Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə348/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

 
qalqonsimon tugunlari
 
va traxeya oldi va atrofi-
dagi tugunlar
 
kiradi.
Bo‘yinning lateral chuqur limfa tugunlari ichki bo‘yinturuq 
vena, bo‘yinning ko‘ndalang arteriyasi va qo‘shimcha nervning 
tashqi shoxi bo‘ylab zanjirlar hosil qilib joylashadi. Bu tugunlar-
dan chiquv chi olib ketuvchi limfa tomirlari o‘ng va chap bo‘yin-
turuq poyasini hosil qiladi.
Qo‘lning limfa tomirlari
yuza va chuqur guruhlarga bo‘linadi. 
Uning yuza limfa tomirlari teri osti venalarining yonida joylashib, 
lateral va medial guruhlarga bo‘linadi. Lateral guruh limfa tomir-
lari I–III
 
barmoq, kaft, bilak va yelkaning lateral tomoni terisi va 
teri osti yog‘ kletchatkasidan boshlanib, qo‘lning lateral teri os-
ti venasi yonida yo‘naladi va qo‘ltiq osti limfa tugunlariga quyi-
ladi. Medial guruh limfa tomirlari qisman III va IV–V barmoq-
lar, kaft, bilak va yelkaning medial tomoni terisi va teri osti yog‘ 
kletchatkasidan boshlanib, qo‘lning medial teri osti venasi bilan 
yo‘nalib, tirsak va qo‘ltiq osti lim fa tugunlariga quyiladi.
Chuqur limfa tomirlar mushaklar, bo‘g‘imlar va suyaklardan 
bosh lanib, chuqur arteriya va venalar bo‘ylab yo‘naladi.
Qo‘lda limfa tugunlari ikki: tirsak chuqurchasi va qo‘ltiq os-
ti sohasida joylashadi. Tirsak limfa tugunlari
 
tirsak chuqurcha-
sida y uza medial teri osti venasi yonida yuzaki tugunlar fassiya-
ning ustida va chuqur tugunlar fassiyaning ostida qon tomir-
lar yonida joylashadi. Bu tugunlardan chiqqan limfa tomirla-
ri qo‘ltiq osti tugunlariga yo‘naladi. Qo‘ltiq osti limfa tugunlari
 
qo‘ltiq osti chuqurchasi yog‘ to‘qimasida oltita: lateral, medial, 
kurak osti, pastki, markaziy, cho‘qqi guruhlariga bo‘linib joyla-
shadi. Qo‘ltiq osti limfa tugunlariga qo‘lning yuza va chuqur 
lim fa tomir lari, ko‘krak qafasining oldingi, yon, orqa devori va 
sut bezi limfa tomirlari kelib quyiladi. Sut bezidan limfa tomir-


410
lar asosan qo‘ltiq ostining medial guruh tugunlariga quyiladi. Bu 
tugunlardan chiqqan olib ketuvchi lim fa tomirlari o‘mrov os-
ti poyasini hosil qiladi. Chap o‘mrov osti poyasi ko‘krak limfa 
yo‘liga, o‘ngi esa o‘ng limfa yo‘liga quyiladi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin