Anatomiya 2014. indd


Qon ishlab chiqaruvchi va immun tizimi a’zolari



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə349/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Qon ishlab chiqaruvchi va immun tizimi a’zolari
Qon ishlab chiqaruvchi va immun tizimi a’zolari tuzilishini 
umumiyligi, kelib chiqishi va faoliyati jihatidan bog‘langan. Im-
mun tizimi tarkibiga organizmga tashqi muhitdan kiruvchi va or-
ganizmda hosil bo‘luvchi yot hujayra va moddalardan himoya 
qiluv chi a’zo va to‘qimalar kiradi. Bu a’zolar parenximasi lim-
foid to‘qima lardan iborat bo‘lib, ularda organizmning himoya 
reaksiyalarini ta’min lovchi immunokompetent hujayralar (limfo-
sitlar va plazmositlar) i shlab chiqariladi va takomillashadi.
Bu a’zolar vazifasiga qarab, markaziy va periferik qismlar-
ga bo‘ linadi. Tizimning markaziy a’zolariga ayrisimon bez va 
suyak ili gi, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra chuvalchangsimon o‘simta 
va yonbosh ichakning to‘plangan limfa tugunchalari kiradi. Im-
mun tizimning periferik a’zolari organizmga yot moddalar ki-
rishi mum kin bo‘lgan sohalarda joylashadi. Ularga: murtaklar, 
hazm va nafas a’zolari devorida joylashgan yakka-yakka limfa tu-
gunchalari, limfa tuguni va taloq kiradi. Odamda immun tizimi 
a’zolarining umumiy massasi (suyak iligidan tashqari) 1,5–2 kg.
Suyak iligi 
odamda qon ishlab chiqaruvchi va immun tizi-
mi a’zosi bo‘lib hisoblanadi. Unda hosil bo‘lgan o‘zak hujay-
ralari 100 martagacha bo‘linish xususiyatiga ega. Bu hujayralar 
bo‘linib, uch yo‘nalish da (eritropoez, granulopoez va trombosi-
topoez) takomillashib, qon ning shaklli elementlariga aylanadi va 
qonga o‘tadi. Katta yoshdagi odam larda g‘ovak, yassi suyaklar 
va uzun naysimon suyaklarning epifizlarida qizil ilik va naysi-
mon suyaklar diafizining ilik bo‘shlig‘ida joylashgan sariq ilik ta-
fovut qilinadi. Katta yoshdagi odamlarda ilikning umumiy og‘ir-
ligi 2,5–3 kg yoki tana og‘irligining 4,5–4,7 %ini tashkil qiladi. 
Uning yarmi qizil ilik, qolgani sariq ilik. Qizil ilik tarkibi retikula 
to‘qimasi va gemopoez elementlari bo‘lgan miyeloid to‘qimadan 
iborat. Retikula to‘qimasi retikula hujayralari va tolalaridan ibo-
rat bo‘lib, uning qovuzloqlarida eritropoez, granulopoez va trom-
bositopoez qatorlarining yosh va yetilgan elementlari joylashgan.


411
Sariq ilik retikula to‘qimasining o‘rnini egallagan yog‘ to‘qima-
sidan iborat. Unda qon hosil qiluvchi elementlar bo‘lmaydi, goho 
ko‘p qon yo‘qotganda, sariq ilik o‘rnida qizil ilik paydo bo‘lishi 
mumkin.
Ayrisimon bez
(thymus) immun tizimining markaziy a’zosi. 
Unda qizil ilikning o‘zak hujayralaridan hujayra immunitetiga 
mas’ul bo‘lgan 

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin