Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Kurak-o‘mrov bo‘g‘imi
(articulatio acromioclavicularis)
 
akro-
mionning bo‘g‘im yuzasi bilan o‘mrov suyagi akromion bo‘g‘im 
yuza si o‘rtasida hosil bo‘ladi. U yassi bo‘g‘imlar turkumiga ki-
rib harakati che 
garalangan. Bo‘g‘im xaltasini ustidan akro-
mion-o‘mrov boylami mus tahkamlab turadi. Bundan tashqari bu 
bo‘g‘imni mustahkam 
lash da bo‘g‘imdan tashqarida joylashgan 
tumshuqsimon-o‘mrov boylami ham ishtirok etadi. Bu bo‘g‘imda 
boylamlar mustahkam bo‘lgani uchun harakati chegaralangan 
bo‘lib uch o‘q atrofida sodir bo‘ladi.
Qo‘lning erkin qismi suyaklarining birlashuvi
Yelka bo‘g‘imi
(articulatio humeri)
 
(44-rasm) yelka suya-
gi boshchasi va kurak suyagining bo‘g‘im chuqurchasi o‘rtasida 
hosil bo‘ladi. Yelka suyagining sharsimon bo‘g‘im yuzasi kurak 
suyagining bo‘g‘im chuqurchasiga mos kelmagani tufayli uning 
atrofini qo‘shimcha tog‘ay halqa lab
 
o‘raydi. Bu bo‘g‘im la-
bi kurakning bo‘ g‘im yuzasini chuqurlashtirib, yelka suyagining 
boshiga moslaydi. Bo‘g‘im xaltasi yupqa va keng bo‘lib, harakat 
vaqtida burmalar hosil qiladi. Uning yuqori qismi tum shuqsimon 
o‘simtadan boshlanib yelka suyagining anatomik bo‘ynining 


93
yuqo ri qismiga yopishgan tumshuqsimon-yelka boylami hisobiga 
qalinlashgan bo‘ladi.
Yelka bo‘g‘imining xaltasi o‘z atrofida joylashgan mushaklar 
payi tolasi hisobiga qalinlashadi. 
Yelka bo‘g‘imining o‘ziga xos xususiyati shundaki, bo‘g‘im 
xaltasining ichida yelka ikki boshli mushagining uzun boshi payi 
o‘tadi. Bu bo‘g‘imni mustahkamlashda uning atrofida joylash-
gan yelka kamari mushaklari ishtirok etadi. Yelka bo‘g‘imi shakl 
jihatidan sharsimon bo‘g‘im turkumiga kiradi. Uning boylamla-
ri kam va bo‘g‘im xaltasi keng bo‘lgani uchun harakati erkin 
bo‘lib, uch o‘q atrofida sodir bo‘ladi. Sagittal o‘q atrofida qo‘lni 
tanaga yaqinlashtirish va uzoq lashtirish; frontal o‘q atrofida bu-
kish va yozish; vertikal o‘q atrofida yelkani bilak va panja bilan 
birgalikda ichkariga va tashqariga burish, shuningdek, aylanma 
harakat qilish mumkin.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin