401
quyulish yoki qontalashlar ko‘rinishida bo‘ladi. Bunda oqqan
qonni to‘qimalar keng doirada shimib oladi. Qontalashlar, odat-
da, aniq chegaraga ega bo‘lmaydi. Nihoyat qon quyulishlarda ge-
matomalar paydo bo‘lishi mum kin, bunda quyilgan qon to‘pla-
nib, to‘qimalarni surib qonga to‘lgan bo‘shliqlarni hosil qiladi.
Hosil bo‘lish joyiga qarab quyidagi
qon quyulishlarni tafovut
etadilar: Qon tupurish – nafas olish yo‘llaridan qon oqishi; met-
rorragiya – bachadondan qon ketishi; gematuriya – siydik yo‘lla-
ridan qon oqishi; gemotoraks – plevra bo‘shlig‘iga
qon quyulishi;
gemoperikard – yurak xaltasiga qon quyulishi; gemoperitoneum –
qorin bo‘shlig‘iga qon quyulishi.
Birorta a’zoga juda tezlik bilan zo‘rayuvchi qon oqishini apo-
pleksiya deb ataydilar. Apopleksiya deganda, ko‘pincha,
miyaga
qon quyulishini ko‘zda tutadilar, u esa, odatda, hushdan ketish,
ba’zida esa to‘satdan yuz beruvchi o‘lim bilan tugaydi.
Qon oqayotgan tomirning xarakteriga qarab,
arterial, venoz,
kapillyar yoki parenximatoz qon oqishlarni farq qiladilar. Shikat-
langan a’zoning sathidan aralash – venoz va arterial qon oqadi.
Mexanizmga ko‘ra qon oqishlarni ikki katta guruhga bo‘lish
mum kin: 1) tomirlar devorining yorilishi yoki ularning yemiri-
lishi tufayli; 2) tomirlar devori butunligining ko‘zga ko‘rinadigan
buzi lishlarisiz qon oqishlar.
Tomirlar devorining yorilishi ko‘pincha, jarohatlar natijasi-
da yuz beradi. Ular tomirlar devorining patologik o‘zgarishlari,
yallig‘ lanish
jarayonlari, kengaygan venalarda dimlanish holatla-
ri tufayli vujudga ke ladi.
Tomirlar devorining yemirilishi asta-sekin, uning to‘qimasi bi-
rorta yarali jarayon bilan masalan,
oshqozon yarasida, o‘pka to‘-
qimasining sil tufayli yemirilishida, ichakning qorin tifida bu zil-
ganida kuzatiladi. Tomirlarning yemirilishi yallig‘langan o‘choq-
larda masalan, flegmonada,
shuningdek, tomirga o‘smalar o‘sib
kirganda yoki ular parchalanganda kuzatiladi.
Kollapsda – tomirlar tonusi pasayadi; qon bilan ta’minlanishi-
ning kamayishi tufayli barcha hayotiy jarayonlar susayadi. Kol-
lapsning tashqi ko‘rinishlari: puls arang seziladi, u tezlashgan va
notekis bo‘ladi, oyoq-qo‘llar soviydi;
teri oqaradi va yopishqoq
sovuq ter chiqadi