82
Bo‘g‘imda harakat ikki o‘q atrofida:
frontal o‘q atrofida boshni oldinga bu-
kish va orqaga yozish, sagittal o‘q atrofi-
da boshni o‘rta chiziqdan uzoqlashtirish
va yaqinlashtirish. I va II bo‘yin umurt-
qalari o‘rtasida uchta (34-rasm) bo‘g‘im:
toq birinchi va ikkinchi bo‘yin umurtqa-
lari orasidagi o‘rta bo‘g‘im va juft birinchi
va ikkinchi bo‘yin umurtqalari orasidagi
lateral bo‘g‘im hosil bo‘ladi.
Birinchi va ikkinchi bo‘yin umurt-
qalari orasidagi o‘rta bo‘g‘im II
bo‘yin
umurtqasi tishining oldingi bo‘g‘im yuza-
si bilan atlantning oldingi ravog‘idagi tish
chuqurchasi o‘rtasida hosil bo‘ladi.
Tishning orqadagi bo‘g‘im yuzasi esa
atlantning ko‘ndalang boylamining ol-
dingi yuzasidagi bo‘g‘im chuqurchasi bi-
lan bo‘g‘im hosil qiladi. Bu boylam tish-
ning orqa yuzasini aylanib o‘tib, atlant-
ning yon massalarining ichki yuzasi o‘rta-
sida tortilgan. Bu ikki bo‘g‘im bo‘shlig‘i
va xaltasi alohida bo‘lib, tuzilishi jihatidan silindrsimon bo‘g‘imlar
turkumiga kiradi. Unda harakat vertikal o‘q atrofida atlant ning
tish atrofida aylanishi kalla bilan birgalikda bo‘ladi.
Birinchi va ikkinchi bo‘yin umurtqalari orasidagi lateral
bo‘g‘im atlantning ostki bo‘g‘im yuzasi bilan o‘qli umurtqaning
ustki bo‘g‘im yuza si o‘rtasida hosil bo‘ladi. U hamkor bo‘g‘im
bo‘lib, bo‘g‘imlar alohida xalta bilan o‘ralgan.
Birinchi va ikkinchi bo‘yin umurtqalari orasidagi o‘rta va la-
teral bo‘g‘imlar qanotsimon boylamlar, ikkinchi bo‘yin umurtqa-
si tishining cho‘qqisidagi boylam, birinchi bo‘yin umurtqasidagi
xochsimon boylam va birinchi bo‘yin umurtqasining ko‘ndalang
boylamlar bilan mustahkamlanadi.
Dostları ilə paylaş: