2 – rasm. O‘lchash asboblarining klassifikatsiyalanishi.
4. Analog o‘lchash asboblari ularning shartli belgilari
Elektromexanik turdagi analogli o‘lchash asboblari. Analogli o‘lchash
asboblari yoki bevosita ko‘rsatuvchi asboblar elektr o‘lchashlar va umuman
o‘lchash texnikasida keng o‘rin olgan asboblardan hisoblanadi. Bu turdagi
asboblarda ko‘rsatuv qaydnomasi uzluksiz (funktsional) ravishda o‘lchanayotgan
kattalik bilan bog‘liqlikda bo‘ladi.
Bevosita ko‘rsatuvchi elektr o‘lchash asboblari, (xususan elektromexanik
asboblari) ikki asosiy qismdan, ya’ni o‘lchash zanjiri va o‘lchash mexanizmidan
iborat deb qarash mumkin ( 3 – rasm).
3 – rasm. Anolog o‘lchash asboblarining strukturaviy sxemasi.
O‘lchash asboblari qaysi tizimga taalluqli mexanizmdan iborat bo‘lishidan
qat’y nazar, asbob qo‘zg‘aluvchan qismining harakatlanishi elektromagnit maydon
energiyasining o‘zgarishiga bog‘liq.
O‘lchanadigan kattalik ta’siri ostida hosil bo‘lib, asbob ko‘rsatkichini
ko‘payish tomoniga og‘diruvchi moment aylantiruvchi moment deyilib, u umumiy
holda quyidagicha ifodalanadi:
M = dW
е
/d
,
bu yerda, W
e
– elektromagnit maydon energiyasi,
– asbob qo‘zg‘aluvchan
qismining burilish burchagi.
Yuqoridagi ifodani (1) boshqacha ko‘rinishda yozish mumkin:
M = F(X
1
),
ya’ni aylantiruvchi momentni o‘lchanadigan kattalik va asbob qo‘zg‘aluvchan
qismining burilish burchagi funktsiyasi deb qarash mumkin. O‘lchash asbobining
qo‘zg‘aluvchan qismiga aylantiruvchi momentdan tashqari aks (teskari) ta’sir
etuvchi moment ham ta’sir etishi lozim. Aks ta’sir etuvchi moment bo‘lmaganda
edi, asbobning strelkasi shkalasidan chetga chiqib ketgan bo‘lar edi. Aks ta’sir
etuvchi moment aylantiruvchi momentga qarama – qarshi yo‘nalgan bo‘lib,
qo‘zg‘aluvchan qisminiig burilish burchagi kattalashishi bilan ortishi lozim. Aks
ta’sir etuvchi moment M
aylantiruvchi momentga tenglashguncha (M=M
)
qo‘zg‘aluvchan qism aylantiruvchi moment ta’siridan buriladi. Ko‘p elektr
o‘lchash asboblarida aks ta’sir etuvchi moment tortqi, prujina va osmalarning
buralishi bilan hosil qilinadi. Bunday qurilmada aks ta‘sir etuvchi moment
qo‘zg‘aluvchan qismning burilish burchagiga to‘g‘ri proporsional bo‘ladi, ya’ni
M
=
– W
,; bu yerda W – tortqi yoki prujinaning materiali va uning
o‘lchamlariga bog‘liq bo‘lgan o‘zgarmas kattalik, bu burchagining birligiga 1°
yoki 1 radianga mos keluvchi moment bo‘lib, solishtirma aks ta’sir etuvchi
moment deb ataladi.
Asbob qo‘zg‘aluvchan qismining turg‘un burilish holati aylantiruvchi va aks
ta’sir etuvchi momentlarning tengligidan topiladi М=М
va u umumiy holda
quyidagicha ifodalanadi:
=
)
,
X
(
F
W
1
bu holatni 4 – rasmda ko‘rsatilgan grafikdan ham kuzatish mumkin.
|