408
Ko‘krak aortasi va qizilo‘ngachning yonida joylashgan qizil-
o‘ngach limfa tugunlariga orqa ko‘ks oralig‘i a’zolaridan kela-
yotgan limfa tomirlari quyiladi. Bu tugunlardan chiqqan olib ke-
tuvchi limfa tomirlari ko‘krak limfa yo‘liga quyiladi. O‘pka dar-
vozasi sohasida joylashgan bronx va o‘pka tugunlarga
o‘pka lim-
fa tomirlari quyiladi. Bu tugunlardan
chiqqan olib ketuvchi lim-
fa tomirlari traxeya va bronxlarning ustki va pastki tugunlarga
yo‘naladi.
Traxeya va bronxlarning pastki limfa tugunlari kekirdakning
bosh bronxlarga bo‘lingan joyida joylashsa, o‘ng va chap traxeya
va bronxlarning ustki tugunlari kekirdakning
atrofida joylasha-
di. Bu guruh tugunlarga bronx va o‘pka hamda boshqa visseral
tugunlardan keluvchi limfa tomirlari quyiladi. O‘ng traxeya va
bronxlar ning ustki tugunlardan chiqqan olib ketuvchi limfa to-
mirlari o‘ng bronx va ko‘ks oralig‘i poyasini hosil qiladi. Chap
traxeya va bronx larning ustki tugunlarining olib ketuvchi limfa
tomirlari ko‘krak lim fa yo‘liga quyiladi.
Dostları ilə paylaş: