473
di. Chap adashgan nerv umumiy uyqu va o‘mrov osti arteriya-
lari o‘rtasidan o‘tib aorta ravog‘ini oldiga yo‘naladi. Keyin o‘ng
va chap nervlar o‘pka ildizi orqasidan o‘tib, o‘ng
adashgan nerv
qizilo‘ngachning orqa, chap nerv oldingi yuzasiga o‘tadi. Ular
shoxlanib, qizilo‘ngach chigalini hosil qiladi. Bu chigaldan oldin-
gi va orqa adashgan nerv poyalari hosil bo‘lib, qi zilo‘ngach bi-
lan birga qorin bo‘shlig‘iga o‘tadi. Oldingi adashgan nerv poyasi
oshqozonning
oldingi yuzasida, orqa adashgan nerv poyasi osh-
qozonning orqa yuzasida joylashadi.
Adashgan nervda topografiya nuqtayi nazaridan to‘rt qism ta-
fovut qilinadi.
Adashgan nervning bosh qismidan
orqa kalla chuqurchasi so-
hasidagi bosh miya qattiq pardasini, tashqi eshituv yo‘lining orqa
devori va quloq chig‘anog‘i terisini innervatsiya qiluvchi sezuvchi
tarmoqlar chiqadi.
Adashgan nervning bo‘yin
qismidan halqum, yumshoq tanglay
mu shaklari va shilliq pardasini,
shuningdek, yurakni innervatsiya
qiluvchi tarmoqlar chiqadi.
Adashgan nervning ko‘krak qismidan ko‘krak bo‘shlig‘i a’zola-
rini innervatsiya qiluvchi tarmoqlar chiqadi.
Adashgan nervning qorin qismida uning oldingi poyasidan
osh qozonning
oldingi va jigar tarmoqlari, orqa poyasidan esa osh-
qozonning orqa
tarmoqlari hamda qorin tarmoqlari chiqadi. Qo-
rin tarmoq lari chap oshqozon arteriyasi bo‘ylab yo‘nalib, quyosh
chigaliga qo‘shiladi. Adashgan nerv
tolalari quyosh chigalining
simpatik tolalari bilan birga arteriya tomirlari atrofida chigallar
hosil qilib yo‘nalib, ichki a’zolarga boradi.
Dostları ilə paylaş: