85
jarsimon o‘siqchasi, yon tomondan pastki qovur g‘alar
bilan che-
garalangan. Uning oldingi-orqa o‘lchami 13–15 sm, ko‘ndalang
o‘lchami esa 25–28 sm. O‘ng va chap qovurg‘a ravoqlari yon to-
mondan to‘sh osti burchagini
chegaralab turadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqning ko‘krak
qafasi ikki yonidan siqib
qo‘yilgan kesik konus shaklida bo‘ladi. Uning oldingi-orqa o‘lcha-
mi (7,5–7,7 sm), ko‘ndalang o‘lchamidan (6,9–7,2 sm) katta.
Nafas olganda ko‘krak qafasining harakati
. Yuqorigi qo-
vurg‘alar qisqa, pastkisi uzun bo‘lgani
uchun nafas jarayoni-
da ko‘krak qafasining harakati bir tekis bo‘lmaydi. Nafas olgan-
da ko‘krak qafasining yuqori qismi sagittal yo‘nalishda kengay-
sa, pastki qismi esa ko‘n dalangiga kengayadi. Birinchi qovurg‘a
kam harakat bo‘lgani uchun nafas jarayonida op‘ka
uchining ven-
tilyatsiyasi juda kam bo‘lib, bu holat o‘pka uchida yallig‘lanish ja-
rayonlarini rivojlanishiga sharoit yaratib beradi.
Qo‘l suyaklari
Qo‘l mehnat quroli sifatida erkin harakatlanadi. Qo‘lda yel-
ka kamari va erkin qismlar tafovut qilinadi. Yelka kamari o‘mrov
va kurak suyaklaridan iborat. Qo‘lning erkin qismi yelka,
bilak va
tirsak hamda qo‘l panjasi suyaklaridan tashkil topgan. Qo‘l pan-
jasi esa kaft usti suyaklari, kaft suyaklari va barmoq suyaklariga
bo‘linadi.
Dostları ilə paylaş: