Amir Temur davriga oid manbalar


Ashtarxoniylar davrida soliqlar va soliq tizimi



Yüklə 217,59 Kb.
səhifə47/48
tarix20.12.2022
ölçüsü217,59 Kb.
#76673
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Amir Temur davriga oid manbalar (3)

Ashtarxoniylar davrida soliqlar va soliq tizimi.
Buxoro xonligida shayboniylardan keyin davlat tepasiga kelgan ashtarxoniylar davrida ham mamlakatni, davlat xazinasini boyitish uchun soliqlarning turi va miqdori oshirilgan. Jumladan, xiroj, ixrojot, boj kabi soliqlar qatorida har xil kichik va katta soliqlar ham bo‘lgan. Ayniqsa, Subhoniqulixon taxtga kelganida soliqlarning turi ko‘paydi. Uning davrida yetti yillik soliqlarni oldindan, bir yilda yig‘ish bo‘yicha maxsus farmon e’lon qilindi. Xonning bunday qarori aholini qiyin ahvolga solib qo‘ydi, yanada qashshoqlashuviga sabab bo‘ldi. Chunki mamlakatda asosiy soliq to‘lovchilar dehqonlar, hunarmanddar, savdogaru chorvadorlar bo‘lishgan. Aholi soliq to‘lashdan tashqari mamlakatda uyushtiriladigan turli tadbirlarga, majburiy ishlarga jalb qilingan, qo‘shimcha jarimalar ham solingan. Buxoro xonligida ham, boshqa joylarda bo‘lgani kabi, xon marhamat ko‘rsatganlar va yetakchi din peshvolari hamda xon imtiyoz bergan shaxslar barcha soliqlardan ozod qilingan.
Urush harakatlari davrida asosan o‘troq aholidan oshlig‘ (oziq-ovqat) solig‘i undirilgan. Bu soliq doimiy bo‘lmasa-da, harakatdagi qo‘shinni saqlash, uni oziq-ovqat bilan, otlarini yem-xashak bilan ta’minlash maqsadida pul yoki mahsulot shaklida yig‘ilgan. Shuningdek, qo‘shin ta’minoti uchun “tag‘or” deb ataluvchi oziq-ovqat, “g‘allot” deb atalgan mahsulot solig‘i ham undirilgan. Oziq-ovqat soliqlarining miqdori qat’iy belgilanmagan bo‘lib, ularning miqdorini hukmdorlarning o‘zlari qo‘shin ehtiyojidan kelib chiqib belgilaganlar.
Bundan tashqari aholi turli majburiyatlarni bajarishi lozim bo‘lgan. Masalan, mulkdorlar ma’muriyatini boqish, harbiylarning vaqtincha to‘xtashida ularning oziq-ovqati va boshqa harajatlari uchun yig‘iladigan yig‘imlar, suv ta’minoti bilan bog‘liq majburiyatlar shular jumlasidandir.

Ashtarxoniylar davrida yer egaligi, qishloq xo‘jaligi.
Ashtarxoniylar davrida ham davom etgan siyosiy parokandalik, urushlar va o‘zaro kurashlar mamlakat iqtisodiyotining asosi bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga ham ta’sir etmasdan qolmadi. XVIII asrga oid ayrim manbalar Zarafshon va Farg‘ona vodiysidagi dehqonlarning o‘z yerlaridan qochib ketishi holatlari haqida ham ma’lumotlar beradi. Hukmdorlar soliq va o‘lponlarni o‘z vaqtida va doimiy yig‘ib olish uchun ham mamlakat iqtisodiyotini ko‘tarishga harakat qilsalarda, bu harakatlar aksariyat hollarda samarasiz tugardi. XVII asrning boshlariga kelib ko‘plab sug‘oriladigan yerlar jo‘ybor shayxlariga berilgan. Shariat qonunlariga ko‘ra, suv sotilmasligi va sotib olinishi mumkin bo‘lmasa-da, boy amaldor va ruhoniy yer egalari sug‘orish kanallarining xo‘jayinlari edilar.
Siyosiy beqarorlik va o‘zaro urushlar davom etib turgan og‘ir sharoitda ham dehqonlar o‘z xo‘jaliklarini davom ettirishga harakat qilganlar. Buxoro xonligining asosiy dexqonchilik hududi Zarafshon vohasi edi. So‘nggi o‘rta asrlar mualliflari boshqa viloyatlarda ham ekinlar va bog‘-rog‘lar mavjudligi haqida ma’lumotlar beradilar. Misol uchun, Farg‘onaning “ajoyib bog‘lari va dalalari”, Qarshining “sug‘oriladigan yerlari”, Toshkent vohasining “tog‘li g‘allakor tumanlari”, Termizning “yaxshi qovunlari va g‘allasi”, Shahrisabzning “yaxshi hosil beruvchi yerlari” haqida ma’lumotlar bor.Ashtarxoniylar davrida sug‘oriladigan yerlarga O‘rta Osiyo mintaqasi uchun an’anaviy bo‘lgan bug‘doy, arpa, jo‘xori, loviya, mosh, sholi, paxta, sabzavot va poliz ekinlari, dasht va tog‘oldi adirlaridagi lalmi yerlarda bug‘doy , arpa, qovun, tarvuz va boshqalar ekilib dehqonchilik qilingan. O‘zaro urushlar dehqonchilik taraqqiyotini birmuncha orqaga surib turgan bo‘lishiga qaramasdan, tinchlik davrlarida yerlardan ancha yuqori hosil olingan.
Bu davrda poliz ekinlari yetishtirish ancha rivojlangan. Bu ekinlar orasida qovun ayniqsa ko‘p yetishtirilgan. Bu haqida “Boburnoma” da shunday ma’lumot beriladi. “Movarounnahrning hech qaerida Buxorodagidek ko‘p va xo‘b qovun bo‘lmaydi. Farg‘ona viloyatida, Axsida Buxoronikidan ham shirinroq miri timuriy navli qovun bo‘lsada, Buxoroda qovunlarning navi ko‘p, ular ham juda shirin”. Mahmud ibn Vali (XVII asr) ham ko‘pgina hududlarda qovun yetishtirilganligi haqida ma’lumotlar beradi . Poliz mahsulotlaridan asosan pul ko‘rinishida soliqlar olingan.O‘troq dehkonchilik tumanlarida an’anaviy uy chorvachiligi sut-qatiq, uchun sigir, semirtirib boqish uchun buqa va qo‘y boqish davom etgan. Ho‘kiz va otlardan dehqonchilikda omoch tortib yer haydashda keng foydalanilgan. Chorvachilik ishlab chiqarish ichki va tashqi bozorda talab katta bo‘lgan qo‘ylar, yirik shoxli hayvonlar, qorabayir otlar, ikki o‘rkachli tuyalar hamda jun, teri va boshqa mahsulotlar yetkazib beradigan asosiy tarmoq sifatida ashtarxoniylar davrida ham o‘z mavqeini saqlab qoldi. Ayrim ashtarxoniy hukmdorlari davrida mamlakatning asosiy boyligi hisoblangan yerni taqsimlash rasman oliy hukmdor qo‘lida bo‘lsada, amalda ko‘plab davlat yerlari yirik amaldorlar va din peshvolari qo‘lida edi. Ayniqsa, XVIII asrdan boshlab, yarim ko‘chmanchi qabilalar boshliqlari bo‘lgan amirlar va beklarning hokimiyati kuchayib, ular amalda yirik hududlarning xo‘jayinlari edilar.
Ashtarxoniylar hukmronligi davrida yerga egalik qilishning mulki sultoniy, mulk (xususiy yer), vaqf yerlari shakllari bo‘lgan. Mulki sultoniy davlat yerlari bo‘lib hisoblanib, undan keladigan daromad xon xazinasiga tushgan. Davlat yerlaridan o‘sha joylarda yashagan dehqonlar foydalangan, ular yerdan foydalanib, olingan hosildan xiroj solig‘i to‘laganlar. Xon davlat ixtiyoridagi yerlarni, aholi yashaydigan qishloqlarni shahzodalarga, yirik din vakillari, ulamolar, sayyidlarga suyurg‘ol shaklida, harbiy qism boshliqlari, saroy amaldorlariga tanho shaklida in’om etilgan. Suyurg‘ol qilingan katta yer egalari xon xazinasiga soliq to‘lamaganlar. Tanho shaklida in’om etilgan yerlar tanhodorlarning xususiy mulki bo‘lmay, o‘sha yerlarda ishlayotgan dehqonlardan soliq olish huquqi berilar edi. Xon ayrim shaxslarga hukmdorga ko‘rsatgan alohida xizmatlari uchun ham yer-mulklar in’om etgan. Bunday mulklar soliqlardan ozod qilinib, ular “mulki xurri xolis” deb atalgan. Xususiy mulk egalari odatda yerlarni yersiz dehqonlarga ijaraga berib, undan katta daromad olishgan. Diniy mahkamalarga berilgan yerlar vaqf mulklari bo‘lib, ular soliqlardan holi bo‘lganlar. Oliy hukmdor yerni sotish, hadya etish yoki vaqf mulkiga o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan. Shartli yer egalari suyurg‘ol, iqto, tanho, tiul kabi nomlar bilan atalgan.


Yüklə 217,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin