Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə340/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Qon oqishlar
deb, tomirlardan qon ketishiga aytiladi. Tashqi 
va ichki qon oqishlar tafovut qilinadi. Tashqi qon oqishda qon 
orga nizm dan tash qariga, ichki qon oqishda esa to‘qimalarga va 
tana bo‘sh liq lariga quyuladi. To‘qimalarda qonning to‘planishiga 
qon quyulishi deb ataladi.
Qon quyulishlari katta-kichikligiga ko‘ra petexial, nuqtali qon 


401
quyulish yoki qontalashlar ko‘rinishida bo‘ladi. Bunda oqqan 
qonni to‘qimalar keng doirada shimib oladi. Qontalashlar, odat-
da, aniq chegaraga ega bo‘lmaydi. Nihoyat qon quyulishlarda ge-
matomalar paydo bo‘lishi mum kin, bunda quyilgan qon to‘pla-
nib, to‘qimalarni surib qonga to‘lgan bo‘shliqlarni hosil qiladi.
Hosil bo‘lish joyiga qarab quyidagi qon quyulishlarni tafovut 
etadilar: Qon tupurish – nafas olish yo‘llaridan qon oqishi; met-
rorragiya – bachadondan qon ketishi; gematuriya – siydik yo‘lla-
ridan qon oqishi; gemotoraks – plevra bo‘shlig‘iga qon quyulishi; 
gemoperikard – yurak xaltasiga qon quyulishi; gemoperitoneum – 
qorin bo‘shlig‘iga qon quyulishi.
Birorta a’zoga juda tezlik bilan zo‘rayuvchi qon oqishini apo-
pleksiya deb ataydilar. Apopleksiya deganda, ko‘pincha, miyaga 
qon quyulishini ko‘zda tutadilar, u esa, odatda, hushdan ketish, 
ba’zida esa to‘satdan yuz beruvchi o‘lim bilan tugaydi.
Qon oqayotgan tomirning xarakteriga qarab, arterial, venoz, 
kapillyar yoki parenximatoz qon oqishlarni farq qiladilar. Shikat-
langan a’zoning sathidan aralash – venoz va arterial qon oqadi.
Mexanizmga ko‘ra qon oqishlarni ikki katta guruhga bo‘lish 
mum kin: 1) tomirlar devorining yorilishi yoki ularning yemiri-
lishi tufayli; 2) tomirlar devori butunligining ko‘zga ko‘rinadigan 
buzi lishlarisiz qon oqishlar.
Tomirlar devorining yorilishi ko‘pincha, jarohatlar natijasi-
da yuz beradi. Ular tomirlar devorining patologik o‘zgarishlari, 
yallig‘ lanish jarayonlari, kengaygan venalarda dimlanish holatla-
ri tufayli vujudga ke ladi.
Tomirlar devorining yemirilishi asta-sekin, uning to‘qimasi bi-
rorta yarali jarayon bilan masalan, oshqozon yarasida, o‘pka to‘-
qimasining sil tufayli yemirilishida, ichakning qorin tifida bu zil-
ganida kuzatiladi. Tomirlarning yemirilishi yallig‘langan o‘choq-
larda masalan, flegmonada, shuningdek, tomirga o‘smalar o‘sib 
kirganda yoki ular parchalanganda kuzatiladi.
Kollapsda – tomirlar tonusi pasayadi; qon bilan ta’minlanishi-
ning kamayishi tufayli barcha hayotiy jarayonlar susayadi. Kol-
lapsning tashqi ko‘rinishlari: puls arang seziladi, u tezlashgan va 
notekis bo‘ladi, oyoq-qo‘llar soviydi; teri oqaradi va yopishqoq 
sovuq ter chiqadi


402

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   336   337   338   339   340   341   342   343   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin