470
kanalidan o‘tib engak teshigi orqali chiqadi va engak nervi nomi bi-
lan engak va pastki lab terisini innervatsiya qiladi. Pastki jag‘ kana-
lidan o‘tayotganida uning tarmoqlari pastki jag‘
tishlari va milklarini
innervatsiya qiladi.
Quloq-chakka nervi tashqi eshituv yo‘lining oldidan yuqori
tomonga chakkaning yuza arteriyasi bilan birga yo‘naladi. Uning
tarmoqlari chakka-pastki jag‘ bo‘gimini, tashqi eshituv yo‘li te-
risi va nog‘ora bo‘shlig‘i shilliq pardasini, quloq suprasini oldin-
gi qismini, chakka sohasi terisini innervatsiya qiladi. Til-halqum
nervidan keluvchi parasimpatik tolalar quloq tuguni orqali o‘tib,
quloq oldi bezini innervatsiya qiladi.
Pastki jag‘ nervining harakatlantiruvchi
tarmoqlari barcha
chaynov mushaklari, tanglay chodirini taranglovchi mushakni,
nog‘ora pardani taranglovchi mushakni, jag‘-til osti mushagini va
ikki qorinchali mushakni oldingi qorinchasini innervatsiya qiladi.
VI juft – uzoqlashtiruvchi nerv
(n. abducens), harakatlantiruv-
chi nerv. Uning yagona harakatlantiruvchi o‘zagi ko‘prikda
joylash gan. Nerv miya asosidan ko‘prik
bilan uzunchoq miya-
ning o‘rtasidagi egat dan chiqadi. Oldinga yo‘nalib, ko‘z kosasi-
ning ust ki yorig‘i orqali ko‘z kosasiga kiradi va ko‘zning lateral
to‘g‘ri mushagini innervatsiya qiladi.
VII juft
–
yuz nervi
(n. facialis)
(199-rasm) tarkibiga ikkita
nerv: ko‘pikning yopqich qismida joylashgan harakatlantiruvchi
o‘zak hujayralari aksonlaridan hosil bo‘lgan xususiy yuz nervi,
sezuvchi va vegetativ o‘zak hujayralari aksonlaridan hosil bo‘lgan
oraliq nerv (n. intermedius) kiradi. Miya asosidan nerv ko‘prik-
ning
orqa qirrasidan, olivadan lateral
roqdan chiqib, dah
liz-
chig‘anoq nervi bilan ichki eshituv yo‘lagiga kiradi. Chakka suya-
gining piramidasida o‘z nomidagi kanal ichida joylashib, bigizsi-
mon-so‘rg‘ichsimon teshik orqali tashqariga chiqadi. Kanal ichi-
da nerv bukilma-yuz nervi tizzachasi va
tizza tugunini hosil qila-
di. Tizza tuguni soxta unipolyar hujayralardan iborat bo‘lib, oraliq
nervning sezuvchi qismiga taalluqli. Yuz nervi kanali ichida ner-
vdan bir nechta tarmoqlar chiqadi: katta toshsimon nerv parasim-
patik tolalardan iborat bo‘lib, kanaldan o‘z nomidagi tirqish or-
qali piramidaning oldingi yuzasiga, bu yerdan o‘z
nomidagi egat-
da yo‘nalib, yirtiq teshik orqali tashqariga chiqadi. Nerv simpa-
tik nerv bilan birga qanotsimon kanalga kirib, qanotsimon kanal
nervi nomini oladi va qanot-tanglay tuguniga qo‘shiladi. Nog‘ora
471
tori parasimpatik va sezuvchi tolalari bo‘lib, sezuvchi tolalar tiz-
za tuguni soxta unipolyar hujayra o‘siq laridan iborat. Nerv kanal
ichidan o‘z nomidagi naycha orqali o‘rta quloq bo‘shlig‘iga o‘ta-
di. Nog‘ora bo‘shlig‘idan toshsimon-nog‘ora yorig‘i
orqali chiqib
til nerviga qo‘shiladi. Uzangi nervi harakatlantiruvchi shox bo‘lib,
nog‘ora bo‘shlig‘ida uzangi mushagini innervatsiya qiladi. Yuz
nervi bigizsimon-so‘rg‘ichsimon teshikdan chiqqanidan keyin en-
sa, quloq suprasi mushaklari, bigizsimon – til osti va ikki qorin-
chali mushakning orqa qorinchasiga harakatlantiruvchi tarmoq-
larini beradi.
So‘ng yuz nervi quloq oldi bezi ichiga kirib,
uning ichida tar-
moqlarga bo‘linadi va quloq oldi chigalini hosil qiladi. Bu chi-
galdan chiqqan chakka, yonoq, lunj, pastki jag‘ cheti bo‘ylab
yo‘naluv chi tarmoq va bo‘yin tarmoqlari boshning mimika mu-
shaklarini innervatsiya qiladi.
Dostları ilə paylaş: