Limfa tizimi Limfa tizimi yurak
- qon tomirlar tizimining bir qismi bo‘lib, u
orqali limfa hosil bo‘lgan joydan vena tizimiga oqib boradi.
Limfa rangsiz suyuqlik bo‘lib, tarkibi plazmaga o‘xshash oq-
sillarning kolloid eritmalari, hujayra elementlari (limfositlar,
eozinofil lar) bilan birga to‘qimada modda almashinuvida hosil
bo‘lgan har xil yot moddalar, mikroorganizmlar, o‘lik hujayralar-
dan iborat bo‘ladi. Limfa tizimi tarmoqlangan tomirlar va ular-
ning yo‘nalishida joylash gan limfa tugunlaridan iborat. Limfa ti-
zimi organizmda quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) to‘qima suyuq-
ligi tarkibi va hajmining doimiyligini ta’minlaydi; 2) to‘qima
suyuqligi, limfoid elementlar va qon o‘rtasidagi gumoral aloqani
ta’minlaydi; 3) ichakda parchalanib hosil bo‘lgan oziqa moddalar-
ni (yog‘lar) ichaklardan venalarga olib boradi; 4) seroz bo‘shliq-
lardan suyuq liklarni so‘rilishini; 5) organizm ga tushgan mikroor-
ganizmlarni zararsizlantirish (himoya, baryer vazifa); 6) limfosit-
larni ishlab (limfopoez) qonga chiqarish; 7) immunokompetent
hujayralar (T va
В
limfositlar) va mak rofaglar ishlab chiqarish. Bu
hujayralar organizmning mikrob larga va ba’zi moddalarga qarshi
faoliyatini kuchaytirib, beradi (immun faoliyati).
Yuqoridagi vazifalarni bajaruvchi limfa tizimi tarkibiga:
1. Limfani o‘tkazuvchi yo‘llar: limfakapillyar tomirlar, limfa to-
mirlari, poyalari va yo‘Ilari kiradi.
2. Limfositlar rivojlanadigan joylar: suyak iligi, ayrisimon bez,
ichki a’zolar shilliq pardalardagi limfoid hosilalar, murtaklar, ta-
loq va limfa tuguni kiradi.
Limfa tizimining boshlang‘ich qismi limfa kapillyarlaridir. Ular
qon tomir kapillyarlariga nisbatan keng (200 mkm gacha va ko‘p)
va tekis emas. Limfa kapillyarlari bosh va orqa miya, ularning par-
dalarida, tog‘aylar, ko‘zning shox pardasi va gavhari, ichki quloq,
teri va shilliq pardalar epiteliysi, taloq paren-
ximasi, suyak iligida bo‘lmaydi. Ular o‘zaro
birikib, limfokapillyar to‘rlarini hosil qiladi.
Limfa kapillyarlarning devori bir qavat endo-