Anatomiya 2014. indd


sonning keng fassiyasining  yuza varag‘i ustida, chovning chuqur tugunlari (1–7 ta)



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə345/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

 
sonning keng fassiyasining 
yuza varag‘i ustida, chovning chuqur tugunlari (1–7 ta)
 
son arte-
riyasi va venasi yonida joylashgan. Bu limfa tugunlaridan chiqqan 
olib ketuvchi lim fa tomirlari tomirlar sohasi botig‘i orqali tashqi 
yonbosh tugunlariga boradi.
Chanoq bo‘shlig‘i.
Chanoq limfa tugunlari visseral va parie-
tal guruhlarga bo‘linib joylashadi. Visseral limfa tugunlari kichik 
chanoq bo‘shlig‘i a’zolari yonida joylashadi. Bularga siydik qo-
pi atrofidagi,
 
bachadon atrofidagi,
 
qin atrofidagi
 
va to‘g‘ri ichak 


406
atrofidagi tugunlar ki radi. Bu tugunlardan chiqqan olib ketuvchi 
limfa tomirlari umumiy yonbosh va aorta orqasidagi tugunlari-
ga yo‘naladi. Chanoq ning parietal lim fa tugunlari: ichki yonbosh 
arteriyasi bo‘ylab 4–8 ta ichki yonbosh tugun laridir. Dumg‘aza 
suyagining oldingi yuzasida 2–3 ta dumg‘aza tugunlari
 
bo‘lib, 
ularga chanoq devori va to‘g‘ri ichakdan limfa keladi. Bu tugun-
lardan chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlari tashqi va umumiy 
yonbosh tugunlariga quyiladi. Tashqi yonbosh tugunlari 2–12 ta 
bo‘lib, tash qi yonbosh arteriyasi va venasi bo‘ylab zanjir shaklida 
joylashadi. Ust ki va pastki dumba arteriyalari yonida joylashgan 
dumba limfa tugunlariga sonning orqa yuzasi hamda dumba so-
hasi va kichik chanoq devoridan keluvchi limfa tomirlari keladi. 
Ichki va tashqi yonbosh tugunlaridan chiqqan olib ketuvchi limfa 
tomirlari umumiy yonbosh limfa tugunlariga yo‘naladi. Ulardan 
chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlar qorin aortasi va pastki kavak 
vena yonida joylashgan bel limfa tugunlariga quyiladi.
Qorin bo‘shlig‘i. 
Qorin bo‘shlig‘ida ham visseral va parietal 
lim fa tugunlari tafovut qilinadi. Visseral limfa tugunlari qorin 
aortasining toq arteriyalari va ularning tarmoqlari atrofida joylas-
hadi. Qorin o‘zani atrofida joylashgan tugunlarga
 
(1–5 ta) osh-
qozon, oshqozon osti bezi, taloq, buyrak va jigar limfa tugunla-
ridan chiqqan olib keluvchi limfa tomirlari keladi. Bu tugunlar-
dan chiqqan olib ketuv chi limfa tomirlari bel limfa tugunlariga, 
shuningdek, ko‘krak limfa yo‘lining boshlanish qismiga quyiladi. 
Oshqozonning limfa tugunlari,
 
uning katta va kichik egriliklari 
bo‘ylab, arteriyalar yo‘nalishida joylashadi. Taloq limfa tugunla-
riga osh qozonning tubi, chap oshqozon-charvi tugunlari va taloq 
kapsulasidan kelayotgan limfa tomirlari quyiladi. Oshqozon osti 
bezining boshi va o‘n ikki barmoq ichak devoridan keluvchi lim-
fa tomirlari oshqozon osti bezi va o‘n ikki barmoq ichak tugun-
lariga quyiladi.
Jigar va o‘t pufagi limfa tomirlari jigar-o‘n ikki barmoq 
ichak boyla mi ichida umumiy jigar arteriyasi va darvoza vena-
si yo‘na lishi da joylashgan jigar limfa tugunlariga
 
quyiladi. Qorin 
bo‘shlig‘i visse ral limfa tugunlarining eng ko‘p sonlisi (66–404 
ta) ingich ka ichak tut qichi ichida joylashgan yuqorigi tutqich tu-
gunlari
 
bo‘ lib, ularga och va yonbosh ichak limfa tomirlari quyi-
ladi. Bu tu gunlardan chiq qan olib ketuv chi limfa tomirlar bel 
lim fa tugunlariga, goho ichak poya sini hosil qilib, ko‘krak limfa 


407
yo‘ liga quyiladi. Chambar ichak qism laridan chiquv chi limfa to-
mirlari, chambar ichak arteriyalari yo‘nalishida joylashgan limfa 
tu gunlarga quyiladi. Qorin bo‘shlig‘ining parietal limfa tugun lari 
qorin bo‘shlig‘ining oldingi va orqa devor larida joylashadi. Qo-
rin bo‘shlig‘ining oldingi devorida qorin devorining pastki arte-
riyasi yo‘nalishida qorin devorining past ki tugunlari,

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin