95
sida hosil bo‘ladi. Bilak suyagining tirsak kemtigidan boshlangan
uchburchak shakldagi bo‘g‘im diski
tirsak suyagining bigizsimon
o‘simtasi tomon yo‘nalib, bu bo‘g‘imni bilak-kaft usti bo‘g‘imi-
dan ajratib turadi.
Bo‘g‘im xaltasi erkin bo‘lib, u suyaklarning bo‘g‘im yuzalari
va bo‘g‘im tog‘ayi chekkasi bo‘ylab birikadi. Proksimal va distal
bilak-tirsak bo‘g‘imlari birgalikda silindrsimon hamkor bo‘g‘imni
hosil qiladilar. Ularda harakat bo‘ylama o‘q atrofida bo‘lib, bilak
ichkariga va tashqariga buriladi.
Bilak-kaft usti bo‘g‘imi
(artculatio radiocarpea) (47-rasm)
bilak suyagining kaft suyaklari bo‘g‘im yuzasi, medial tomon-
dan bo‘g‘im diski
va kaft usti suyaklarining birinchi qatoridagi
uchta: qayiqsimon, yarim oysimon va uch qirrali suyaklarning
proksimal bo‘g‘im yuzalari o‘rtasida hosil bo‘ladi. Tuzilishi ji-
hatidan bilak-kaft usti bo‘g‘imi murakkab bo‘lib, shakl jihatidan
ellipssimon bo‘g‘imlar guruhiga kiradi. Bo‘g‘im xaltasi suyak-
larning bo‘g‘im yuzalari chekkasi bo‘ylab birikkan bo‘lib, orqa
tomonda yupqa bo‘ladi. Bo‘g‘im xaltasini yon tomonda joylash-
gan kaft ustining bilak kollateral va kaft ustining tirsak kollate-
ral boylamlari mustahkamlab turadi. Bo‘g‘imning kaft yuzasida
bilak suyagi bo‘ g‘im yuzasining oldingi chekka sidan boshlanib,
kaft usti suyaklarining birinchi qatoriga va boshchali suyakka
Dostları ilə paylaş: