moriy jihatdan kvadrat, olti yoki sakkiz qirrali, usti gumbazli pishiq g‘ishtlardan qurilgan. Ularning ichidan devorlarga yopishtirilib qurilgan hujralar do‘kon vazifasini bajargan. Shayboniylar davrida Buxoroda Toqi Sarrofon, Toqi Zargaron, Toqi Telpakfurushon, Toqi Tirgaron singari toqlar mavjud edi.
Hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi natijasida shaharlarning ma’lum bir mahsulot turini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi, u bilan birga savdoga ixtisoslashuvi ham rivojlanib bordi, ya’ni, ichki bozorning shakllanishi va rivojlanish jarayoni faollashdi. Ba’zi hududlarning ma’lum qishloq xo‘jalik yoki hunarmandchilik mahsulotlarini yetkazib beruvchi markazlar sifatidagi ahamiyati ortib bordi. Xususan, Qarshining tamakisi, Shahrisabz anorlari, Qorako‘l g‘alla va qorako‘lchilik mahsulotlari, Samarqand sifatli qog‘ozlari va pishiq, jozibali etiklari, Buxoro qovuni va musallasi bilan mashhur bo‘lgan hamda hududlarning shu mahsulotlari Movarunnahr bozorlarida nihoyatda xaridorgir bo‘lgan.Shayboniylar sulolasining hukumdorlari ham bir qancha qo‘shni davlatlar bilan tashqi savdoni tashkil etish tadbirlarini amalga oshirgan. Chunonchi, Rossiya, Hindiston, Yorkent xonligi, qisman Usmonli turklar bilan savdo- sotiq ishlarini olib borgan. Shu o‘rinda xonlik dorgohida bir necha lavozimlar ham tashkil etilgan bo‘lib, ularga elchilik vazifalarini va elchilarni qabul qilish xizmatlari yuklatilgan.
Ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy-iqtisodiy va diplomatik munosabatlar XVI asrning 70-yillaridan boshlab kuchaydi va muntazam ravishda dovom etdi. Bu haqida Nizomiddinovning XVI-XVIII asrlarda O‘rta Osiyo va Hindiston munosabatlariga bag‘ishlangan kitobida diplomatik va iqtisodiy munosabatlar haqida keng mulohaza yoritilgan. Ikki davlat o‘rtasida elchilik munosabatlari bir necha marta amalga oshirilgan.Shunday qilib, shayboniylar sulolasi hukmronligi yillarida Buxoro xonligida ichki va tashqi savdo taraqqiy etdi. Savdoning rivojlanishidan hukmdorlarning o‘zlari manfaatdor bo‘lishgan. Chunki, mamlakat iqtisodining rivojlanishida bevosita savdo-sotiqning o‘rni alohida ahamiyatga ega edi. Shu bois, shayboniy sultonlar savdoni rag‘batlantirishga xizmat qiladigan savdo ob’ektlari qurilishi, karvonsaroylar va rabotlar xizmatlarini rag‘batlantirish hamda yo‘llarning xavfsizligini ta’minlash borasida amaliy harakatlar qilganlar.

Shayboniylar davrida sug‘orish tizimi
Shayboniyxonning O‘rta Osiyoga harbiy yurishi, ayniqsa, o‘zbek sultonlarining Zarafshon vodiysida toj-taxt uchun olib borgan o‘zaro urushlari oqibatida ekin dalalari va bog‘-rog‘larning poymol etilishi, buning ustiga harbiy xarajatlarning o‘rnini qoplash uchun aholidan undirib olinadigan soliqlarning ko‘payishi, shubhasiz, mamlakat iqtisodiga va uning asosi bo‘lgan sug‘orma dehqonchilik xo‘jaligiga ma’lum darajada putur yetkazgan edi.
Zarafshon vodiysida bunday yirik suv inshootining bino qilinishi shubhasiz mamlakatning xo‘jalik hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lgan edi. U yoki bu inshootni tuzatish yoki yangidan tiklash uchun daryo yoki kanal qirg‘og‘iga navolalar dumalatib keltirilgan va birin-ketin suvga tashlangan. Tashlanayotgan birinchi qator navolalarning oxirgisi suvga botmay sun’iy to‘siq holini olishi bilan, uning ustidan ikkinchi, uchinchi va undan keyingi qator navolalarini suvga tushirishga kirishilgan. Natijada, sun’iy bir inshoot qad ko‘tara boshlagan. Odatda navolalar oqimga qarshi tashlangan. Ko‘pincha navolalarni suvga tushirish qirg‘oqning har ikki qarama-qarshi tomonlarida bir vaqtda boshlanib, o‘rtadagi oraliq to‘silguncha davom ettirilgan.
Afsuski, Shayboniyxon tomonidan Zarafshon daryosiga qurdirilgan bu suv ayirg‘ich ko‘prikdan bizning davrimizgacha faqat birgina ravog‘i saqlangan. Shuning uchun ham hozircha uning katta-kichikligi va necha ravoqdan iborat bo‘lganligi aniq ma’lum emas. Shunday qilib, Shayboniyxon suv ayirg‘ich ko‘prigining hozirgi vaqtgacha saqlangan qismining o‘lchamlariga qaraganda, bu inshootni bino qilgan XVI asr binokor me’morlari inshootning daryo ichiga o‘rnatilgan ustunlaridan tortib, uning har bir ravog‘i va ustki qismlarining tuzilishigacha matematik hisoblash jihatidan aniq va puxta loyihalashtirganlar. Shuningdek, bu ajoyib suv inshootini bino qilgan o‘rta asr gidrotexnik me’morlarining nomlari ma’lum emas. Zarafshon vodiysida bunday yirik suv inshootining bino qilinishi shubhasiz mamlakatning xo‘jalik hayotida katta ahamiyatga ega bo‘lgan edi.
XVI asrning ikkinchi yarmida Buxoro xonligida markaziy hokimiyatning mustahkamlanishi, Dashti Qipchoqdan ko‘chib kelgan aholining o‘troq dehqonchilik hayotiga ko‘chish jarayoni kuchayishi bilan sug‘oriladigan unumdor yerlarga bo‘lgan talabning ortib borishi mamlakatda ishdan chiqib bo‘sh yotgan yerlarga suv chiqarish va obikor yerlarni o‘zlashtirish uchun irrigatsiya ishlarining kengayishiga olib keldi.
Arxeologik ma’lumotlar va tarixiy manbalarning shohidligiga qaraganda, XVI asrning ikkinchi yarmida Buxoro xonligida, ayniqsa, uning markaziy qismi hisoblangan Zarafshon vodiysida bir qancha yirik sug‘orish inshootlari qurilib, obikor yerlarning maydoni kengaytirilgan.
1578 yil Karmanadan G‘ijduvonga boradigan yo‘lda, G‘ajduvon tumaniga yaqin 11 ravoqdan iborat bo‘lgan ko‘prik quriladi. Bu ravoqlar bir nechta daryodan bosh olgan tarmoqlarga bo‘linib, har bir tarmoq yana ko‘plab rudlarga bo‘lingan va mahalliy aholining yerlari mana shu ariqlardan boradigan suvdan sug‘orilgan.
“Abdullaxon bandi” Nurota tog‘ tizmalarining janubiy yonbag‘irlaridan oqib chiquvchi hozirda Nurota tumanining Eski Oqchob qishlog‘idagi Beklarsoy ichida qurilgan. Oqchob qishlog‘i esa Nurotadan 65 km sharqda, hozirgi “Qo‘shrabot” jamoa xo‘jaligida joylashgan. Qishloqning shimoliy va sharqiy tomonlari Nurota tog‘ tizmalariga yondashib ketganadirlarga, janubiy hamda g‘arbiy tomonlari esa Nurota tog‘ining Oqtog‘ va Qoratog‘ tizmalari oralig‘ida g‘arbga tomon cho‘zilgan Jo‘sh vodiysining keng yaylovlariga tutashadi. Oqchob qishlog‘ida adirlar osha soy qirg‘og‘i bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilgan sari uning sohillari balandlashib, qoyatoshli daraga aylanadi. Daraning tor yeri ulkan to‘g‘on bilan to‘silgan. Bu to‘g‘on mahalliy aholi tilida “Abdullaxon bandi” nomi bilan mashhurdir.


  1. Yüklə 217,59 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin