406
atrofidagi tugunlar ki radi. Bu tugunlardan chiqqan olib ketuvchi
limfa tomirlari umumiy yonbosh va aorta orqasidagi tugunlari-
ga yo‘naladi. Chanoq ning parietal lim fa tugunlari:
ichki yonbosh
arteriyasi bo‘ylab 4–8 ta ichki yonbosh tugun laridir. Dumg‘aza
suyagining oldingi yuzasida 2–3 ta dumg‘aza tugunlari
bo‘lib,
ularga chanoq devori va to‘g‘ri ichakdan limfa keladi. Bu tugun-
lardan chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlari tashqi va umumiy
yonbosh tugunlariga quyiladi. Tashqi yonbosh tugunlari 2–12 ta
bo‘lib, tash qi yonbosh arteriyasi va venasi bo‘ylab zanjir shaklida
joylashadi. Ust ki va pastki dumba arteriyalari yonida joylashgan
dumba limfa tugunlariga sonning
orqa yuzasi hamda dumba so-
hasi va kichik chanoq devoridan keluvchi limfa tomirlari keladi.
Ichki va tashqi yonbosh tugunlaridan chiqqan olib ketuvchi limfa
tomirlari umumiy yonbosh limfa tugunlariga yo‘naladi. Ulardan
chiqqan olib ketuvchi limfa tomirlar qorin aortasi va pastki kavak
vena yonida joylashgan bel limfa tugunlariga quyiladi.
Qorin bo‘shlig‘i.
Qorin bo‘shlig‘ida ham visseral va parietal
lim fa tugunlari tafovut qilinadi. Visseral limfa tugunlari qorin
aortasining toq arteriyalari va ularning
tarmoqlari atrofida joylas-
hadi. Qorin o‘zani atrofida joylashgan tugunlarga
(1–5 ta) osh-
qozon, oshqozon osti bezi, taloq, buyrak va jigar limfa tugunla-
ridan chiqqan olib keluvchi limfa tomirlari keladi. Bu tugunlar-
dan chiqqan olib ketuv chi limfa tomirlari bel limfa tugunlariga,
shuningdek, ko‘krak limfa yo‘lining boshlanish qismiga quyiladi.
Oshqozonning
limfa tugunlari,
uning katta va kichik egriliklari
bo‘ylab, arteriyalar yo‘nalishida joylashadi. Taloq limfa tugunla-
riga osh qozonning tubi, chap oshqozon-charvi tugunlari va taloq
kapsulasidan kelayotgan limfa tomirlari quyiladi. Oshqozon osti
bezining boshi va o‘n ikki barmoq ichak
devoridan keluvchi lim-
fa tomirlari oshqozon osti bezi va o‘n ikki barmoq ichak tugun-
lariga quyiladi.
Jigar va o‘t pufagi limfa tomirlari jigar-o‘n ikki barmoq
ichak boyla mi ichida umumiy jigar arteriyasi va darvoza vena-
si yo‘na lishi da joylashgan jigar limfa tugunlariga
quyiladi. Qorin
bo‘shlig‘i visse ral limfa tugunlarining eng ko‘p sonlisi (66–404
ta) ingich ka ichak tut qichi ichida joylashgan
yuqorigi tutqich tu-
gunlari
bo‘ lib, ularga och va yonbosh ichak limfa tomirlari quyi-
ladi. Bu tu gunlardan chiq qan olib ketuv chi limfa tomirlar bel
lim fa tugunlariga, goho ichak poya sini hosil qilib, ko‘krak limfa
407
yo‘ liga quyiladi. Chambar ichak qism laridan
chiquv chi limfa to-
mirlari, chambar ichak arteriyalari yo‘nalishida joylashgan limfa
tu gunlarga quyiladi. Qorin bo‘shlig‘ining parietal limfa tugun lari
qorin bo‘shlig‘ining oldingi va orqa devor larida joylashadi. Qo-
rin bo‘shlig‘ining oldingi devorida qorin devorining pastki arte-
riyasi yo‘nalishida qorin devorining past ki tugunlari,
Dostları ilə paylaş: