273
larga bo‘linib, buyrak naychalarini o‘raydi va ulardan vena ka-
pillyarlari hosil bo‘ladi.
Buyrak koptokchasida kapillyar koptokchalariga kiruvchi ar-
teriolani kapillyarga bo‘linib undan kapillyar koptokchalaridan
chiquv chi arteriolani hosil bo‘lishini buyrakning ajoyib qon tomir
to‘ri
deb ataladi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloq buyragi
nisbatan katta va yuma-
loq shaklda bo‘ladi. U bo‘laklardan iborat bo‘lib, po‘stloq qavati
yaxshi rivojlanmagani uchun yuzasi g‘adir-budur.
Buyrak fiziologiyasi
. Buyrak asosiy ayiruv a’zosi hisobla-
nadi, chunku u orqali organizmdan chiqarilayotgan moddalar-
ning 75 % chiqarila di. Siydik bilan oqsillar parchalanishida hosil
bo‘lgan: siydikchil,
siydik kislotasi, kreatinin, shuningdek, ortiq-
cha suv, tuzlar va yot moddalar ajratiladi. Sutkalik diurez o‘rta-
cha 1500 ml. Suyuq likning qolgan qismi o‘pkalar (500 ml) va te-
ri (500 ml) orqali ajratiladi.
Siydikning hosil bo‘lish mexanizmi. Siydikni hosil bo‘lish ja-
rayoni ikki bosqichda o‘tadi: 1) buyrak tanachasida qon plazma-
sini koptokcha kapillyarlaridan nefronning kapsulasi bo‘shlig‘iga
filtratsiyasi ro‘y beradi. Koptokcha filtratsiyasi
uning kapillyarla-
ridagi yuqori bosimga (60–70 simob ustuni) bog‘liq.
Bu bosimni hosil bo‘lishiga sabab olib keluvchi koptokcha ar-
teriolasi o‘lchamini olib ketuvchi arteriola o‘lchamidan ikki ba-
robar kattaligidir. Bir sutkada 150–180 l birlamchi siydik ajrati-
lib, uning tarkibida qon plazmasini oqsillari va organizmga kerak
oziqa moddalarda tashqari tarkibiy qismi bo‘ladi.
Birlamchi siydik buyrak naychalariga o‘tadi. Uni buyrak
naychalardan o‘tishi
jarayonida reabsorbsiya, ya’ni glukoza,
aminokislotalar, vitaminlar, tuzlar va suvning ko‘p qismi qonga
qayta so‘riladi. Buning natijasida 150 l birlamchi siydikdan 1,5
l oxirgi siydik hosil bo‘ladi. So‘rilish jarayoni naychalar epite-
liy hujayralarining kimyoviy energiya yo‘qotishi hisobiga o‘ta-
di va faol transport deb ataladi. Bunda buyrakda ko‘p miqdor-
da kislorod ishlatiladi, bu modda
almashinuvi darajasini yuqo-
riligini ko‘rsatadi.
Birlamchi siydik buyrak naychalari tizimi va yig‘uvchi nay-
dan o‘tib quyuqlashadi. Suvning ko‘p qismi va organizmga kerak
bo‘lgan barcha moddalar qayta so‘riladi. Buyrak naychalari epite-
liyi tanlab qayta so‘rish xususiyatiga ega. Organizm uchun kerak
274
moddalarga organizmda talab bo‘lsa ular to‘liq so‘rilishi mum kin.
Agar ular qonda ortiqcha bo‘lsa, ularning bir qismi siydik bilan
chiqarib yuboriladi.
Naychalar epiteliyi faqat so‘rish faoliyatiga ega bo‘lmay
sekretor faoliyatga ham ega. Naychalarning sekretor faoliyati or-
qali qondan buyrak koptokchasida filtrlanmagan ba’zi
bir mod-
dalar chiqarib yubo riladi. Bunday moddalarga ba’zi bir bo‘yoq-
lar, diodtrast, ko‘pchilik dori moddalar (penitsillin) kiradi.
Dostları ilə paylaş: