Амир темур ва темурийлар даврининг


BOB. Amir Temur ilmiy tasavvuf tariqatiga doir tolerantlikning amaliy jarayoni



Yüklə 260,5 Kb.
səhifə5/7
tarix10.09.2023
ölçüsü260,5 Kb.
#142425
1   2   3   4   5   6   7
TEMURIYLAR DAVRI SIYOSIY BOSHQARUVI TIZIMI TARIXI

2. BOB. Amir Temur ilmiy tasavvuf tariqatiga doir tolerantlikning amaliy jarayoni
2.1.Sohibqiron ijtimoiy-siyosiy tolerantlik-ning amaliyoti asosida faoliyat ko`rsatganligi
Amir Temur ilmiy tasavvuf tariqatiga doir tolerantlikning amaliy jarayoniga bog`liq bo`lgan, o`zining bevosita hayotiy faoliyatiga aloqador yana bir misolni keltiradi. «Shu sababdan, xalqqa yordamu madad maqsadida, men ham Tuqlug` Temurning o`g`li Ilyosxojaga vazirlik hamda sipohsolorlik qilishga rozi bo`lgandim. Tangri taoloning bandalariga yordam qilganimdan bo`lsa kerakki, Olloh taolo meni saltanat martabasiga yetkazdi»*, - deb yozadi8.
Ilyosxojaga vazir bo`lib xizmat qilishga qanchalik og`ir bo`lsada, vaqtinchalik vazir bo`lib, muvozanatni saqlashga, totuvlik bilan murosa qilib qulay vaziyatni kutishga sabr-toqat bilan, xalqi mustaqilligini qo`lga kiritish uchun kuch to`plashi, vaqtni kutishini hisobga olib ish tutganligi fikr qilib, xulosa qilishga buyuk Sohibqiron mustaqil markazlashgan davlatni tashkil etishdan oldinroq nafaqat diniy, balki keng ma`nodagi ijtimoiy-siyosiy tolerantlik-ning amaliyoti asosida faoliyat ko`rsatganligining guvohi bo`lamiz. Shuni ham ta`kidlash lozimki Amir Temur yoshligidanoq diniy e`tiqodlarga jiddiy qaragan. Islom dini, ilmiy tasavvuf tariqatini yaxshi bilgan, uni hayotga tadbiq etishga, dinlararo har qanday nizolarga barham berib murosa, totuvlikda bo`lishni amalga oshirishga harakat qilgan. Unda bu tuyg`u va g`oyaning paydo bo`lishi, kuchli ijtimoiy xarakterga ega bo`lishligi o`sha davrning ijtimoiy-siyosiy muhiti kuchli ta`sir etib, muhim rol o`ynaganligi tarixiy haqiqatdir. Chunki u bu g`oyaviy maqsadni madrasadan, hayotiy tajribani turmushning achchig`i-lazzatidan, og`iru-yengilidan, erkinlik va qaramlik, adolat va zulmdan, bosqinchlar harakatidan o`rganib kuchlarni birlashtirish, murosaviy totuvlikni, xalq o`rtasida keng targ`ibot qilish xalqqa tushuncha bilan aytiladigan bo`lsa ijtimoiy-siyosiy tolerantlikni tushuntirishga jiddiy kirishganligi, ushbu maqsadga erishish uchun yoshligidan faoliyat ko`rsatganligidir.
Ayniqsa, Chingiziylar hukmronligining oxirgi Amir Temur boshchiligidagi milliy mustaqillik uchun tatar-mo`g`illarga qarshi kurash yillarida (XIV asrning 50-60 yillarida) bosqinchilarga qarshi xalqni birlashtirishga siyosiy vositalarga nisbatan diniy birlik, murosa, hamkorlik imkoniyatlari ko`proq ko`zga tashlanmoqda edi. Keng qobiliyat va talantga, bilimga ega bo`lgan Sohibqiron Islom diniga katta quvvat berib, boshqa g`ayri dinlar bilan totuvlik, murosa qilishni, urf-odat, rasm-rusumlarni hurmat qilishni, diniy arboblariga nisbatan izzat-hurmatni joyiga qo`yishni amaliy faoliyatga aylantirishga jiddiy e`tibor beradi.
Amir Temurning asosiy maqsadi Chingiziy bosqinchilaridan xalqni, Vatanni ozod qilib milliy mustaqil davlat tashkil etish bo`lsada, bu maqsadga erishish yo`lida diniy tolerantlikdan keng foydalanadi.
Chunki qanaqa din bo`lishidan, kishilar qanday dinga e`tiqod qilishdan qat`iy nazar, hamma xalqlar uchun xudoning yakkaligi asos bo`lib, diniy e`tiqodlarning mohiyati umumiy ekanligi, dinlarning ko`rinishi xilma-xil bo`lsada, ular o`rtasida totuvlik, murosa, ishonch bo`lishiga qattiq ishonadi va rioya qilib o`z faoliyatida unga amal qiladi. Shuni ham ta`kidlash lozimki, dunyodagi barcha dinlar yagona Olloh deb uning bandasi sifatida ezgulik g`oyalariga, yaxshilik, do`stlik, tinchlik kabi xususiyatlarga asoslanib unga tayanadi, odamlarni halollik, poklik, mehr-shavqat, birodarlik va murosa, totuvlik, bag`rikenglikka da`vat etdi. Amir Temur o`zining markazlashgan davlatini tashkil etib uni mustahkamlashga ana shu imkoniyatlardan foydalanadi.
Bu haqda Sohibqiron «Tuzuklari» da shunday deb yozadi: «Mashoyixlar sufiylar (Ruxoniylar – A.SH.) xudoni tanigan oriflardir. Ularning xizmatlarida bo`lib, suhbatlar qurdim va oxirat foydalarini oldim»*. «Ulardan Tangri taoloning so`zlarini eshitib, karomatlar ko`rdim, favqulotda odatlarini mushohada etdim va suhbatlaridan rohatlanib, huzur qildim»*. Bu so`zlar Amir Temurning o`z boshidan kechirgan hayotiy tajribalari diniy g`oya bilan dunyoviy – davlat siyosatining bir-biri bilan uyg`unlashib ketishi natijasi edi. Amir Temur Islom dunyosining buyuk allomalarinigina izzat-hurmat qilib, yurakdan e`tiqod qilibgina qolmasdan, balki turli xil dinlarga e`tiqod qiluvchi buyuk olimu-ulamolarning ham xalqiga va muqaddas joylariga ham hurmatda va yaxshi munosabatda bo`lgan. Ularning diniy marosimlarini o`tkazishga, an`ana va qadriyatlarni yanada rivojlantirishga, Islom dini bilan murosada va totuvlikda yashashga to`la imkon yaratib bergan. Shuning uchun bo`lsa kerak Amir Temur armiyasi tarkibida va hatto qisman bo`lsada davlat muassasalarida ham g`ayridinli boshqa millat va xalq vakillaridan kishilar ko`p bo`lgan. Sohibqiron ularga ishongan va katta imkoniyatlar yaratib bergan9.
Amir Temur tafakkurida paydo bo`lgan mamlakat hukmronligini qo`lga kiritish, uni mustahkamlash g`oyasi diniy ta`limotlardan, ayniqsa Islom tasavvufchilik ilmidan ularning namoyondalari faoliyatidan, Islom va boshqa dinlar tarixidan, dunyoviy fanlardan ham keng bilimga ega ekanligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham mustaqillik uchun chingiziylarga qarshi kurash yillarida diniy tolerantlikdan o`z vaqtida, ustamonlik bilan ham ijtimoiy, ham siyosiy sohada amaliy jihatdan foydalangan.
2.2.Amir Temur faoliyatida landshaftlik, orastalik madaniyati xaqida.
Buyuk Soxibqiron nafaqat yirik davlat arbobi, markazlashgan yirik Turon davlati va milliy o`zbek davlatchiligining asoschisi, mashhur xarbiy sarkarda, ilmu-fan, madaniyat homiysi, balki orastalik, go`zallik, landshaft-madaniyatining ham takrorlanmas ijodkori-rahnamosidir. Amir Temurning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo xalqlarini nafaqat chingiziylar zulmidan ozod etish, mustaqillikni qo`lga kiritish, qudratli davlatni tashkil etish, xalqni birlashtirish bilan cheklanib qolmasdan xorijiy bosqinchilar zulmi va vahshiyona siyosati oqibatida vayron bo`lgan va xarobaga aylangan shaharlar, qishloqlar, me`moriy-tarixiy obidalar, yo`l-u, ko`priklar, ma`naviy-madaniy makonlar, maschitu-madrasalarni qayta tiklashdan iborat edi10.
Amir Temur shu maqsadda butun Movaraunnaxrni yagona xashamatli mamlakatga, orastalik, go`zallik ila zebi-ziynatli go`shalardan iborat Markaziy Osiyoning ma`naviy ko`rkam mamlakatiga, hozirgi ilmu-fanda landshaftlik deb ataluvchi geografik tushunchaga emas, balki landshaftlik madaniyatiga ega bo`lgan tabiiy orasta-go`zal yurtga, zebu-ziynatli mamlakatga aylantirishga kirishadi. Amir Temur o`z «Tuzuklari»da: Saltanatim ishlarini qonun-qoida va intizomga solib, saltanatim martabasiga zebu-ziynat berdim», «...Xamisha mamlakat to`kinchiligi va obodonchiligi uchun xarakat qildim...», «Muxandislar bilan ittifoqda oliy imoratlar barpo etib, bog`i bustonlarning loyixa-tarhini chizdirdim», - deb asosiy istak-niyatlari va maqsadlarini amalga oshirib yirik o`zbek milliy davlatchiligini tashkil etibgina qolmasdan, balki uni sharqona orasta, go`zal uslubda bezashga ham muvaffaq bo`ladi. «Zafarnoma» muallifi Sharofiddin Ali Yazdiyning xabar berishicha Ozarbayjonda, Boylakon shahrini Amir Temur yangidan bino etadi va bu shaharda ushbu munosabat bilan o`tkazilgan kengashda: «Agar oldin bizning diqqat e`tiborimizni harbiy yurishlar tortgan bo`lsa, endilikda mamlakatda xotirjamlik o`rnatishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish bosh vazifamizdir. Bu olijanob ishda menga yordam berishlaringizni iltimos qilaman», - deb ilmu-fan axliga va arbobu-xeshlarga murojaat qiladi. Shu maqsadda butun mamlakatni orasta, ko`rkam qilishga butun kuch qudratini safarbar etishga qaror qiladi. «Zafarnoma» ning yana bir muallifi Nizomiddin Shomiy esa ana shu olimu-ulamolar kengashdagi Amir Temur so`zini keltirib, unda Turon mamlakatida mashhur mavze`larni imorat (orasta) qilganimizdek, Eron mamlakatida ham biz hazratdan yodgorlik qolgay deb, imoratlar, shaharlar, binolar, ko`priklar qurib, kanallar qozdirib, orasta, go`zal yodgorliklar qoldirganligi haqida yozadi.
Amir Temur o`tkazgan mashvaratlarida mamlakat obodonchiligi, orastaligi haqida mutasaddi kishilar hisobotini eshitib, o`z fikr mulohazalarini berib turgan. Qurilayotgan jamoa binolari, shaharu-sarhadlar, ko`prigu-yo`llar, kanallarni va boshqa qurilishlarni borib o`zi ko`rgan. Ularning orasta, sharqona uslubga muvofiqligini tekshirib, qimmatli fikr-mulohazalarini bergan, o`ziga yoqmaganlarini esa boshqatdan qurdirgan. Bu haqda Kastiliya (Ispaniya) elchisi Ryui Gonzales de Klavixoning Samarqandga 1403-1406 yillarda qilgan sayohati haqidagi kundaligida ajoyib hikoya va qimmatli ma`lumotlar mavjud bo`lib, uning mazmuni qo`yidagicha. Uning yozishicha Samarqand shahri Amir Temurgacha xaroba xolida bo`lgan. Uning davrida bu shahar sharqona bezatiladi, ko`rkamlashadi, go`zallashadi. «Bu ishni podshoh o`zining ikki mirossiga (Mirzosiga) topshirdi. Podshoh ko`rsatib bergan yerdan ko`cha-rasta qurishga kirishildi. Rasta o`tadigan yerlarda uchraydigan uy-joylar, ular kimniki ekanligidan qat`iy nazar buzila boshlandi. Bir gurux kishilar buzish ishlari, boshqa guruh odamlar kelib qurilishni tezlatib yubordilar. Ko`chani juda keng (orasta) qilib oldilar. Ko`chaning har yer, har yerida hovuzlar kovlangan bo`lib ularga suvlar to`ldirilib qo`yilgandi va uzluksiz yangilanardi. Bu ishga qo`lida hunari bor ishbilarmonlar tanlanar edi. Kunduz kuni ishlaganlar ketishi hamona kechasi ishlovchilar kelardilar. Ular kechayu-kunduz shavqin-suron bilan ishlar edilar. Natijada kishini hayratga soladigan ishlar qilindi, Samarqand go`zal, orasta shaharga aylanmoqda,– deb yozib qoldirgan Klavixo. Albatta Ispaniya elchisi Klavixo bu voqealarni o`z ko`zi bilan ko`rib, hammasi haqiqiy guvoh bo`lgan, bo`rttirib ko`rsatishdan xoli bo`lgan xorijlik kishidir.
Shuni ham ta`kidlash lozimki, Samarqand haqiqatda e.o. VI-V asrlarda mavjud Zarafshon vodiysining ko`rkam, go`zal va orasta shahri bo`lgan. Xatto Aleksandr Makedonskiy-Zulqarnay e.o. 329 yilda Samarqandni bosib olib uning orastaligi va mustahkam ekanligiga qoyil qolgan. Bu shaharning dahshatli vayronaligi arab va chingiziy bosqinchlari davrida yuz bergan. Ular qadimiy Samarqand-Afrosiyobni tomoman xarobaga aylantirgan. Hatto chingiziy amaldori Amir Temur hukmronligiga qadar nafaqat Samarqandda, balki butun Movaraunnaxrda ko`zga tashlanarli bironta jamoat binolari qurmaganlar11.
Amir Temur davrida Samarqandning qiyofasi tamoman o`zgartirilib yuboriladi. Samarqanddagi hamma qurilishlarga Sohibqironning yaqin safdoshi va qobiliyatli sarkarda Oq Buqo (Oq Bug`o ham deyiladi) boshchilik qiladi. 1371 yildayoq Sharqda eng go`zal, orasta oltita Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Qorizgoh, So`zangaron va Feruza nomli darvozalar quriladi va ular mustahkam qal`a devori bilan o`rab olinadi. Shu yili Samarqandda eng go`zal bino hisoblangan davlat Mahkamasi-Arki Oliy quriladi. Uning ichida Amir Temurning qarorgohi, to`rt qavatli Ko`k Saroy va Bo`stonsaroylar qurilib, ular orastalikda tabiat bilan jil`a talashgan koshinkor, naqshinkor va guldorparchinlar bilan bezatilgan edi. Osmon o`par, bag`oyat go`zal minbaru-minoralar, g`aroyib ustunlar, chiroyli va orasta, peshgohli gumbazlarga ega bo`lgan shahar Jome` masjidi, Go`ramir majmuasi va Saroymulkxonim madrasalari, mashhur shayx Burxoniddin Sog`arjiy xilxonasi, Ruxobod maqbarasi, Shoxizinda majmuasidagi maqbaralar ta`mirlandi. Orasta, ko`rkam bu binolar va uning atroflari, ko`chalari xorijdan kelgan mehmonlarni o`z go`zalligi, ko`rkamligi, toza va ozodaligi, orastaligi bilan rom etib, hayratda qoldirgan. Shahar ahli esa ana shu orastalikni ko`z qorachig`iday e`zozlagan.



Yüklə 260,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin