1.2. Amir Temur davri ijtimoiy tizimi
Amir Temur davlatining ijtimoiy tizimini o’rganish milliy davlatchilik tariximizni yana-da chuqurroq tushunib yetishimizda muhim axamiyat kasb etadi.
Ijtimoiy tarix masalalari bazi tadqiqotlarda qisman yoritilgan9 ammo, bu muammo temurshunoslikda maxsus tadqiq etilmagan.
«Temur tuzuklari»dagi ma’lumotlarga ko’ra, Amir Temur davri jamiyatining ijtimoiy qatlamlari o’n ikki toifaga bo’lingan. Ularning manfaatlari va ijtimoiy himoya masalalari davlat boshqaruvida inobatga olingan. Bu ijtimoiy tizimlar o’rtasidagi aloqadorlik va ularning muxofazasi qonun yo’li bilan tartibga solingan. Amir Temur davridagi ijtimoiy tizimi davlat hokimiyatini amalga oshirishdagi eng muhim usullardan biri bo’lgan. «Temur tuzuklari»da ijtimoiy qatlamlar o’n ikkitaga ajratilgan. Bu o’n ikki toifa quyidagilardir: 1 - sayyidlar, ulamo, shayxlar va fozillar; 2 - akdli kishilar va kengash sohiblari; 3 -duogo’y kishilar; 4 - amirlar, sarhanglar, sipohsolorlar; 5 - sipoh va raiyat; 6 - ishonchli, to’g’ri etikodli kishilar; 7 - vazirlar, devon kotiblari va munshiylar; 8 - hakimlar, tabiblar, munajjimlar va muhandislar; 9 - muhaddislar, paygambarlar va avliyolar tarixini o’rganuvchi tarixchilar; 10 - mashoyixlar, so’fiylar, oriflar; 11 - kasbu hunar egalari; 12 - sayohatchilar, musofirlardir10.
Amir Temur davrida urug’-qabilalarning. xam davlat boshqaruvidagi roli katta bo’lgan.
Xilda Xukxem Amir Temur harbiy lashkarining eng katta kuchlaridan biri chig’atoylarning katta imtiyozlarga ega bo’lganligi, ular har qanday soliqlardan ozod etilgani, dasht-sahrolarning hohlagan yerlarida chorvalarini boqish imtiyoziga ega bo’lganligini alohida takidlab o’tgan11.
R. G. Mukminova Amir Temur davri ijtimoiy tarkibini yoritishda davlat xizmatidagi oliy toifa kishilarni "qilich" va "kalam" sohibi kabi ikki toifaga ajratib ko’rsatgan. U kabila harbiy boshliqlari jumladan chig’atoylar boshliqlari yurishlarda xal qiluvchi kuchga ega bo’lganligi tufayli katta imtiyozlarga xususan, dasht-sahrolarning hoxlagan yerlarida chorvalarini boqish, soliq to’lashlardan ozod etilganligi xaqida to’xtalib o’tgan12. Ular o’zlariga berilgan suyurg’ol yoki xususiy mulklari evaziga keladigan boyliklar hisobiga moddiy tomondan taminlanganlar.
Feodal zamindorlarning ham turli toifalari mavjud bo’lgan. Ular orasida davlatga ko’rsatgan xizmatlari evaziga "tarxon" yorligiga ega bo’lgan kishilar katta nufuzga ega bo’lgan. Ular yer soligidan ozod etilgan, podshoh majlislarida bemalol o’tirgan, to’qqiz martagacha gunohlari kechirilgan. Xilda Xukxem hatto "tarxon"larning yurishlarda, ovlarda kulga kiritilgan o’ljalari ham o’zlarigagina tegishli bo’lib, podshoh bilan bo’lishmaslik huquqiga ega bo’lganliklarini aytib o’tgan'
Bazi yirik zamindor-feodallar nafaqat qishloqda yashaganlar, ular shaharlarda katta foyda keltiradigan do’konlar, ustaxona hammomlar, uylarga ega bo’lib ularni ijaraga berish evaziga katta foyda olganlar. Ularning bazilariga qator savdo rastalari, karvonsaroylar qarashli bo’lgan. Amir Temur hokimiyatining markazlashishidan katta feodallar bilan birga o’rta va kichik yer egalari ham manfaatdor bo’lganlar. Feodallarning o’zi ham oliy, o’rta va kichik tabaqalarga bo’lingan.
Ijtimoiy tabaqalar ichida musulmon ruhoniylar katta mavqyega ega bo’lganlar. Shayxulislom, qozi, imom xatib, voiz (vaz aytuvchi-Sh.O’.), mudarris, sadr, shayx kabi mansab va unvon egalari mamlakat manaviy hayotiga katta tasir kursatganlar. Ularning ijtimoiy taminoti uch taraflama- davlat, vaqf mulklaridan keladigan daromadlar, badavlat kishilar hamda fuqarolar tomonidan hadya etiladigan turli yer-mulklar, moddiy pul-buyumlar evaziga amalga oshirilgan.
Amir Temur davrida savdogarlarga katta imtiyozlar yaratilgan va ularning orasida ham o’ziga xos tabaqalanish yuzaga kelgan.
Ularning orasida eng nufuzlisi tujjorlar-asosan xalkaro savdo ishlari bilan shugullanganlar. Bozorda savdo qiluvchilar "axl-i bozor" deb yuritilgan, ular sotuvchi savdogarlar, olib sotarlar, chayqovchilar va boshqa guruhlarga bo’lingan1. Ularning samarali mehnat qilishlari uchun bozorlar, savdo rastalari, tim va ravoklar qurilgan. Xalqaro savdoni rivojlantirish maksadida Buyuk Ipak yo’li qayta tamirlangan va kelib-ketuvchilarning xavfsizligi taminlangan.
Sohibqiron saltanatida yoshu-kari, erkaklar bilan bir qatorda ayollar tadbirkorlik bilan shug’ullanish huquqiga ega edi. Fikrimizga dalil sifatida bir misol keltirmoqchimiz: «Uning siyosati o’rnatilgan kunlarda Movarounnahrning eng chekka joylaridagina emas, balki Xitoy va Xo’tan chegarasidan Dehli va Kanboyit atroflarigacha, Bob ul-Avbobdan to Misr va Rum hududigacha bo’lgan yerlardan savdogarlar u yokda tursin, bolalaru beva xotinlar xam ipakli matoli oltin-kumush va eng zarif tijorat mollarini keltiradilar va olib ketadilar. Hyech bir kimsa ularning bir doniga ham ko’z olaytira olmaydi va bir dirxamga xam ziyon yetkazmaydi»13.
Amir Temurning elchi orqali Misr hukmdoriga yetkazgan xatida xam ishbilarmon savdogarlar alohida tilga olinadi: «Endilikda vazifa shulki, hamsoyalik haqqiga rioya qilib, do’stlik eshigini ochaylik, toki bundan buyon har ikki tomondan elchilar borib-kelib tursinlar, har ikki mamlakat savdogarlari uchun yo’l ochib qo’yilsin va bu ma’ni xalq osoyishtaligiga va yo’llarning eminligiga sabab bo’lsin».
Amir Temur davrida hunarmandlar tabaqasi ham jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida katta rol o’ynagan. Hunarmandlarning to’quvchi, tikuvchi, kandakor, novvoy, temirchi kabi o’nlab turlari bo’lib ishlab chiqarishning asosiy salmog’i ular hissasiga to’g’ri kelar edi. Hunarmandlarning kichik birlashmalari mavjud bo’lib, bu birlashmalarga oksoqol ustalar rahbarlik qilgan. Bu birlashmalarda o’ziga xos ustoz-shogird munosabatlari yaxshi yo’lga qo’yilgan edi. Shogirdlar ustoz ko’lida yillar davomida o’z kasbining sir asrorlarini, kasbiy ko’nikmalarni egallaganlar. Biz bu davrdagi hunarmandlar faoliyatini kuzatib ularning o’ziga xos kasb-hunar, maorif va marifiy maskan ekanligini anglab yetamiz. Bu yerda yoshlar yillar davomida nafaqat hunarmandchilik sirlarini o’rganishgan, balki manaviy jihatdan xam hayotga puxta tayyorlangan. Milliy tarixiy qadriyatlarimizga asosan ustozlarni, yoshi ulug’ kishilarni durmat qilish, xalollik, mehnatsevarlik masuliyat va boshqa burchlar haqida ko’nikmalar hosil qilingan.
Oddiy kishloq axolisining ham o’ziga xos tabaqalari mavjud edi. Mayda xususiy yer egalari, ijarachilar, erkin dehqonlar, qullar oddiy xalkning o’ziga xos tabaqalarini tashkil etar edi. Qullar mehnatidan asosan uy ishlarida, katta qurilishlarda foydalanilgan. Bu davrda yer egaligi to’rt xilda bo’lgan. 1- davlat mulki(mamlaka); 2 -xususiy yerlar; 3 - vaqf yerlari; 4 - jamoa yerlari.
Bu davrda ijtimoiy soha, davlat boshqaruvi va qonunchilik o’rtasida o’zaro aloqadorlik va mutanosiblik saqlangan. Ularning bir-biri bilan munosabatlari qonunlar bilan tartibga solingan.
Sohibqiron Amir Temurning ijtimoiy siyosatidagi yana bir muhim muvaffakiyati shundaki, u ijtimoiy qatlamlarni o’z vaqtida yetkazilgan munosib maosh, suyurg’ol, mukofot, kiyim-kechak, oziq-ovqat va boshqa moddiy taminotlarini to’g’ri tashkillashtirish orkali ragbatlantirdi. U sifatli, o’rtacha va kamroq ish beradigan xodimlarni bir xil xizmatda ishlashlaridan qatiy nazar bir xil moddiy taminlash yo’lidan bormadi va u xodimlarning ilm va malakalariga xos ravishda turli maoshlarni adolat bilan belgiladi.
Amir Temur mamlakatni boshqarishda xizmatchi va xodimlarni tugri tanlash va ularni joy-joyiga qo’yishni davlatning eng muhim masalasi deb bildi va ilmli, tajribali, dono, halol, xushyor va tadbirkor kishilarga tayangan holda davlatni boshqardi.
U vazirlarni, amirlarni, devonbegini, viloyatlardagi devon xodimlari va beklarni tanlash, ularni joy joyiga ko’yishda nomzodlarning nasl-nasabiga, aql-farosatiga, xalqparvarligiga, sabr-toqatlilik, tinchliksevarlik, adolatparvarlik kabi fazilatlariga, ko’tarinki ruhiy hayotiga, ziyrakligiga, malakasi va odamlar bilan murosa qilish qobiliyatiga katta baho bergan .
Amir Temur o’tmishda hukmronlik qilgan sultonlar, yirik davlatlarning qonun-qoidalari, podshohlikning sir-sinoatlari, hatto payg’ambarlar hayotini o’rganib ularning g’alabasi yoki mag’lubiyatining sabablarini chuqur mushohada etdi va o’ziga zarur xulosalarni chiqardi, ularning ijobiy jihatlaridan davlat boshqaruvida foydalandi. Uning davlatchilik talimotida milliy davlatchilik ananalari, o’z davrining muhim ijodiy qonunchiligi va talimotlari uyg’unlashib yangicha mukammal davlat asoslari yaratilgan. Bu omillar Amir Temur davrida nafakat fan, madaniyat va boshka sohalarda balki avvalo davlatchilikda Uygonish pallasiga o’tilganligini va bu keyinchalik boshqa sohalarga ham o’z tasirini o’tkazganligini ko’rsatadi.
U avvalo bo’lajak hukmdorlarga alohida e’tibor berdi. Keyingi temuriylar - Shohruh Mirzo, Mirzo Ulug’bek, Abu Said Mirzo va boshqalarni davlat ishlarini to’g’ri yuritishga yo’naltirdi. Bu davrda shahzodalarni davlat ishiga tayyorlash siyosiy masala bo’lgan. Ular davlat boshqarish ishiga yoshligidan tayyorlanib borilgan. Shahzodalar tug’ilishi bilan ota-onasidan olib enaga(shahzodani emizuvchi ayol) va uning eri-otaliqqa berilgan. U ni o’z onasi emas boshqa malika tarbiyasiga olgan . Bu tarbiyada ahloqiy omillarga katta ahamiyat berilgan. Haqiqatan ham ahloki, manaviyati tuban davlat rahbari o’zi boshqarayotgan xalqning orzu-umidlarini ro’yobga chiqara olmas, davlatni mustahkam boshqara olmas edi. Amir Temur o’z avlodlarining adolatli, insofli, jasur, mard, jismoniy bakuvvat, iymonli bo’lishi uchun barcha sayi harakatlarini ishga solgan edi.
Bu masalada ayniqsa sportga alohida e’tibor berilgan. Shahzodalar suzish, ot surish, kamondan o’q otish, chim ustida xokkey o’ynash, kurash kabi ko’p sohalarni mukammal egallashgan.
Amir Temur vazirlar tanlash masalasini ham muhim deb bilgan. Amir Temur fikricha saltanat ishlarida vazirlar xal qiluvchi rol o’ynaydi, ular davlat ustunlaridir. Amir Temur fikricha vazir bo’lmish kishida kuyidagi sifatlar mujassamlashgan bo’lishi kerak:
1 - vazir bo’lmish kishi toza nasllik; 2 - aql-farosatlilik; 3 - sergaklik, ogohlik va xushmuomalalik; 4 - sabr-bardoshlilik, tinchliksevarlik Amir Temur shunday fazilat sohiblarigagina davlat ishlarini ishonib topshirish mumkin deb hisoblangan. Bunday vazirga to’rt imtiyoz: ishonch, e’tibor, ixtiyor, qudrat berilgan".
Amir Temur o’ylashicha, kamolga yetgan vazir davlat ishlarini tartibga keltira oladi, mulkiy va moliyaviy ishlarni adolat bilan hal qiladi. Ruxsat beruvchi yoki ta’qiqlovchi buyruqlarda u o’zining toza naslligi,fikri va ko’zi to’kligini ko’rsatadi. Unday vazir fuqaroga dushmanlik va jabr zulm qilmaydi. Hoh ziyoli, hoh amaldor, hoh oddiy fuqaro bo’lsin hammasining hurmatini o’z joyiga ko’yadi. Birovdan yomonlik axtarmaydi, g’iybatlarni tinglamaydi. Kimdan yomonlik ko’rgan bo’lsa ham ul vazir shunday ish tutadiki, yomonlik qilgan kishini tarbiyalab yomonligidan qaytaradi.
Amir Temur o’z avlodlarini ogohlikka chakirib « asli toza, nasli pok, ulug’ zotlardan bo’lgan, yaxshi ravishlik kishilarni topib, vazir kilinglar. Chunki asli toza kishi xatolikka yo’l qo’ymaydi, badasl esa vafo kilmaydi»1 deydi.
Amir Temur davlatida kaysi vazir soflik, to’g’rilik bilan ish olib borsa, unday vazir eng oliy martabaga ko’tarilgan. Davlatning moliya va mulk ishlarini diyonat bilan boshqargan va savob ishlarini ko’paytirgan, omonatga xiyonat qilmagan, nafsidan ustun kelgan vazir eng yaxshi vazir hisoblangan. Amir Temur nomzodlarni mansabga tayinlashda irsiy va ahloqiy omillarni avvalgi o’ringa qo’ygan.
Sohibqiron fikricha, dono vazir vaziyatga karab goho qattiqqo’llik va goho yumshoqlik qiladi. Ortikcha qattiqqo’llik va aksincha ortiqcha yumshoqlik ham davlat ishida yaramaydi. Vazir «Agar ko’p muloyimlik qilsa, dunyotalab ta’magir odamlar uni yutib yuboradilar. Agar ortiqcha qattiqqo’llik ishlatsa, undan qochadilar va unga boshka murojaat qilmaydilar.
Demak, dono vazir saltanat korxonasining ishlarini to’g’ri chora tadbirlar kullab, yaxshi anglagan holda amalga oshirib, davlatni tartib-intizomga keltiradi.
Yaxshi vazir «agar saltanat ishlarida chigil-jumbok uchrasa, aqlu-farosati barmog’i bilan uni yechib yuboradi» .
Temuriylar davri boshqaruvida ham vazirlarga alohida etibor berilgan. Mashxur tarixchi Mirxondning nabirasi Xondamir tomonidan yozib qoldirilgan "Dastur al-vuzaro" (Vazirlar uchun dastur)14 hatto ularga yozib qoldirilgan qo’llanmadir.
Amir Temur fikricha, agar podshoh zolim bo’lib vazir odil bo’lsa u podshoh jabr-zulmini to’xtatishga intiladi. Bordiyu vazir zolim bo’lsa, saltanat ishlari tez muddatda inqirozga uchraydi15.
Sohibqironning harbiylarni tanlash va mansabga qo’yish tajribasi biz uchun ibratlidir. Bu davrda markaziy va mahalliy hokimiyatga ko’proq harbiylar qo’yilgan.
Bu davr siyosatiga baho berishda biz bu vaqtda harbiy peshqadamlik xalqaro siyosiy nufuzni belgilaganligini, davlat boshqaruvida harbiylar katta rol o’ynaganligini, hatto Soxibqiron Amir Temurning o’zi ham yirik lashkarboshi, qo’shinlar bosh qo’mondoni ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Biz davrning harbiycha ruhini, shuning uchun ham harbiylarni to’g’ri tanlay bilish o’sha davr uchun hayot-mamot masalasi ekanligini e’tibordan qoldirmasligimiz kerak. Usha davrda harbiy qudrati past davlatlar yirik harbiylashgan davlatlar asoratiga tushgan va kuchlilarga zaiflar bo’ysungan. Tom ma’noda o’rta asrlar davri yurishlar, bosqinlar, himoyaga va xarbiylarga muhtojlik davri edi. Sohibqiron Amir Temur ana shunday murakkab harbiy feodalizm davrida davlatni boshqardi va uning strategik sezgisi uni harbiy sohani rivojlantirishga undadi.
U xarbiylikka olinadigan kishidagi sergaklik, hushyorlik va tadbirkorlikni avvalgi o’ringa qo’ydi. «Ishbilarmon, mardlik va shijoat sohibi, azmi kat’iy, tadbirkor va xushyor bir kishi ming-ming tadbirsiz loqayd kishidan afzal»2 deb bilgan.
Amir Temur saltanatida sipohiylarga ikki imkoniyat berilgan.
Agarda askarlar yalqovlik kilib ish vaqtyda sustkashlik qilsa unga yozuv chizuv ishlari berilgan. Agar u ikkinchi marotaba ham yaxshi ishlamay, xatoliklarga yo’l qo’ysa xizmatga kabul kilinmagan. Bu haqda «Tuzuklar» da shunday ma’lumot bor: «Agar sipoxiylik ishlarida yalqovlik kilgan bo’lsalar, ularga yozish-chizish bilan shug’ullanuvchilar orasidan ish berilsin. Agar shundan keyin ham xatoga yo’l qo’yib, kaltabinlik qilsalar, ikkinchi bor xizmatga olmasinlar»'.Sohibqiron Amir Temur tadbirsiz, lokayd kishilar jamiyat uchun halokatli deb tushungan, shuning uchun u bunday kishilarni har qanday davlat ishlariga ayniksa harbiy ishga yaqinlashtirm
Sohibqiron Amir Temuroning navkarlikka olinayotgan yigitning qaysi xislatlariga e’tibor berganligini uning quyidagi so’zlaridan ilg’ash mumkin: «Cherik tuzib navkar olmokda-deydi u-uch koidaga amal kildim: birinchidan yigitning kuch-quvvatiga, ikkinchidan qilichni o’ynata olishiga, uchinchidan aqli zakovatiyu kamolotiga e’tibor berdim. Shu uch sifat jamuljam bo’lgandagina navkarlik xizmatiga oldim»16.
Uning fikricha, jismonan baquvvat yigit har qanday qiyinchiliklarga, azobu uqubatlarga chidamli bo’ladi, kilich o’ynatishni yaxshi bilgan navkar raqibini har qanday sharoitda ham mag’lub eta oladi. Aqlli va tadbirkor bo’lsa u har qanday mushkulotni aql-farosati va to’gri tadbiri bilan bartaraf etmogi mumkin.
Sohibqiron Amir Temur lashkar tanlashda uning sadokatiga, vatanparvarligiga katta e’tibor berdi. U hatto dushman tomondan sotqinlik bilan uning xizmatiga kirgan sipohiylarni o’ziga eng yomon dushman, hatto xoin deb bildi. Bu haqda <
Bundan xulosa shuki, avvalo biron kishiga amal berilayotganda u shaxs obdon o’rganilmog’i, sinalmog’i lozim. Kimki,. mansabu amalga erishganda salbiy ishlarga qo’l ursa demak u bu ishga noto’g’ri qo’yilgan bo’ladi. Malumki, Amir Temur qo’shinida o’nboshi, yuzboshi, mingboshilik va o’n ming sipohni boshqaruvchi tumanboshilik, shuningdek o’n ikki pogonali amirlik darajasi berilgan.
Dostları ilə paylaş: |